Kerakli jihozlar:
mikroskop, lupa, pintset, nina, buyum oynasi, qoplag‘ich
oyna, fiksatsiyalangan olcha va olma
,
landish gullari, doimiy preparatlar, rasmlar,
jadvallar va boshqa asboblar.
Nazariy tushuncha.
Gul yopiq urug‘li o‗simliklarning jinsiy organi
hisoblanib, gulning changlanib urug‗lanishi natijasida urug‗ va meva hosil bo‗ladi.
Gulning o‗q qismi, gul bandi va gul o‗rni bo‗ladi. Gul o‗rni, botiq, yassi, qavariq
va konussimon bo‗lishi mumkin. Gul o‗rinda, kosacha barglar, tojibarglar,
changchi va urug‗chilar joylashgan. Gul tuzilishiga ko‗ra aktinomorf (to‗g‘ri) va
zigomorf (qiyshiq) bo‗ladi. Aktinomorf gul markazidan bir nechta simmetrik
chiziq o‗tkazilsa, gul a‘zolari teng qismlarga ajraladi. Zigomorf gulda esa gul
a‘zolari teng ikkiga bo‗linadi yoki bo‗linmaydi (25-rasm). Gulning formulasini
yozish va diagrammani tuzish, qismlarini qisqacha ifodalash organlarining o‗zaro
bog‘liqligini bilib olishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‗simliklar
qaysi bir oilaga mansub ekanligini belgilovchi mezondir.
Gulning qismlari qisqacha qilib quyidagicha belgilanadi: Kosachabarg - Ca
(Ca1ux), gultojibarg - Co (Corolla), Changchi - A (Androseim), Urug‗chi –G
(Gunoceum).
Gul formulasiga qo‗yiladigan shartli belgilar:
1.
Spiral gul -
;
2.
Aktinomorf yoki to‗g‘ri gul – J;
3.
Ikki tomonlama simmetriyali gul – X;
4.
Zigomorf gul - ↑ yoki ↓;
5.
Assimetrik – I;
6.
Oddiy gulqo‗rg‘on – P;
7.
Kosacha – K (Ca1ux);
8.
Tojbarg – C (lot. Corolla);
9.
Changchilar (Androsey) – A;
10.
Urug‘chi (gnesey) – G;
11.
Agar gulning biron qismi bir necha qator bo‗lsa – ―+‖;
12.
Gul qismlari tutashgan bo‗lsa qavs ichiga olinadi - C
(5)
;
52
13.
Gul qismlarining soni noaniq bo‗lsa - ~;
14.
Gul a‘zolari tutashgan bo‗lsa, qavsga olinadi;
15.
Gul a‘zolarining soni raqamlar va belgilar bilan ifodalanadi;
16.
Tugunchalarning o‗rnini ifodalovchi raqam ostki chiziq bilan – ustki ¯ ,
yoki ostki _ bilan ifodalanadi;
17.
Gul a‘zolarining soni 12 tadan ortiq bo‗lsa, cheksizlik ~ belgisi bilan
ifodalanadi.To‗g‘ri va to‗liq gulning formulasi quyidagicha:
Masalan, piyoz gulining formulasi: P
3+3
A
3+3(3)
Gul diagrammasi uning plani hisoblanib, gul a‘zolarining o‗zaro
bog‘liqligini ifodalaydi va formuladagi elementlariga qo‗shimcha bo‗lib,
gulning xarakteristikasini yanada to‗ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |