O‘TKAZISH USULI:
Ish faoliyatim davomida o‘z tajribamdan bolalarga amal hadlarini yodlatish, 4 amal hadlarini o‘rgatishda, tenglamalarni yechishda qoidalarni yodda saqlashda, ona tili fanidan jarangli jarangsiz undoshlarni yoddan aytishda ba’zi o‘quvchilarimizda qiyinchiliklar va adashishlarni kuzatdim. Izlanishim davomida bolalarga fanni o‘rgatishda o‘yin metodlar, musobaqalar orqali o‘rgatilganda bolalar uchun qiziqarli va oson o‘zlashtirilishining guvohi bo‘ldim. Bazi qiyinroq mavzularni esa o‘zim faoliyatimda qo‘llab kelaytgan va samara bergan metodlarimni e’tiboringizga havola etmoqchiman.Boshlang‘ich sinf Matematika darslarida 1-2 sinfda 4 amalning amal hadlari ni o‘rgatamiz. O‘quvchilar xadlarni yodda saqlashi adashmasligi uchun o‘zlari fikrlab, joylarini to‘g‘ri joylashtirishi orqali xotirasiga muxrlash uchun quyidagi sxemani yaratdim.
Hadlarni toping!
|
|
+
|
|
=
|
|
|
-
|
|
=
|
|
|
.
|
|
=
|
|
|
:
|
|
=
|
|
Boshlang‘ich sinflarda 4 amalni o‘rgatganimizdan keyin hadlari nomalum qilib tenglama ko‘rinishida beriladi. Endi o‘quvchilar tenglamani yechish uchun qoidasini, usulini o‘rganishi kerak. Buni o‘yin tarzida o‘rgatish uchun “Tenglamalar olami” jadvali o‘yinimizdan foydalanamiz. Bu jadvalni o‘quvchilar sonlar yoki amal hadlari yordamida to‘ldiradi. To‘ldirish davomida qoidani aytib to‘ldirilsa bir nyecha marta o‘yinda o‘yinni o‘ynagan o‘quvchilar tenglamani bexato yechadigan darajaga erishadilar. 4 amal yordamida tenglamalarning barcha turlarini bir vaqtda echish orqali barcha tenglamani yechich mavzulari mustahkamlanadi.
Bu “Tenglamalar olami” o‘yinidan matematika fanining mustahkamlash dasrlarida, dam olish daqiqalarida, to‘garak mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. Kichik guruhlarda ishlashda musobaqa tarzda tashkil etish mumkin.
Har qanday sinfda ham 1,2 ta sust o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar kuzatiladi. Ular qoloq emas, bilmas emas, ular shunchaki sekin o‘zlashtiradi yoki sust o‘zlashtirishiga sabab ustozi, ota – onasi tomonidan fanga qiziqishi uyg‘otilmagan. Bunday hollarda o‘qituvchi qatiqqo‘llik bilan o‘quvchiga o‘rgatish usulidan foydalansa, bu ta’lim majburiy ta’limga kiradi va bolaning yanada bezishiga, ustozidan uzoqlashish holatiga olib kelishi mumkin. Agar bolaga fanni o‘rgatishni o‘yinlar orqali olib borsak, o‘quvchi o‘ynash davomida ko‘tarinki kayfiyatda o‘zlashtirayotganini o‘zi sezmagan holda o‘rganadi. Fanga qiziqishi ortib boradi. Keyinchalik esa o‘zi izlanadigan, ijodkor kitobxonga aylanadi. Boshlang‘ich sinflar matematika fanining eng katta mavzularidan biri ko‘paytirish jadvalini yodlatish. Bu jarayon yillar davomida darsdan keyin qolib ishlashimizni talab qiladi. Xozirgi o‘yinimiz ko‘paytirishni yodlash emas jadvalni qiziqarli tarzda o‘rganishiga yordam beradi.
“Ko’paytirish jadvali” o‘yin uslubi doirachalari aylantiriladi ro‘barama - ro‘bara turgan sonlarning ko‘paytmasini doira chetiga yopishtirish topshirig‘i beriladi. O‘quvchilar bu topshiriqni bajarishda ko‘paytirish jadvalini yodlash jarayoni yuz beradi. O‘yin 1-9 karagacha bo‘lgan barcha savollar hosil bo‘ladi. Bu o‘yinni boshqa fan dam olish daqiqasida ham foydalansa bo‘ladi. O‘qituvchilar o‘yinni tashkil qilishda ijodiy yondashib, yakka va guruhlar musobaqasi tarzida tashkil etishlari mumkin. Juft sonlar va toq sonlarni yopishtirishda shuft sonni yashil, toq sonlarni yoki qizil rangda yopishtirib chiqsa bu ham qo’shimcha bilim berishi mumkin qolaversa bir vaqtning o’zida o’quvchi ikki xil topshiriqni bajarish orqali aqlni charxlaydi.
“Bilimdonlar mamlakati qiroli ” o‘yin metodi boshlang‘ich sinfdagi barcha fanlardan foydalansa bo‘ladi. Bunda bilimdonlar mamlakatiga kirish uchun 5 ta savoldan 5 tasiga ham to‘g‘ri javob bergan yoki zinalardagi misollarni, topshiriqlarni bajarishi talab etiladi. Eng a’lochi o‘quvchi yoki musobaqa g‘olibi taxtga qo‘yilgan toj egasi ya’ni, bilimdonlar qiroli yoki qirolichasi deb e’lon qilinadi va sinfda maxsus bezatilgan partaga toj kiydirib o‘tirg‘iziladi.
G‘olib bo‘lgan o‘quvchi barcha fandan kun davomida o‘tiradi. Keyingi kuni boshqa fandan xuddi shu musobaqa o‘tkaziladi. Shu tarzda qolgan o‘quvchilar ham shu partaga o‘tirish uchun maxsus tayyorlanib kelishi kuzatiladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini o‘tishimizda jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni yodlashda qiynalishadi xozirgi ko‘rgazmamiz bolaga o‘yinlar orqali jarangli jarangsiz undoshlarni yodlashiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |