Nazariy tushuncha.
Eukariot olamiga mansub organizmlar hujayrasidagi yadro
va sitoplazmaning bo‗linib, yangi hujayrani hosil bo‗lishiga
sitokinez
deb ataladi.
Hujayra asosan mitoz (yunon. mitos - ip) yoki kariokinez (yunon. karion —
yadro, kinezis — harakat) usulda bo‗linadi. Mitozning biologik ahamiyati
shundan iboratki, hujayraning bo‗linishi natijasida hosil bo‗lgan ikkita yangi
hujayralarda xromosomalar qat‘iy bir tekis taqsimlanadi, bu har bir bo‗lingan yosh
hujayraning irsiy axborotini to‗liq o‗tishini ta‘minlaydi. Mitoz jarayoni bir necha
davrlarga (bosqichlarga) — profaza, metafaza, anafaza va telofazaga bo‗linadi
Profazada
xromosomalar kaltalasha va yo‗g‘onlasha boshlaydi, DNK
miqdori ikki hissa ortadi, yadro po‗sti va yadrocha yo‗qoladi. Yadroda ikki qutb
paydo bo‗ladi. Har bir xromasoma 2 ta xromatidalardan iborat bo‗ladi.
Xromatidalar o‗zaro belbog‘ sentromera bilan birikkan bo‗ladi.
Metafazada
xromosomalar qutblar orasida joylashib, har bir xromosoma 2
ta xromatidaga bo‗linadi. Har bir xromatida xromatinlar yig‘indisidan tashkil
topgan. Xromosomalar ekvatorga yig‘ilganidan so‗ng xromatidalar bir-birlaridan
ajrala boshlaydi, bo‗linish duki shakllanishi bilan metafaza jarayoni tugaydi.
Anafazada
har bir xromosoma ikkita xromatidaga ajraladi va qiz
xromosomalar deb nomlangan alohida xromosomalarga aylanadi va xromosomalar
urchuq iplari qisqargan sari ikki qutbga tortila boshlaydi.
Telofazada
qutblarda bir-birlariga o‗xshagan ikkita xromosomalar guruhi
shakllanadi, urchuq iplari yo‗qoladi, yadro qobig‘i paydo bo‗ladi, yadrocha
qaytadan shakllanadi. Xromasomalar despirallashadi, ingichkalashadi, aniqligi
11
yo‗qoladi va interfaza xromatiniga aylanadi. Telofazaning oxirida sitoplazmaning
ikkiga bo‗linishi –
tsitokinez
jarayoni kuzatiladi, ya‘ni ekvatorda ikki yosh hujayra
po‗sti va hujayralararo modda hosil bo‗ladi. Bu vaqtda yadro batamom
shakllanadi, mitoz jarayoni tugaydi.
Mitozning
biologik
ahamiyati
shundaki,
qiz
hujayralarda
xromosomalarning soni, o‗lchami va shakli, DNK ning miqdori, irsiy axborotni
saqlashi, ona hujayraga o‗xshash bo‗ladi. Mitoz jarayoni 1 soatdan 24 soatgacha
davom etib, mitozning borishi, to‗qimalar tipiga, hujayraning yoshiga, tashqi
muhit ta‘siriga ko‗p jihatdan bog‘liq bo‗ladi.
Shunday qilib hujayralar mitoz usulida bo‗linganda ikki xil jarayon
kuzatiladi: 1) Yadroning bo‗linish –
kariokinez
, 2) tsitoplazmaning ikkiga ajralishi
–
tsitokinez
.
Do'stlaringiz bilan baham: |