II BOB MUDIRANING TARBIYAVIY ISHLARGA RAHBARLIK QILISHI
2.1 Maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim tarbiya ishlariga rahbarlik qilish
O'yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o'yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonida olib
boriladigan o'rni, o'yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligi tufaylidir.Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o'yin faoliyatini chuqur
tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatishni ta'minlaydi. Bolalarning o'yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo'lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o'yinda bolaning
faolligini namoyon qilish xarakteriga ko'ra, ularning bolalarga ko'rsatadigan ta'siri va nihoyat kelib chikishiga ko'ra katta o'zgarishlarni boshidan kechiradi:
Mudira ishni o'yin turlarini tanlashga qaratadi. Faoliyatdagi didiktik o'yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o'yinlari, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar, tinch o'yinlar va ijodiy o'yinlar tarbiyachi tomonidan
rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o'yin tizimini "Ilk qadam" dastur asosida ishlab chiqadi va o'yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi.
O'yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta'minlanganligi (o'yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o'yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o'yinchoq va qo’llanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni to'g'ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va
yaxshi kayfiyatlari); O'yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi - bolalarning
emotsional ijobiy holatlarini qo'llab-quvvatlash va yaxshilashga yo'llangan metod va usullar, o'ynovchilarning faolligini ta'minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'z vaqtida o'tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi?
O'yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o'yindan uning nutqini tushunishni rivojiantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o'zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Mudira o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi. O'yinni faoliyat tarzida rivojiantirish;
O'yindan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda foydalanish. Guruhda to'laqonli o'yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:
a) tarbiyachining o'yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
b) o'yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o'yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e'tibor berib bordi.
Tajriba shuni ko'rsatdiki, bolalarning o'yin jarayonidagi xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o'yini odamlarning xattiharakatlari, xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini o'yin roli
vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo'ldi.
g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
2. Ota-onalar universitetlari.
Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy
maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat.
Mudira hududiga tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib bir yilga mo'ljallangan reja asosida ish ko'radi. Ushbu reja asosida muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga tayyorlash, lotin alifbosida o'qish, yozishni mukammal o'rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) ma'muriy xo'jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta'lim muassasasi dasturining maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida joy-joyiga qo'yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish
mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi va nazorati.
O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsiya shakllarini rivojiantirish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasasida Pedagoglar kengashi faoliyat ko'rsatadi. Pedagoglar kengashi a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
- Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Rahbarning pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida tarbiyachi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak rahbar, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.
Siyosiy-huquqiy va ma'naviy-marifiy jihatdan:
- Siyosiy va huquqiy yetuklik;
- Bilimdonlik;
- Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik;
- Topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik;
- Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo'ysundirishga qodirlik;
- Kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo'lish;
- Tashabbus va ilg'orlikni qo'llab-quvvatlash qobiliyati;
- Tamoyillik;
- Tanqidga chidamli bo'lish, o'z-o'ziga tanqid qila bilish;
- Intizom va mehnatga bo'lgan munosabati;
- Mehnatsevarlik;
- Jamoa o'rtasida intizomni yo'lga qo'ya bilish;
- Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;
- Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi.
Bilim darajasi
Iqtisodiyotni bilishi;
Texnika va texnologiyani bilishi;
Boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilish;
Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo'lishi, uni doimo to'ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro' qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo'la olmaydi.
Tashkilotchilik qobiliyati
Xodimlarni tanlay bilish va ular dan samarali foydalanishni ta'minlay olishligi;
Qo'l ostidagilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashni bilish;
Jipslashgan jamoani vujudga keltira olish;
Maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo'qotmaslik.
Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish.
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;
Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish;
Turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
Rahbarlarni va qo'l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy
manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati;
Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish;
Rahbarning madaniy saviyasi ko'rsatkichlari:
- so'z bilan ishning birligi;
- o'z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o'stirish ustida qayg'urish;
- oqilona turmush tarzi, jismoniy sog'lomligini saqlash;
- o'z-o'zini tanqid asosida o'z kamchiliklarini bo'yniga olmoq;
- o'zini intizomga bo'ysundirish;
- o'z malakasini oshirishga bo'lgan intilish va uning uddasidan chiqa olish;
- harakatning maqsadga qaratilganligi va qat'iyligi;
- o'ziga va mehnat faoliyatiga bo'lgan talabchanlik;
- axloqning quyidagi alifbolariga qat'iy rioya qilish:
Rahbarning axloqiy xislatlari
- kamtarinlik
- haqgo'ylik
- halollik
- o'zini tuta bilishlik
- oddiylik
- to'g'rilik, vijdonlik
- insoflilik
- mehr-oqibat
- saxovat
Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi:
- kishilarga e'tibor va hurmat;
- kishilarga xayrixoh va iltifotli bo'lish;
- olijanoblik va beg'arazlik,
- xolislik;
- insoning qadr-qimmatiga yetish kabilar.
Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish.
- Odamlarga ishonch, kishilarning o'z kuchiga, qobiliyatiga
bo'lgan ishonchini qo'llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy
kamchiliklarini bartaraf qilishga yo'naltirishni bilish;
- Yuqori nutq madaniyatigi ega bo'lish va tashqi ko'rinishdagi
ozodaligi;
- Salbiy fazilatlargi ega bo'lgan, qonun-qoidalarga rioya
qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavm-qarindosh
va yaqin-tanish, bilishlarga nisbatan toqati yo'q.
O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish:
- xushmuomala;
- sipolik;
- kamsuqumlik;
- andishali;
- vazminlik.
Mehnat va do'stlikdagi sherikchilikda:
- o'zaro yordam va quvvatlash;
- hozirjavoblik va majburiylik, so'zsiz bajarishlik;
- tamoyillik ishonch;
- talabchanlik.
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi:
- Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;
- Jamiyat baxt-saodati yo'lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko'paytirish haqida g'amxo'rlik qilish;
- Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat'iy rioya qilish;
- Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shafqatsiz bo'lish;
- Huquqiy, moddiy va ma'naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;
- Ko'p fikrlilikka ochiqko'ngillik bo'lish va uni hurmat qilish.
Har qanday holatda ham qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan qat'iy nazar o'zining asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni mazkur talablar negizida ish olib borishni unutmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |