Asosiy fondlar – Ko‘p ishlab chiqarish sikllarida ko‘p marta qatnashuvchi, bunda o‘zining tabiiy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalari (binolar, inshoatlar, uzatish qurilmalari, mashina va jihozlar, transport, asbob, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, ishchi va mahsuldor xayvon, ko‘p yillik ekinlar, o‘rmonzorlar va suvli erlar). Keltirilgan xarajatlar – Tannarx va me’yoriy foyda yig‘indisidan iborat. Ishlab chiqarish fondlari – Ishlab chiqarish vositalari, asosiy fondlar va aylanma fondlarni o‘z ichiga oladi. Kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorlik hisobiy koeffitsienti – yillik tejamning standartni ishlab chiqish va joriy etishga bir yilga keltirilgan xarajatlariga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |