5-rasm. Meyoz va uning fazalarining sxematik tasviri
Poliploidiya.
Ba‘zi vaqtlarda jinsiy hujayralar paydo bo‗lganda ularning
yadrosida xromosomalarning soni kamaymasdan diploid holida qoladi. Buning
natijasida o‗simlik urug‘langandan keyin paydo bo‗lgan barcha hujayralarda
xromasomalar triploid holatida bo‗ladi. Bunday hujayralarni yoki o‗simliklarni
poliploidlar
deyiladi. Poliploid o‗simliklar meyoz jarayonining turli tashqi muhit
(rentgen nurlari bilan nurlanganda, turli moddalar bilan ishlov berganda va bosh.)
ta‘siri natijasida buzilishidan paydo bo‗ladi. Poliploid o‗simliklar hujayralarining
va yadrolarining yirik bo‗lishi natijasida katta bo‗ladi. Ko‗pchilik madaniy
o‗simliklar poliploidlardir (pomidor, makkajo‗hori).
Do'stlaringiz bilan baham: |