og„zaki va yozma shakllarda to„g„ri, ravon ifodalash ko„nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb belgilangan. Prezidentimiz I. A.
Karimov O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so„zlagan
nutqida yana: “Ta‟lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini
lo„nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‟limi va
tarbiyasini ko„rgan shaxslar kerak... Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har
bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni
o„rganmasa, berilgan ta‟lim samarasi past bo„lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham
katta boylikdir”, – deb qayd etadi.
1
Ona tili ta‟limi oldiga qo„yilgan asosiy maqsad
1
Баркамол авлод орзуси. – Тошкент: ЎзМЭ давлат илмий нашриёти, 2000, 16-, 17-betlar).
4
yurtboshimiz tomonidan maktab ta‟limi oldiga qo„yilayotgan talab bilan
hamohangdir.
Bu borada istiqlol arafasida “Maktabda til va adabiyot o„qitishdan maqsad
xalqimizga taqlidchilikni emas, adabiy va ilmiy merosni a‟lo darajada o„qib,
tushunish va tushuntirishni, mavjudod-u havodisni ravon vasf-u tavsif va taqriz-u
tahrir etishni, tildan badiiyona foydalanishni o„rgatish bo„lishi lozim”, – deb yozgan
professor Alibek Rustamov ming bora haqdir.
2
Ma‟lumki, til jamiyat a‟zolari o„rtasida aloqa-aralashuv vazifasini, insonning
fikrlash va fikr mahsulini og„zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o„z ichki
kechinmalarini ifodalash vositasi bo„lib xizmat qiladi. Ona tili ta‟limi oldiga
qo„yilgan bu ijtimoiy vazifa o„quvchilarni fikrlashga, o„zgalar fikrini anglashga va
shu fikr mahsulini savodli bayon qila olishga, ya‟ni kommunikativ savodxonlikni
rivojlantirishga o„rgatishdan iborat. Shuning uchun ham bugungi kunda ona tili
ta‟limi oldiga mukammal shakllangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi
qo„yilgan.
Ona tili va adabiyot fanlarining umumiy o„rta talim maktablarida o„qitilishi
davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma‟naviy ahamiyatga ega.
Yoshlarga ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini
tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko„ra to„g„ri, o„rinli va
samarali foydalanish malaka va ko„nikmalarini singdirish, ularni milliy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, udum va an‟analarimiz ruhida tarbiyalashda o„rta
umumta‟lim maktablarida o„tiladigan “Ona tili” va “Adabiyot” fanlarining tutgan
o„rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, ajdodlar an‟analarini davom
ettiruvchi, ijodiy fikrlovchi barkamol insonni tarbiyalashda bu fanlar boshqa
fanlarni ham mukammal o„zlashtirishda o„quvchilarga kalit vazifasini o„taydi.
2
“Maktabda o„zbek, rus tillari va adabiyoti” jurnali, 1991-yi, 1-son, 8-bet.
5
Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ham ortib boraveradi.
Madaniy hayotning rivoji, avvalo, jamiyat a‟zolarining madaniy so„zlashuvga
o„lgan ehtiyojining ortib borishi bilan belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini
tarbiyalash maktabda “Ona tili” va “Adabiyot” fanlari zimmasiga tushadi.
Shuni alohida qayd etish o„rinliki, yozuvchilar, shoirlar g„oyaviy va badiiy
yuksak saviyadagi asarlari bilan nafaqat adabiyotimizni boyitadilar, ular shu bilan
bir qatorda adabiy tilni ham boyitadilar, sayqallashtiradilar, tilning imkoniyatlarini
ham kengaytiradilar. Haqiqtan ham adabiy til shakllanishi va taraqqiyotida so„z
ustalari, san‟atkorlari – yozuvchilar va shoirlarning hissasi beqiyosdir. Buni
qadimgi turkiy adabiy til taraqqiyotida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, eski
o„zbek adabiy tili shakllanishi va rivojida Ahmad Yassaviy, Nosiriddin Rabg„uziy,
Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim
Mashrab, Muhammad Rizo Ogahiy, Mohlaroyim Nodira, Muqimiy, Furqat va
boshqalarning, hozirgi o„zbek adabiy tilining sayqal topishida Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Cho„lpon, Oybek, G„afur G„ulom,
Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, E.Vohidov, Abdulla Oripov kabi alloma
ijodkorlarimizning xizmatlarini ta‟kidlashimiz lozim.
Masalaga shu nuqtayi nazardan qaraganda so„z san‟atkorlari tomonidan
yaratilgan durdona asarlar tilini o„rganish, ularning adabiy tildan, uning boy
imkoniyatlaridan qay darajada mahorat bilan foydalanganliklarini o„rganish hech
qachon o„z dolzarblogini yo„qotmagan. Ayniqsa, tilning eng muhim birliklaridan
biri hisoblangan iboralarning badiiy asarda qo„llanishining, yanada aniqroq qilib
aytadigan bo„lsak, badiiy nutqda tutgan o„rnining o„rganilishi badiiy asar tili
asarning asosiy qimmatini belgilovchi faktor ekanligini ko„rsatadi. Badiiy asar tilini
o„rganish borasida o„zbek filologiyasida katta tajriba to„plangan. Bunga ulug„
mutafakkir shoirlarimiz, taniqli yozuvchilarimiz asarlari tilining o„rganilganligi
faktlarining o„zi bunga yorqin misoldir. Biroq mustaqillik arafasi va mustaqillik
davri adabiyotida muhim o„rin tutuvchi barcha asarlarning ham til xususiyatlari
to„liq o„rganib chiqilmagan. Bu borada yozuvchi Tog„ay Murodning “Otamdan
6
qolgan dalalar” romani tili, uning iboralari hali o„rganilmagan. Shunga ko„ra bu
mavzu bugunga kunda dolzarb mavzular qatorida turadi.
Tog„ay Murod o„zining juda qisqa umri davomida o„nga yaqin qissa, ikkita
roman yozib qoldirdi. U asarlarida jonli xalq tili boyliklaridan, shevalaridan, ibora
va maqollaridan ustalik bilan foydalana oldi. U o„z asarlari qahramonlarining har
birini o„ziga yarasha individual nutq bilan ta‟minlaydi. Ularning nutqi orqali yangi
davr ruhini berib, yangi so„z va iboralar, tasviriy ifodalar yaratadi. U boshqa
yozuvchilardan farqli o„laroq qisqa, ammo, katta mazmunga ega jumlalar tuzadi.
Ular orqali chuqur mazmunli tasvirlar yaratadi.
Yozuvchi Togay Murod hozirgi zamon o„zbek adabiyotining tili boy, jozibali
va ixcham, puxta va mazmundor asarlar muallifi sifatida ko„zga tashlanadi. U
asarlarida jonli xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanadi. Har bir qahramonga
xarakteriga mos nom beradi, ularning har birini o„ziga yarasha nutq bilan
ta‟minlaydi. Ayrim o„rinlarda yangi so„z va iboralar yaratadi, xalq maqol va
hikmatli so„zlaridan foydalanib qisqa, lo„nda, sermazmun, go„zal jumlalar tuzadi.
Uning “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan
odamlar”, “Momo-Yer qo„shig„i” kabi qissaalari, “Otamdan qolgan dalalar”, “Buy
dunyoda o„lib bo„lmaydi” romanlari nafaqat o„zbek kitobxonlarining, qo„shni
qardosh xalqlarning ham sevimli asarlariga aylanib qoldi.
Ushbu malakaviy bitiruv ishimizning predmeti o„zbek tili frazeologiyasi va
leksikologiyasi bo„lib, obyekti o„zbek tilining boy turg„un iboralaridir. Malakaviy
bitiruv ishimizning metodologik asosini Prezidentimiz I.A.Karimovning ilm-fan va
ta‟lim-tarbiyaga oid qarashlari, bilish nazariyasi, falsafaning umumiylik, xususiylik
va yakkalik kategoriyasi, leksikologiya va frazeologiyaga oid ilmiy-nazariy asarlar
tashkil etadi. Qiyoslash, tizimlash, statistik tahlil ishimizning tahlil metodlari
hisoblanadi.
Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundaki, unda istiqlol davri
yozuvchilarining asarlari tilini, shu jumladan frazeologizmlardan foydaalanish
7
mahoratini o„rganish maqsad qilib olingan. Ishda keltirilgan ma‟lumotlar,
materiallar asosida o„zbek tili turg„un iboralarini umumiy o„rta ta‟lim maktablari,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o„rganishga doir takliflar bayon etiladi.
Bu takliflar Tog„ay Murod asarlari bo„yicha tuziladigan frazeologizmlar lug„atlarini
amaliy materiallar bilan boyitishga xizmat qilishi mumkin.
XX asr o„zbek adabiyotida “Otamdan qolgan dalalar” romani bilan o„chmas
iz qoldirgan Tog„ay Murodning frazeologizmlardan, shu jumladan og„zaki nutq
frazeologizmlaridan foydalanish mahoratini o„rganish o„zbek adabiy tilining ichki
manba asosida qanday boyib borayotganini o„rganish uchun asos bo„ladi. Mazkur
ishda Tog„ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida o„zbek adabiy
tilining va Surxon shevasiga xos frazeologizmlardan foydalanish mahorati tadqiq
etiladi. Yozuvchilarning asar qahramonlarining o„ziga xos jihatlarini tasvirlashda
frazeologizmlardan qanday foydalanganligi o„rganish har doim dolzarbligicha
qoladi. BMI materiallaridan yozuvchi va shoirlarning tilidan foydalanish mahorati
bo„yicha amaliy mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. Biz ushbu bitiruv malakaviy
ishimiz orqali Tog„ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida qo„llangan
frazeologizmlar leksik-semantik guruhlari va yozuvchining ulardan foydalanish
mahoratini o„rganishni maqsad qilib qo„yganmiz va imkoniyatimiz doirasida ularni
tahlil qilishga harakat qilganmiz.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |