Marketing bosqichida mahsulot buyurtmachisining talablari o'rgani-ladi. Loyihalash bosqichida iste'molchining barcha talablariga javob beruvchi mahsulotning loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish bosqichida loyihada qo'yilgan sifat darajasi ta'minlanadi. Muomala qilishdn tashish, saqlash,' sotishga tayyorlash, realizatsiya qilish davrida shakllantirilgan sifat saqlanib qolinishi lozim. Ekspluatatsiya bosqichida sifatni boshqarishga bevosita mahsulotning iste'molchisi qo'shiladi.
Undan mahsulotdan foydalanishga u qanchalik savodliligiga, xususan, xizmat qilish muddati sifatga bogMiq boMadi. Utillashtirish bosqichida atrofdagi tabiiy muhitga mahsulotdan foydalanishdagi zararli ta'sirlarini ogohlantirish zarur. Korxona faoliyati utillashtirish bosqichi bilan yakunlanmaydi. Bunday muddatga korxona amalda hali faraz qilingan ehtiyojlami o'rganishni boshlashdan oldin, joriy ehtiyojlami va marke-ting faoliyatidan keyin yangi mahsulotni loyihalashtirishga o'tadi. De-mak, sifat sohadagi faoliyatning marketingdan boshlanib, to utillashti-rishgacha boMgan yangi halqasi yuzaga keladi. Mahsulot hayotiy sik-lining bosqichlari va etaplarining ajralmasligi, mahsulot hayotiy sik-lining alohida bosqichlarini tashkil etuvchi uzluksiz zanjir ko'rinishida sifatni ta'minlash modeli tadqiqotchilarga sifat muammolarini ko'rsatib turadi (1.4-rasmgaqarang).
Bu model oldin sifat halqasi (sifat spirali) deb nomlanib, ISO 9000:2005 oxirgi versiyasida "mahsulot hayotiy siklining jarayonlari" deb atalgan. Tizimning quyidagi tamoyillari fundamental boMib hisob-lanadi: sifatni boshqarish mahsulotni hayotiy siklining barcha bosqich-lari va etaplarini qamrab oladi.
SMT zaruriy elementlari tashkiliy tuzilma, usullar, resurs va jarayon-lar boMib hisoblanadi.
SMT tashkiliy tuzilmasi korxona boMinmalari va xodimlarning vazifasi va majburiyatlari, huquqlarini taqsimlanishini va tashkiliy tuzil-ma diorasida korxona boshqaruvini o'zida namoyon qiladi.
Usullar - faoliyatni amalga oshirishning o'matilgan yo’laridir.
Resurslar. xodim, xizmat ko'rsatish vositalari, qurilmalar, texno-logiya va axborotlar.
Jarayon (ISO 9000ga muvofiq) - kirishlami chiqishlarga o'zgar-tiruvchi o'zaro bog’langan va o'zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui.
SMT mavjudligi, uning o'matilgan talablarga muvofiqligini, agarda u hujjatlashtirilgan ko'rinishda namoyon qilingan bo’lsa, isbotlash mumkin. Hujjatlashtirish ishlab chiqaruvchilar, foydalanuvchilar va nazorat organlari uchun tizimning "ko'rinadigan" elementi boMib hisoblanadi.
Shunday qilib, mahsulot sifat tizimi - sifatga umumiy rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tashkiliy tuzilma, usullar, jarayon-lar va resurslarning majmuidir.
Shuni ta'kidlash kerakki, zamonaviy sifat tizimi ikkita yondashishga asoslanadi:
texnikaviy (muhandisiik);
ma'muriy (boshqaruvchilik).
Boshqaruvchilik yondashish ISO 9000 talablariga, tamoyillariga va sifat menejmenti usullariga asoslanadi.
Bundan ko'rinib turibdiki, mahsulot sifati va sifat menejmenti tizimini shakllantirishda standart asosiy, muhim ahamiyatni kasb etadi. Faoliyat turlarini esa standart shakllantiradi va bu hujjatni olish uchun o'z-o'zidan zaruriy vosita standartlashtirish bo'lib hisoblanadi. Bunda standartlashtirish texnikaviy faoliyat sifatida iste'molchining talablari kirish, chiqishida esa standart bilan mustahkamlangan sifat ko'rsatkichi - mahsulotning texnikaviy tavsifi bo'lgan jarayon ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Standartning yangi versiyasida oldini oluvchi amallar xavf-xatar (risk)larni boshqarishga almashtirilgan. Shunday qilib, ISO 9001:2015 standartining yangi versiyasidagi asosiy o'zgarish menejment tizimini loyihalash va ishlab chiqishda xavf-xatarlami boshqarishga asoslangan yondashish hamda xavf-xatarlami baholash bo'yicha talablar bo'lib hisoblanadi.
Asosiy bo'limlar to'laligicha o'zgartirilgan. Ular avvalgi sakkizta o'miga o'nta boMimni tashkil qiladi (1.3-jadval).
Sifat menejmenti tizimining taniqli modeli 1.5-rasmda ko'rsatil-ganidek keskin o'zgartirildi. Elementlar 4 va 10 bo'limlar bo'yicha taqsimlangan, modelning o'ng tomonida qiziquvchi tomonlar, iste'mol-chi va talablar keltirilgan. Chap tomonida iste'molchilaming qanoat-lanishi, mahsulot va xizmatlar keltirilgan.
Kirish (talablar) chiqish (mahsulot va xizmatlar)ga asosiy jarayonlar. "8-Operatsiyalar" orqali o'zgartiriladi. Bu jarayonlarning natijalari "9-Ko'rsatkichlami baholash" boMimida baholanadi. Ko'rsatkichlarni baholash bo'yicha axborotlar "5-Peshqadamlik" bo'limida qaror qabul qilish uchun rahbariyatga taqdim etiladi. Rahbariyatning qarori asosida maqsadlar va rejalar "6-Rejalashtirish" bo'limida ishlab chiqiladi va asosiy jarayonlarda amalga oshiriladi. Sifat menejmenti tizimini doimiy yaxshilashni "10-Yaxshilash" bo'limi ta'minlaydi, "7-Qo'llab-quvvat-lash" boMimi esa, jarayonlarni resurslar bilan ta'minlaydi.
Kiritilgan o'zgarishlar tamoyillarga ham taalluqlidir. Sakkizta tamo-yil o'miga endi ettita tamoyil mavjud bo'lgan (1.4-jadval).
"Tizimli yondashish" tamoyili olib tashlangan. "Ta'minotchilar bilan o'zaro manfaatli munosabatlar" tamoyili esa "Qiziquvchi tomonlar bilan o'zaro munosabatlarni boshqarish" tamoyiligacha kengaytirilgan tarzda keltirilgan.
"Peshqadamlik"ga bag‘ishlangan beshinchi bo'lim to'laligicha yangi bo'limdir. Yuqori rahbariyatning sifat bo'yicha ishlariga vakil bo'luvchi xodim, ya'ni "Rahbariyatning sifat bo'yicha vakili" tushunchasi olib tashlangan. Endi barcha yuqori rahbariyat sifat menejmenti tizimi tarafdori bo'lishi lozim. Rahbariyatning peshqadamligi sifat sohasidagi siyosat va maqsadlar, strategiyani yaratish va joriy qilish hamda ulami xodimlargacha yetkazish, sifat menejmenti tizimini joriy qilish va ishchi holatini ta'minlash, ko'rsatkichlar va dalillarga asoslanib qaror qabul qilishda namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |