2. F r a ze ol o g i zm l a r n i n g b a d i i y a s a r d a g i o„ r n i h a q i d a .
O„zbek adabiyotida A.Qodiriy, Cho„lpon, Oybek, G„afur G„ulom,
P.Qodirov, O.Yoqubov, O„.Hoshimov, Said Ahmad kabi atoqli yozuvchilar
yaratgan asarlarida o„zbek xalqi ma‟naviyatini, madaniyatini milliy mentalitetini
yorqin namoyon etadigan milliy obrazlar mavjud. Bunday obrazlar sirasiga
Yusufbek Hoji, Otabek, Solih Mahdum, Oftoboyim, Zebi, Miryoqub, Yo„lchi,
16
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари; Филол фан.док. дис. Тошкент.1966,218-бет
24
Gulnor, Jo„ravoy, Saodat, Shum bola, Navoiy, Bobir, Mirzo Ulug„bek, Munis,
Ikrom, Nizomjon, Farmonbibi va boshqa ko„plab ular kabi yorqin timsollarni
keltirishimiz mumkin. Mana shunday tipik obrazlar yaratgan yozuvchilarimiz
qatoriga T.Murodni kiritsak bo„ladi. T.Murodning “Ot kishnagan oqshom” kitobiga
yozuvchi Said Ahmad so„z boshi yozar ekan, unga shunday baho beradi:
“Tog„ay Murod ana shu ijodkor avlodning talantli vakilidir.
Tog„ay Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirib keldi. Tog„ay Murod
qissalari sof milliy o„zbek qissalari. Tog„ay Murod qissalarida tasvirlangan
odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o„zbekligi bilinib turadi. Ularning
xulq atvori ham boshqa xalqqa o„xshamaydi.
Tog„ay
Murod tasvirlagan Surxon polvonlari chinakam o„zbek
polvonlaridir…”
17
Tog„ay Murod Mengnazarov – Tog„ay Murod(taxallusi) 1948-yilda
Surxandaryoda tavallud topgan. 1966-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetiga
o„qishga kirib 1972-yilda tugatgan, respublika radiosida muharrirlik qilgan.
“O„zbekiston fizkulturachisi” gazetasida “Fan va turmush” jurnalida ishlagan.
Moskvada tahsil olgan.
1976-yilda Tog„ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi
“Sharq yulduzi” jurnaliga chop etilgach, kitobxonlar og„ziga tushdi. Ketma-ket
adibning “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va
“Momo yer qo„shig„i” (1985) kabi o„zbek milliy qissachiligining yangi
namunalari dunyoga keldi. Ular ham yuksak baholanib O„zbekiston Yozuvchilar
uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo„ldi.
Adib 1986-1991-yillarda “Otamdan qolgan dalalar” romanini yaratdi. Mazkur
roman 1993-yilda chop etilib, 1994-yili Abdulla Qodiriy tavalludining yuz yilligida
unga Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi.
17
T.Mурод. Oт кишнаган оқшом. – Toшкент: “Шарқ”, 1994, 3-6-betlar.
25
“Otamdan qolgan dalalar” ijtimoiy roman bo„lib, nafaqat adib ijodida, balki
90-yillar o„zbek adabiyotida ham katta voqea bo„ldi. Unda mustabid tuzum ildizlari
ro„yi-rost ochib tashlandi. Ochilganda ham o„zgacha til jilolari, o„zgacha tasvir
ohanglarida fosh etildi. Undagi bosh qahramon Dehqonqul o„zbek xalqining
umumlashgan ramziy obrazi darajasiga ko„tarildi.
Tog„ay Murod iste‟dodli tarjimon sifatida 1974-1975 yillarda
J.Londonning “Boyning qizi” dramasi va bir necha hikoyalarini tarjima qildi. 1989-
yilda
E.Seton-Tompsonning
mashhur
“Yovvoyi
yo„rg„a”
kitobini
o„zbekchalashtiradi. Uning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida ikki qisimdan
iborat film yaratilgan. Unga 1999-yilda “O„zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni
berilgan.
Tog„ay Murod romanlari adibning, qolaversa, milliy adabiyotimizning shunchaki
navbatdagi namunalari emas. XX asr, aniqrog„i, salkam bir asr davom etgan istibdod
nihoyasida maydonga kelgan "Otamdan qolgan dalalar" bilan "Bu dunyoda o„lib
bo„lmaydi" romanlari o„sha asr ibtidosida o„lkada yuz bergan milliy uyg„onish natijasida
boshlangan millatning bir necha avlod asl o„g„lonlari – yorqin iste‟dodlar qalbini olov
bo„lib o„rtagan mislsiz dard, istibdodga qarshi isyon-u fig„onlari silsilasining davomi, asr
oxiridagi intihosi, balki so„nggi nidosi kabi yangraydi. Har ikki asarning poetik qamrovi
ham ayni istibdod davri sanalari bilan chegaralangan.
Tog„ay Murod avji ijodiy barkamol yoshida 2003-yil bevaqt vafot etdi.
Agar milliy uyg„onish jarchilaridan biri Abdulla Qodiriyning shoh asari - birinchi
o„zbek milliy romani "O„tkan kunlar"ning bosh qahramoni chorizm bosqini chog„i, ilk
to„qnashuvda oldingi safda turib qahramonlarcha shahid bo„lgani haqidagi xabar bilan
yakunlansa, Tog„ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romani voqealari ayni shu
palladan boshlanib, istibdodning so„nggi kunlari talvasasi tasviri bilan xotimalanadi.
Ma‟lumki, yozuvchi o„z asarlarining xalqqa manzur, tushunarli bo„lishi uchun xalq
tilidan, xalq hikmatlaridan, xalq iboralaridan, xalq maqollaridan, serjilo so„z va tasviriy
ifodalaridan o„rinli va unumli foydalana olishi lozim. Ana shundagina so„z san‟atkori
yaratgan asar, u yaratgan obrazlar, bu obrazlarning fe‟l-atvori, dunyoqarashi, surat va siyrati
jonli bo„ladi, takrorlamas bo„ladi va ular xalqning bebaho mulkiga aylanadi. Mana shunday
26
xususiyatlari bilan ajralib turadigan romanlar o„zbek adabiyotida kam emas. Bular sirasiga
Cho„lponning ”Kecha va kunduz”, A.Qodiriyning ”Mehrobdan chayon”, ”O„tkan kunlar”,
Oybekning ”Qutlug„ qon” va ”Navoiy”, A.Qahhorning ”Qo„shchinor chiroqlari”, ”Sarob”,
O.Yoqubovning ”Ulug„bek xazinasi”, ”Diyonat”, P.Qodirovning ”Yulduzli tunlar”,
”Humoyun va Akbar” , S.Ahmadning ”Ufq”, O„.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi”,
””Dunyoning ishlari”, T.Murodning ”Otamdan qolgan dalalar”, Sh. Xolmirzayev,
O„.Umarbekov va boshqa ko„plab adiblarimizning asarlarini kiritish mumkin.
Yuqorida sanab o„tilgan so„z san‟atkorlari – o„zbek adiblarining barchasi ham o„z
asarlari tilining aniq, ravon, pishiq bo„lishini ta‟minlash uchun o„zbek tilinig so„z
boyligidan, iboralaridan oqilona foydalanib, o„zbek tilining grammatik qonun-qoidalariga
to„liq rioya qilishlari orqali erishganlar.
Badiiy asar tilining qanchalik aniq ravshan, ravon, pishiq bo„lishi badiiy asarning
xalq orasida tez tarqalishiga, kitobxonlar ongiga tez yetib borishiga yo„l ochadi. Chunonchi,
A.Qahhor xalq maqollarini aynan, o„zgarishsiz berish bilan birga, ba‟zan bu maqollarni asar
qahramonlari nutqi bilan bog„lab, o„zgartirilgan shakllarda qo„llaydi. Bu esa asar
qahramonlari tomonidan aytilayotgan gaplarning yanada haqqoniyligini, tabiiyligini
ta‟minlagan. U o„z asarlarida xalq iboralarini qahramonlar fe‟l-atvoriga moslab qo„llaydi.
Bunday o„ziga xos nutq asar har bir qahramonining fe‟l-atvori, dunyoqarashi o„ziga
xosligini ta‟minlabgina qolmay, atrofidagilarga, boshqalarga salbiy yoki ijobiy
munosabatini ham ifodalaydi. Uning salbiy yoki ijobiy xislat, fazilatlarini yanada bo„rttirish
uchun ham xizmat qiladi. Xuddi shunday mohirona so„z qo„llashni Abdulla Qodiriy,
Cho„lpon, Oybek, S.Ahmad kabi ulug„ san‟atkorlar qatori keyingi avlod vakili adib Tog„ay
Murod ijodida ham kuzatish mukin.
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, so„z san‟atkorlarining badiiy asar tilining
bo„yoqdorligi, rang-barangligi, takrorlanmasligini ta‟minlovchi xalq shevalari, metaforalar,
metonimiyalar, sinekdoxa va o„xshatishlar, sifatlash, mubolag„a, kichraytirish, kinoya,
jonlantirish, qarshilantirish, takror, arxaizmlar, istorizmlar, neologizmalar,
professionalizmlar, hikmatlar, maqollar va shuningdek iboralardan qay darajada o„rinli va
unumli foydalanishi asarlari tilining o„qimishli, xalqchil bo„lishi uchun xizmat qiladi.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |