250
ishlarni tashkil etishga bo‗lgan talablar rahbariy xujjat O‗Z RX 51-012 da belgilangan.
STTlar O‗zbekiston Respublikasining davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralari, xo‗jalik
birlashmalari tomonidan tizimlaridagi bir turdagi mahsulotlar bo‗yicha
bosh tashkilotlar ichidan
tayinlanadi. Ularga tarmoqda o‗ziga biriktirilgan mahsulot turi bo‗yicha standartlashtirish ishlarida
ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-uslubiy rahbar- likni va sohada yagona texnik siyosatni olib borish
yukla- tiladi.
Belgilangan tartibotga ko‗ra, standartlashtirish tayanch tashkilotlari «O‗zstandart» Agentligida
ro‗yxatdan o‗tish- lari kerak.
Mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni standartlashti- rish bo‗yicha
ishlarni bevosita amalga
oshirish uchun ilmiy- tekshiruv, konstruktorlik-texnologik bo‗limlar, byuro va laboratoriyalar
tashkil etilishi mumkin.
STT uchun standartlashtirish bo‗yicha ishlar asosiy fao- liyat hisoblanadi va bu ishlar
tashkilotning tematik rejasi asosida amalga oshiriladi.
STT o‗z faoliyatini amaldagi barcha toifadagi me‘yoriy- huquqiy
xujjatlardan belgilangan
tartibda foydalanish asosida tashkil etadi. Xususan, davlat ahamiyatiga ega me‘- yoriy-huquqiy
xujjatlarga zid bo‗lmagan tarmoq xujjatla- ridan ham foydalanishi mumkin.
STTlar bir turdagi mahsulotga ixtisoslashganligi va bir tarmoqda bir necha STT bo‗lishi
mumkinligi sababli, bir- birlarining ishlarini qaytarmasliklari uchun ular tizim doirasida o‗zaro
aloqada bo‗lishlari kerak.
Har bir STTning «O‗zstandart» Agentligi bilan keli- shilgan o‗z Nizomiga ega bo‗lishi kerakligi
belgilangan.
O‗z ST hujjatlari O‘z RH 51-012-93* da STTning o‗ziga biriktirilgan soha (mahsulotlar guruhi)
bo‗yicha asosiy vazifalari va fo‗nksiyalari belgilangan:
—STTga biriktirilgan tashkilotlar va korxonalarning standartlashtirish bo‗yicha ishlarini
muvofiqlashtirish hamda yagona texnik siyosatni ta‘minlash;
—
kompleks tarzda standartlashtirishni rivojlanti- rishni asosiy yo‗nalishlarini
ishlab chiqish;
—MHlar loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va kelishish, ularni tatbiq qilish va qayta
ko‗rib chiqish bo‗yicha takliflar
va tadbirlar tayyorlash;
—
MHlarga kiritilayotgan talablarni amaldagi O‗zbekis- ton Respublikasi qonunchiligi
talablariga va zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlarga mosligini ta‘minlash;
—
standartlashtirishning nazariyasi va amaliyoti sohala- rida ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish,
yangi mahsulot- larda talablarning optimal darajada bo‗lishini ta‘minlash;
—mahsulotlar MHlaridagi ko‗rsatkich va me‘yorlarni amaldagi me‘yoriy-huquqiy xujjatlar
talablariga mosligini
doimiy tekshirib borish;
—
standartlashtirish va setrifikatlashtirish bo‗yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqishda korxona
va tashkilot- larga uslubiy yordam ko‗rsatish.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-sonli qaroriga
binoan, davlat bosh- qaruv idoralari davlat budjetidan to‗liq yoki qisman moliyalashtirilayotgan
davlat dasturlarini ishlab chiqish jarayonida mahsulot sifatini me‘yoriy ta‘minlash
masala- sini
ko‗zda to‗tishlari kerak.
Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun STTlarga keng doiradagi huquqlar
(masalan, standartlashtirish masalalarida halqaro tashkilotlar bilan o‗zaro mu- nosabat) berilgan.
Shu bilan birga, STT zarur hollarda standartlashtirish bo‗yicha ma‘lumotlarni korxona va
tashkilotlardan talab qilib olish va MHlarni ilmiy-texnik ekspertizasi na- tijalari bo‗yicha
yuqori
tashkilotlarga takliflar berish huquqlariga etadir.
251
STT belgilangan tartibda soha bo‗yicha standartlashtirish bo‗yicha MHlar fondini tashkil etadi
hamda standartlashtirish masalalarida biriktirilgan korxona va tashkilotlar ishlarini nazorat ksladi.
Hozirda O‗zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tgan 17 ta STT faoliyat
ko‗rsatadi. Masalan, «Paxtasanoatilm», «O‗zneftegazLITI», «Kinap» STTlar shular qatoridadir.
Standartlashtirish tayanch tashkilotlari faoliyatining na- zorati ham O'z RH 51-146:2006 ga
muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: