3. Mehnat ta’limi tamoyillari.
Ta’lim va tarbiya birligi - ta’lim jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash. Masalan: gazlamadan biror buyumni bichishni o'rgatishda, buyumni bichish bo'yicha bilimlar, ko'nikm alar va malakalar hosil qilish bilan birga gazlamadan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatish bilan iqtisodiy tarbiya shakllanadi. Yoki tikuv buyumiga moslab bezaklar tanlab, sifatli tikishni o'rgatish bilan o'quvchilarda badiiy tarbiya, tikuv mashinasida o'tirib tikayotganda tikuv mashinasiga qarash, sozlangan mashina bilan ishlash, ish kiyimiga qarash, ish jo'yini batartib bo'lishiga e ’tibor berish orqali axloqiy tarbiya shakllanadi. Kasb 30ta ’limi jarayonida o‘tilayotgan katta va kichik m avzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tom onlarini to ‘g‘ri belgilash va uni ta ’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta ’m inlash juda m uhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mehnat ta’limining ilmiyligi, politexnik xususiyatlari. O'quvchilar mehnat ta ’limi darslarida olgan texnik bilimlari, mehnat ko'nikm alari va malakalari tom m a ’nosi bilan ilmiy va politexnik xususiyatga ega bo'lish kerak.
Ilmiylik tamoyiii o'quvchilarga amalda sinalgan, ilmiy jihatdan to'g'ri, fanning eng yaxshi yutuqlarini hisobga olgan texnik ma ’lumotlarni berishni ko'zda tutadi. Dem ak, ilmiylik tamoyilini amalga oshirish o'quvchilarga ilmiy asoslangan, tajribada sinalgan, fanning eng yangi yutuqlarini hisobga olgan texnikaviy ma’lumotlarni yetkazishdir. Mehnat ta’limi o'qituvchisi mashg'ulotlarni olib borish jarayonida beriladigan ma'lumotlarda sof ilmiy terminlardan foydalanishi, fanda qabul qilingan ramziy belgilar, formulalar, o'lcham larni qo'llashi lozim. Mehnat ta ’limi jarayonida o'quvchilar har xil materiallarga ishlov berish, andaza tayyorlash, modellashtirish ishlarini bajaradilar. Bunda o'quvchilarda faqat ko'nikma va malaka hosil bo'lib qolmay, balki ularda o'rganayotgan mehnat jarayonlarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar hosil bo'ladi. Masalan: biror buyumni modellashtirish uchun o'quvchilar eng avval modellash elementlari bo'yicha ilmiy m a ’lumotga ega bo'lishi kerak.
Mazkur ilmiylik tamoyiii talablariga binoan o'quvchilar mehnat darslarida stanoklar, uskunalar, mexanizmlar, mashinalar, asboblar, moslamalarning yangi namunalari bilan, ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarning eng yangi markalari bilan, ilg'or texnologik jarayonlar va m ehnatni ilmiy tashkil qilish bilan tanishtiri 1 ishi kerak. Agar buni m aktab ustaxonalarida amalga oshirib bo'lmasa, u holda ishlab chiqarish korxonalariga bir necha marta ekskursiyalar uyushtirib bajarish mumkin.
Mehnat ta ’limi o'quvchisi ilmiylik tamoyiii talablariga amal qilib,o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulotlarda faqat ilmiy atamalardan, fanda qabul qilingan ramziy belgilar, formulalar, o'lchash va hokazolardan foydalanishi kerak. Maktab ustaxonalaridagi mehnat ta’limi, uning m azm uni, ya’ni m ashina, m exanizm, asboblarning tuzilish va ishlash tamoyillariga oid texnik ma’lumotlar, shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarish texnologik jarayonlari, mehnat usullari umumiylik va xususiylikning birligi sifatida qarab chiqilganda ilmiy texnologik, politexnik xususiyat kasb etadi.
Shu bilan birga mehnat jarayonining boshqa texnik-texnologik obyektlari va elementlariga xos um umiy qonuniyatlar belgilani-shi, ularning ilmiy-texnik va ruhiy-fiziologik asosi tushuntirib
berilishi zarur. Chunonchi, metall qirqish stanoklari va yog'och ishlash asboblarini o'rganish vaqtida, tikuv mashinasida ishlash- da ayni bir xil uzellar, uzatish mexanizmlari, qirqish asboblari-ning tuzilishi va vazifasi o'rganiladi. Yog'och (rejalash, iskanlash, arralash, randalash) va metallarga ishlov berish (rejalash, qirqib tushurish, kesish, arralash va hokazo), xam ir tayyorlash, go'shtni qovurish, dimlash paytidagi mehnat jarayonlarini o'rganishda mehnat usullari, mehnatni tashkil qilish, asboblar, konstruksiyalar kabilarda ko'pgina umumiy tomonlar mavjud. Bundan tashqari m ehnat ta’limi o'qituvchisi o'z darsida o'quvchilarning fan asoslari bo'yicha (tabiatshunoslik, fizika, kimyo, matematika, chizm achilik va hokazolardan) ongli bilimlaridan bajariladigan obyektlarning (texnikaviy qurilma, model, maket va boshqalarning) tuzilishi, ishlash tamovili va hokazolarda, tayyorlash texnologiyasini asoslashda foydalanishi kerak. Demak, politexnik tamovil shu bilan ham xarakterlanadiki, o'quvchilarga mavzuga mos ravishda ishlab chiqarish sohalaridagi avtomatlar, moslamalar, ishlab chiqarish jarayonlari haqida tushunchalar berib borishni bildiradi. Masalan: tikuvchilik korxonalarida yengil ko'ylaklarni tikishda yoqaga ishlov berish, cho'ntak, burmalarga ishlov berish, shuningdek, issiqlik ishlovi berish; yorib dazmollash, presslash, butab dazmollash tushunchalari o'quvchilar ongiga singdirib boriladi. Demak, o'qituvchi ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklarni m ehnat ta’limi darslari bilan bog'lab olib boradi, natijada o'qituvchi texnika va fandagi yangiliklarni o'quvchilarga yetkazadi.
Ta’limda tizimlilik va izchillik. Tizim lilik va izchillik ta ’lim da ma’lum mantiqiy izchillik bo'lishi zarurligini bildiradi, chunki bilimlar vorislik xarakteriga ega. Ular o'zidan oldingi material- larga asoslanadi. Bilim olishdagi tizimlilik nazariya va amaliyot bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil usullarni qo'llashni taqazo etadi.
Chunonchi:
a) olinayotgan bilim bilan o'quvchilarning shaxsiy tajribasi va kuzatish lari ning aloqasi;
b) nazariya bilan amaliyotning aloqasi (korxonalarga ekskursiya);
d) turli masalalarni hal qilish, nazariy hamda amaliy xarakter- dagi vazifalarni bajarish, texnologik hujjatlarni ishlab chiqarish;
e) korxona, qurilish va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish amaliyoti.
Bilimlarni tizimli bayon qilish o'quv materialini qismlarga bo'lib o'rganish, ya’ni m aterialni o'tilgan material bilan bog'lash, asosivlarini ajratish, o'quvchilarni tahlil qilishga o'rgatish, o'rga-
nilganlarni tizimga solib umumlashtirish demakdir. Bilimlarni mavzular va fanlar bo'yicha tizimga solish uchun katta-katta bo'lim lar va alohida fanlar bo'yicha takrorlash, o'quvchilar bilimi, malaka va ko'nikm alarini butun o'quv yili davomida m untazam ravishda hisobga olib borish zarur. Har bir o'quv fani ichidagi aloqalar tizimi bilan bir qatorda quyidagi hollarda foydalaniladigan fanlararo aloqalarni ta’m inlash lozim. Material bayonidagi, malaka va ko'nikmalarni egallashdagi izchillik o'quv fani hamda o'quv jarayonining mantig'idan kelib chiqadi. Agar o'quvchilar bilim, malaka va ko'nikm alarni qa t’iy izchillik asosida egallasalar ulardan oson va yengil foydalana bi- ladilar, unutganlarini qayta esga tushira oladilar. O'quvchilarga ishlab chiqarish ta ’limi berish jarayonida o'rganilayotganlarni tizim lashtirish, ya’ni o'rganilgan jarayonlar, ish turlari o'rtasida zaruriy aloqa o'rnatish lozim.
Demak, fan dasturidagi materiallarni m untazam bayon qilish uning bo'lim va mavzularini muayyan izchillikda o'rganish, yangi materialni o'tilgan darslar bilan bog'lash, asosiy qoi-dalarni alohida t a ’kidlash, o'quvchilarni faktlarni tahlil qilish va o'zlashtirilgan bilim larni o'zlashtirishga o'rgatish dem akdir. M asalan, kesish geometriyasini va kesish jarayonining keskich burchaklariga bog'liqligini o'rganish o ’quvchilar u chun uncha qiyin bo'lmaydi. Chunki ular kesish vaqtida qirindi hosil bo'lish
jarayoni bilan, zubilo, iskana, dastarra tasmasi, tunuka qaychi va hokazo asboblarning geometriyasi bilan avval tanishganlar.Nazariya va am aliyot birligi. M ehnat ta ’lim ining tarbiyaviy mohiyati tarbiyaviy vazifalarni o'qitishning m azm uni, shuningdek o'quv ishlarini tashkiliy shakl va metodlari orqali amalga oshirishdan iborat. O'quvchilarning mehnat ta ’limi darslarini o'zlashtirishi mehnatga oid turli texnik ma’lumotlar asoslarinibo'zlash tirish larid an boshlanadi. Bu m a ’lum otlar o'quvchilarga mehnat ta ’limi darsining boshlanishidagi kirish yo'riqnom alarida hamda joriy yo'riqnomalar vaqtida tushuntiriladi, o'quvchilar olgan bilimlari asosida mehnat ko'nikmalari, malakalarini mu- vaffaqiyat bilan egallaydilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu bilan bilish nazariyasining muhim qoidalaridan biri nazariya bilan amaliyotning aloqasi amalga oshiriladi. Masalan, dasturdagi «Tokarlik vint qirqish stanogida ishlash» mavzusini olaylik. O'quvchi agar tokarlik vint qirqish stanogining tuzilishi va ishlash tam oyilini bilsa, uni vint qirqishga sozlashni, ishlov berilayotgan m aterialning va qirqish asboblari yasalgan materialning yo'nishini belgilaydi. O'qituvchining yuksak g'oyaviy- siyosiy sifatlari va shaxsiy o'rnagi ishlab chiqarish ta ’lim jarayoni tizim ini tarbiyalash va ta ’lim ishlari rejimiga rioya qilishi lozim. Mehnat darslarida o'quvchilarga tushuntiriladigan texnik ma ’lumotlar, ularning muvaffaqiyati, ikkinchi tomondan esa egallangan amaliy tajriba dasturlari navbatdagi texnika ma ’lum otlarini yaxshi o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. Har bir taraqqiyot bosqichiga o'tishning sharti faqat mehnat unumdorligini m untazam oshirish va moddiy n e ’m atlar mo'l-ko'lligini yaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki yosh avlodda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalashdan ham iborat, bu eng avvalo jamiyat manfaatlari vo'lida qilinadigan mehnat jarayonida shakllanadi.
Mehnat ta ’limi darslari o'quvehilarni m ehnat vositasida axloqiy tarbiyalash uchun eng munosib obyekt hisoblanadi. Chunonchi otaliq tashkilotining ishlab chiqarish buyurtmalarini o'quv ustaxonalarida o'quvchilar kuchi bilan bajarish ularda topshiril- gan ish uchun m as’uliyat va iftixor hissini tarbiyalashga yordam beradi. Bunday buyurtmalarni bajarish natijasida o'quvchilarda bir-birlariga o'zaro o'rtoqlik, yordam ko'rsatish, umumiy mehnat natijalari uchun jam oa va shaxsiy m a’lumot, topshiriqni bajarishga tashabbus va ijodkorlik bilan yondashish kabi m uhim axloqiy fazilatlar shakllanadi.
Mehnat ta ’limi jarayonida o'quvchilarda asbob-uskunalar, materiallar, ustaxona binolariga, o'quv vaqtiga tejamkorlik bilan munosabatda bo'lish hissi tarbiyalanadi. O'quv ustaxonalaridagi mehnat madaniyati — ish o'rnini tashkil etish va o'quv m ehnat mashg'ulotlarini to'g'ri rejalashtirish, m ehnat ta ’lim darslarini qo ‘l asboblari bilan bir qatorda turli m oslam alar bilan ta ’m inlash ham katta ahamiyatga ega, chunki ular faqat 0‘quvchilarning ish sifatini yaxshilab qolmasdan, ayni vaqtda mehnat unumdorligini ham oshiradi. 0‘qituvchining m ehnat usullarni ko‘rsatish vaqtidagi shaxsiy namunasi, uning umumiy madaniyati o'quvchilar uchun kuchli tarbiyaviy vosita boiib hisoblanadi. Mehnat ta ’lim ining tarbiyaviy xususiyati shundaki, m ehnat tarbiyaviy vazifalarini o ‘qitishning m azm uni, shuningdek, o'quv ishlarini amalga oshirishdan iborat. Har bir taraqqiyot bosqichiga o'tishning sharti faqat mehnat unumdorligini muntazam oshirish va moddiy ne’matlar mo'lko'lligini yaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki yosh avlodda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalashdan iborat. Bu eng avvalo jamiyat manfaatlari yo'lida qilinadigan mehnat jarayonida shakllanadi. Mehnat ta’limi darslari o'quvchilarni mehnat vositasida axloqiy tarbiyalash uchun eng munosib obyekt hisoblanadi.Demak, o'quvchi nazariy bilimga ega bo'lgandan so'ng, bilimlarni mustahkamlash uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazish davom ettiriladi. Nazariyani amaliyot bilan bog'lashning har xil shakllaridan foydalanish orqali biz o'quvchilardagi bilim sifatini oshirishga erishamiz.Yosh individual xususiyatlarini hisobga olish. O'qitishning mazmuni ta’lim metodlariga mos kelishi, shuningdek o'quvchilarning aqliy, jismoniy va yosh xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Bu talablar o'quv materiallarini qismlarga to'g'ri taqsimlash (bajarishga kuch yetarli bo'lishi, oddiydan murakkabga qarab borishni ta’m inlash, o'qitishning turli m etodlaridan foydalanish vaqti- ning), obyektiv m e’vorlarini belgilash, o'quvchilarning muvaffaqiyatli o'qishini ta ’m inlash m aqsadida individual xususiyatlarini hamda qiziqishlarini o'rganish yo'li bilan erishiladi.O'quvchilarning yosh individual xususiyatlarini o'rganish amaliy ish jarayonida o'quvchilarning ulg'ayishlariga yordam beradi (yomon tomonlarini yo'qotishga harakat qiladi, yaxshi tomonlarini tarbiyalaydi).Demak, mehnat ta ’limi bo'yicha o'quv m aterialining m az m uni fan va texnika taraqqiyotining hozirgi darajasiga mos ravishda o'quvchilarga tushunarli bo'lishi kerak. Bundan tashqari, o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligini ham nazarda tutishi kerak.Dars mavzulari o ‘quvchiga mos va tushunarli bo'lishi uchun:
a) o'tilayotgan m avzuning m a ’nosi va hajmi, amaliy m ash- g'ulotlari o'quvchilar tayyorgarligiga, jismoniy rivojlanganligiga va yoshiga mos bo'lishi kerak;
b) mavzular soddadan murakkablashib borishi kerak, shuningdek, o'quvchilar bilim doirasini yangiliklar bilan to'ldirib borishi zarur;
d) ayrim o'quvchilarga individual yondashish kerak, chunki o'quvchilarning ayrimlari yangi mavzuni oson tushunsa, ayrim-lari qiyinchilik bilan tushunadilar;
e) ko'rgazma qurollaridan to'g'ri va o'rinli foydalanish
Mehnat ta'limida onglilik va faollik. Mazkur tamoyillar mehnat ta’limining dasturiga ko'ra o'rganilayotgan materialni o'quvchilarga ongli ravishda, ijodiy o'zlashtiriladigan qilib tashkil etilishini ko'zda tntadi. Mehnat ta ’lim ining bunday o'tilishiga o'quvchilar dars vaqtida yuksak darajada faollik ko'rsatganlaridagina erishish mumkin.Texnik-texnologik bilimlar va mehnat ko'nikmalarini ongli ravishda o'zlashtirish mazkur tushunchalar zaminida yotgan ichki m urakkab bog'lanishni anglash, o'rganilayotgan tushuncha va o'zlashtirilayotgan mehnat jarayonlarining eng asosiy muhim ji- hatlarini farqlay bi1ishda namovon bo'ladi. M ehnat ta ’limiga tatbiqan aytganda, bu o'quvchilar texnik bilimlar va o'rganilayotgan ishni, ish jarayonidagi harakat usullaridan tortib to mehnat jara- yonigacha ongli ravishda o'zlashtirishlarida va keyinchalik olingan bilim larni, m ehnat va hunar usullarini o'qish davrining har bir bosqichida takomillashtirish, o'zlashtirilgan bilimlar va baja- rilayotgan mehnat topshiriqlarining sifatini nazorat qilib borish va hokazolarda ifodalanadi. Mehnat ta ’limi m azm unini anglashi yoki tushunarli bo'lishi bu o'quvchilarning o'quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarish vaqtida zarur bo'lgan ilmiy, texnik, tashkiliy-iqtisodiy asoslarni: stanok, asbob-uskuna, moslama, materiallardan oqilona foydalanishi, ishlash rejimi hamda nazorat usulini to'g'ri tanlashni bilib olish demakdir. Masalan, cho'yan yoki po'latni qirqish vaqtida zubilaning o'tkirlanish burchagini nega 60° dan kam olish m um kin emas, uglerodli po'lat qizdirib so'ng, sovitilganda uning tarkibida qanday jarayonlar ro'y beradi. Metallarni qirqish vaqtida nima sababdan bolg'a dastasini uning metall qismiga yaqin jovidan zubilani chap qo‘l bilan qattiq qisib ushlash tavsiya etilmaydi, n im asababdan yo‘nish vaqtida qirqish tezligini, chuqurligini va surishni taxminan oshirish mumkin emas kabi savollarga o'quvchilarning to'g'ri javob berishlariga erishish kerak. Mehnat darslaridagi o'quvchilarning yuksak faol1igiga har bir mashg'ulotning maqsad va vazifalari, shuningdek, uning mazmunini aniq bayon etish, o'quvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, ta ’lim ning eng samarali m etodlaridan foydalanish natijasidagina erishish mumkin. Chunonchi, mehnat ta'limi darslarida zamonaviy texnika modelini ishlash jarayonida o'quvchilarga modelning alohida uzel va detallarini, konstruksiyalash hamda tayyorlash, model bilan uzellar o'rtasida kinematik aloqani ta’minlash va hokazolar yuzasidan ijodiy tarzdagi topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar o'quvchilarda m ehnat ta’limi darsiga qiziqish, maqsadga erishish yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda faollik ko'rsatish istagini uyg'otadi. Shunday qilib, mehnat ta ’limida onglilik va faollik tamoyili o'quvchilarga mustaqil ijodiy fikrlashni atroflicha singdirishni taqazo qiladi.O'qitish o'quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligi tarbiyalanadigan tarzda olib borilishi kerak. Bu xislatlar o'quv mash- g'ulotlaridan ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni oddiy bayon qilib berilishi, o'quv materialining ongli o'zlashtirilishi, nazariy va ishlab chiqarish ta ’lim ining bog'liqlikda olib borilishi natijasida vujudga keladi. M azkur tamoyillar m ehnat va hunar ta ’lim ining dasturiga ko'ra o'rganilayotgan materiallarni o'quvchilar ongli ravishda ijodiy o'zlashtiriladigan qilib tashkil etilishini ko'zda tutadi. Mehnat va kasb ta’lim ining bunday bo'lishiga o'quvchilar dars vaqtida yuksak darajada faollik ko'rsatganlaridagina erishish mumkin.Mehnat darslarida o'quvchilarning yuksak faolligiga har bir mashg'ulotning maqsad va vazifalarini, shuningdek, uning mazmunini aniq bayon etish, o'quvchilarga ijodiy tarzdagi mehnat topshiriqlarini berish, ta ’lim ning eng samarali m etodlaridan foydalanish natijasida erishish m umkin. Chunonchi, mehnat va kasb ta'limi darslarida zamonaviy texnika modelini ishlatish jarayonida o'quvchilarga modelning alohida uzellar va detallarini konstruksiyalash hamda tayyorlash, modellar bilan uzellar o'rtasida kinem atik aloqani ta’m inlash va hokazolar yuzasidan ijodiy tarzdagi topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar o'quvchilardamehnat ta’limi darsiga qiziqish va o'z maqsadiga erishish voida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda faollik ko'rsatish istagini uyg'otadi.Shunday qilib, m ehnat va hunar ta’limida onglilik va faollik tamoyiii o'quvchilarga mustaqil ijodiy fikrlashni atroflicha sindirishni taqazo qiladi.
M ehnat tali mining k o ‘rgazmaliligi. Mazkur tamoyil mehnatga doir o'quv m aterialini o'quvchilar o'rganilayotgan hodisa va ja- rayonni jonli idrok etish asosida o'zlashtirishlari bilan bir qa-torda, ularda abstrakt tafakkurni shakllantirishni ham ko'zda tutadi.Mehnat ta ’limi darslarida ko'rgazmali vositalar sifatida ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtirish, mehnat usullarini plakatlar, sxemalar, jadvallar, namuna buyumlarni ko'rsatish, o'quv kinofilmlari, diafilmlar, diapozitivlar, informatika, EHM va hokazolarni namoyish qilish, m ehnat t a ’limida ko'rgazmali vositalardan to'g'ri foydalanish o'quvchilarning texnik bilimlarni puxta o'zlashtirib olishlariga, ularda mehnat ko'nikmalari va malakalarining hosil bo'lishiga yordam beradi.Ko'rgazmalilik tushunchasi faqat o'z ko'zi bilan ko'rish mumkin bo'lgan vositalarnigina emas balki eshitish, sezish va idrok etishning boshqa turlarini ham o'z ichiga oladi. Ko'rgazmalilik o'quvchilarning o'rganilayotgan o'quv materialiga qiziqishini oshiradi, ana shu obyektga e ’tiborni jalb qiladi, kuzatuvchanlik va faol idrok etish sifatlarini rivojlantiradi. Masalan, o'quvchilarga mehnat usullari va jarayonlarini tushuntirish vaqtida m ehnat ta'limi o'qituvchisi muayyan mehnat usullarini ko'rsatishda rangli plakatlardan foydalanibgina qolm asdan, balki ish harakatlari va jarayonlarini bajarishni o'zi namoyish qilib ko'rsatadi. Bunda u o'quvchilarning e ’tiborini ish joyida gavdani qanday tutish va asboblarni qanday ushlash kerakligi, harakatlarni bir maqsadga qaratish kabilarga jalb qiladi. Biroq m ehnat ta ’limi darslarida ko'rgazmali vositalardan foy- dalanishga katta ahamiyat berib, unga haddan tashqari o'rin ajratish foyda o'rniga zarar keltirishini ham unutmaslik kerak. Shu sababli ko'rgazmali vositalardan foydalanganda bir qator metodik talablarga riova qilish zarur.
1. Ko'rgazmali qurollar darsdagi o'quv materiali m azm uniga mos kelish kerak.
2. D arsda foydalaniladigan barcha ko'rgazmali qurollarni bir-daniga osib, ko'rsatib qo'yish yaramaydi. Chunki, bu o'quvchilar diqqat-e’tiborini chalg'ishiga olib kelishi m um kin.
3. D arsni ko'rgazmali qurollar bilan haddan tashqari to'ldirib yubormaslik kerak.
4. Ko'rgazmali qurolni ko'rsatish vaqtida m ehnat o'qituvchisi o'quvchilarning bu qurolni idrok etish jarayonini boshqarib borishi lozim. Biroq o'quvchilarning ko'rgazmali qurollar yordamida sezib, idrok etishi bilishning boshlang'ich bosqichidir, xolos. Bilish jarayonining navbatdagi bosqichi abstrakt tafakkurdir. Bu mehnat ta ’limi darslarida o'qituvchining yangi ish jarayonini tushuntiri- shi va m ehnat usullarini ko'rsatishi o'quvchilarning faol ish yuritishi bilan olib borilishida namoyon bo'ladi.
Garchi o'quvchilarning mehnatga doir o'quv materialini o'rganishda aniq idrok etishi ustunlik qilsa ham, har xil yoshda- gi abstrakt tafakkur elementlarini ham tarbiyalashni unutm aslik kerak. Bunda maxsus ishlab chiqilgan konstruktorlik texnologik tarzdagi topshiriq o'quvchilardan hisob-kitoblar qilish, detallar eskizlarini, ularni tayyorlashning texnologik jarayonlarini tuzishnigina emas, balki konstruktorlik yechimlarini amalga oshirishni ham talab qiladi.Shunday qilib m ehnat ta’limida aniq idrok etish bilan abstrakt tafakkur o'zaro bog'lanishda ta ’sir ko'rsatadi. Bilim, ko'nikma va m alakalarni о ‘7,1 ashtirishning mustahkamligi va puxtaligi. Yuqorida tilga olingan tamoyillar unumli mehnat asosida va unum li m ehnat jarayonida m ehnat ta ’lim ini berishni, ya’ni o'quv ustaxonalarida ijtimoiy foydali m ehnatga tayyorlashini ko'zda tutadi. Biroq unum li m ehnat va uning obyektlari o'quvchilar uchun tushunarli bo'lishi, bajariladigan ishlar ularning qo'lidan keladigan bo'lishi kerak.
M ehnat ta ’limi ham da unum li m ehnatning bir butunligidan ta ’lim ning tarbiyaviy xususiyatga ega ekanligidan iborat didaktik tamoyillar kelib chiqadi. Zero, unumli mehnat o'quvchilarning texnik bilimlarini o'zlashtirish hamda ularning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi ta ’sir ko'rsatadi. Bu o'rinda quyidagi so'zlarni eslatib o'tish o'rinlidir: yosh avlodni o'qitish bilan baravar unumlimehnatga o'rgatmasdan turib kelgusi jamiyatning oliy maqsadini tasavvur qilib bo'lmaydi, chunki unumli mehnatsiz o'qitish va bilim olmasdan turib unumli mehnat qilish ham texnika va fanning hozirgi darajasi talab qilgan yuksaklikka yetisha olmagan bo‘lar edi.
Maktabda tarbiya bilan chambarchas boglik ta`lim jarayonini tashkil etishga asos buladigan etakchi qoidalar didaktik printsiplar xisoblanadi. Didaktik printsiplarga ta`lim va tarbiyalning birligi, ilimiylik, nazariya bilan amaliyotning boglikligi, izchillik va sistemalilik, kursatmalilik, onglilik va aktivlilik kabilar kiradi. Didaktik printsiplar uz-aro boglikdir. Shu sababli xar bir konkret mashgulotni utkazishda bir yula kator didaktik printsiplarning talablarini xisobga olish va ularni kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan, ta`limda ilimiylik printsipini ta`minlash bilan ukuvchilarning onglilik va aktivligiga ason erishish mumkin va aksincha, agar ukuvchilar ta`limga nisbatan ongli va aktiv munasabatta bulsalar, ta`limning ilimiylik saviyasini ta`minlash oson buladi. Agar ta`limda kursatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning amaliyot bilan boglikligi printsipi xam amalga oshadi. Va aksincha, agar nazariyani urganish amaliyot bilan uzviy boglik olib borilsa, ta`limda kursatmalilikni ta`minlash uchun sharoitlar yaratiladi. Xamma ukuv predmetlari uchun didaktik printsiplar umumiydir, ammo xar bir konkret xolda ularni kullash uz xususiyatlariga ega. Didaktika pedagogikaning ta`lim jarayoni umumiy konuniyatlarini urganadigan kismidir. Didaktika grekcha suz bulib, sabok buladigan degan suzdan kelib chikadi. Suzma suz tajriba kilganda didaktika ta`lim nazariyasi demakdir. Didaktika xususiy metodikalar bilan boglangan xolda barcha ukuv fanlari uchun umumiy konun va koydolarni belgilab beradi. Mexnat va kasib ta`limi ukitish uslubieti fanidan bu tamoyilar mexnat darslari jaraenida kanday tadbik etilishin kurib chikamiz.
1.Onglilik va aktivlik printsipi- ukuvchilar uz bilimlarini amalda kullay olsalargina ta`limda onglilikga erishilgan deb xisoblash mumkin. Ukuvchi kilayotgan ishining mazmunini yakkol tasavvur kilganda gina ishga ongli ravishda kirishadi. Ta`limdagi onglilik ukuvchilarning aktivligi bilan uzviy boglikdir. Mexnat ta`limi jarayonida ukuvchilar aktivligining rivojlanishi uchun aloxida yaxshi sharoit yaratiladi. Bu sharoit avvalo mexnatning unumligi xarakteridan iborat buladi. Agar ukuvchilar uz mexnatlarining natijasi biror ijtimoiy foydali maksadga muljallanganligini bilsalar, zur kizikish xamda topshirikni sifatli va muddatida bajarish ishtiyoki bilan ishlashi aniklangan. Shu sababli karxonaning, otalikdagi bolalar bogchasining maktab ukuv kabinetlarining ukuvchilar bajara oladigan va dastur mazmuniga javovan beradigan buyurtmalaridan mexnat ta`limi ukituvchisi ukuvchilar aktivligini oshirishning muxim vositasi sifatida foydalanishi kerak. Bu printsip ukuvchilarda materialistik dune karashni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |