Metodologiyasi


История исторического знания. С. 32



Download 6,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/270
Sana14.04.2022
Hajmi6,88 Mb.
#549663
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   270
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi

История исторического знания. С. 32.


fakt yoki dalil m anbalarda tayyor holda uchram asligi va mavjud 
bo'lm asligini tushunib yetdilar. «Dalilga sig'inish» va «hujjatlar- 
ga sajda qilish»ni tanqid qila boshladilar. M anbalar va dalillar­
ga m unosabatning bu tarzda o‘zgarishi esa m anbalarning obye' 
livligini shubha ostida qoldira boshladi. Ko'pgina tarixchilar va 
hatto faylasuflar ham m anbalarning tahlili jarayonida ijodiy yon­
dashuv zarurligini tan ola boshladilar. M anbalarni chuqurroq 
o'rganish ko'proq m a’lum ot olish im konini bera boshladi. Bi­
roq endi bu holatda, ya’ni «dalillarning ilohiylashtirilishi»ni tan­
qid qilish jarayonida tarixchilar ikkinchi boshqa bir muammoga, 
ya’ni endi tarixchining fikrlarini «ilohiylashtirilishi* va aksincha 
m anbalardagi obyektivlik xususiyatining inkor qilinishiga olib 
keldi. M anba m azm unining tarixchi tafakkuridan kelib chiqqan 
holdagi bog'liqlik haqida ta ’kidlana boshlandi. Bu yo'nalish tarix 
falsafasining «tanqidiy» yo'nalishi hisoblanadi. B.Kroche tarixiy 
m anbalar tarixchining tafakkuri va ongidan tashqarida mavjud 
bo'lm aydi, deb hisobladi. Tarixchining fikrlarisiz hujjatlar o'lik- 
dir, am alda tarixiy m anba tarixiy ong ichida, uning tarkibiga ay- 
lanib ketadi. Biroq, B.Kroche fikrining tarafdorlari tarixiy m an­
b aning obyektiv m azm unini inkor qilgan holda uni tarixchining 
fikriga va tafakkuriga bog'liq qilib qo'ydilar.
Angliyalik tarixchi A .M arru pozitivistlarning tarixchini fakt- 
larning qayd etuvchisi sifatida bergan bahosiga keskin qarshi chi- 
qib, tarix bilish subyektining, tarixchining ijodiy m ehnati m ahsu­
li, deb baho berdi. Biroq bu fikri bilan u ham xatolikka yo'l 
qo'ydi, ya’ni tarixchi m anbani yaratadi, deb aytgan fikrini ko'pgi­
na tarixchilar inkor qildilar.
E .K arr tadqiqotlarida tarixchining o 'rn in i bo'rttirishga qarshi 
chiqib, bu obyektiv xulosalar chiqarilishini shubha ostiga qo'ya- 
di, deb fikr bildirdi.
XX 
asr fransuz tarixchisi Lyusyen Fevr m anbalar haqida so'z 
yuritib, quyidagilarni ta ’kidlab o'tadi: «Tarix, shubhasiz yozma 
m anbalar asosida yaratiladi. Q achonki ular mavjud bo'lsa. Bi­
roq tarix yozma m anbalarsiz ham yaratilishi m um kin, qachonki
134


ular 
m a v ju d
bo'lmasa. Q achonki kerakli gul boMmasa, asal bosh- 
mavjud guilardan ham yig'ilishi m um kin. Shu kabi tarixchi 
ham boshqa m anbalardan m a’lum ot olishi m um kinki, bular so‘z 
yoki belgilar, m anzara yoki tasvir, Oy tutilishi yoki bo‘yincha- 
ning shakli, toshlar, m etall yoki geologik tekshiruvlar, qo‘ying- 
ki insonga va uning faoliyatiga taalluqli bo‘lgan barcha narsalar
boMishi mumkin*1.
Tarixchining m anbadan qanday axborot olishi uning m azkur 
manba yuzasidan amalga oshirayotgan tadqiqoti oldiga qo‘yilgan 
savollardan kelib chiqqan holda am alga oshiriladi. M anba hech 
qachon «o‘zi haqida o‘zi gapirmaydi*, biroq ayni vaqtda m anba- 
ning o‘zi haqidagi m a’lum otlarni aynan o ‘sha m anbaning o‘zidan 
ham olinishi mum kin. Biroq bu m a’lum otlar aynan shu m anba 
yoki uning muallifi (m ualliflari)ga taalluqli bo'lgan holda, ta d ­
qiqot muammosiga aloqador boMmasligi m um kin.
Ingliz tarixchisi va faylasufi R .K ollingvudning fikricha, 
«dunyodagi barcha narsalar u yoki bu haqdagi muayyan m a’lu­
motlarni o‘zi aks ettiradi*2. Biroq shu o‘rinda ta’kidlab o'tish ke- 
rakki, bu narsalar qachonki tarixchi tom onidan unga aniq bir 
«savol* berilgan taqdirdagina «guvohga* aylana olishi m um kin.
Ayrim tarixchilar esa m anbani ijtimoiy faoliyat mahsuli ham da 
obyektiv tarixiy voqelik aksining shakli deb hisobladilar. U larning 
fikricha, manbalar ijtimoiy hodisa boMib, ularda ijtimoiy m uno­
sabatlar aks etadi, m anbaning o‘zi esa obyektiv voqelikning sub- 
yektiv obraz (siymosi, qiyofasi, shakli)dir. Bu nuqtayi nazar taraf- 
dorlarining e’tirof etishicha, m anba tarixchiga bog‘liq boMmagan 
holda mavjud bo‘ladi, faqatgina m anbaning bilish jarayoniga jalb 
etilishi tarixchiga bogMiqdir. Tarixchi manbani yaratmaydi, balki 
undan m a’lumotlarni ajratib oladi.
N.Jo'rayevning fikricha, tarixiy m anbani o'rganish, uning 
asosli yoki asosli em asligini aniqlash tarixiy tadqiqot uchun


Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish