davrida, tirik materiyaning asta-sekin takomillashishi natijasida paydo bo‗lgan.
Hujayraga tirik materiyaning barcha jarayonlari: o‗sish, oziqlanish, nafas olish
ta‘sirchanlik va ko‗payish xosdir. O‗simlik hujayrasining shakli, o‗lchami,
o‗simlik tanasida joylashgan joyiga, bajaradigan vazifasiga qarab turli-tuman
bo‗ladi. Hamma tirik organizmlar hujayra tuzilishiga ko‗ra ikkita katta olamga:
belgilarini genofor (yunon. gen — tug‗ilish, kelib chiqish, form —shakl) tashiydi.
Yаdro moddasi hujayrada bir tekis tarqalgan bo‗lib, yadro po‗sti bo‗lmaydi.
8
Eukariot organizmlar (o‗simliklar, zamburug‘lar va odam) ning hujayrasida
takomillashgan yadro bo‗lib, uning tarkibidagi xromasomalar irsiy belgilarni
nasldan-naslga o‗tkazishda ishtirok etadi.
Eukariot -
organizmlarning hujayralari bir-biridan keskin farq qiladi.
Hayvon hujayrasida o‗simliklarga xos bo‗lgan po‗st, plastidalar va vakuolalar
bo‗lmaydi. Hayvonlar va zamburug‘lar hujayrasida glikogen, o‗simliklarda
kraxmal to‗planadi. O‗simliklarning hujayra po‗sti pishshiq bo‗lib, tsellyulozadan,
zamburug‘larning hujayra po‗sti xitin moddasidan tashkil topgan.
Demak, hujayraning eng muhim belgilaridan biri uning xilma-xilligi va
o‗xshashligidir. Masalan, hujayra protoplasti (yunon. protos — birinchi; plastos —
shakllangan) murakkab tuzilishga ega bo‗lib, uning takomillashishi natijasida bir
qancha organellalar yoki organoidlar (yadro, plastidalar, mitoxondriy, ribosoma,
lizosoma va boshqalar)dan tashkil topgan bo‗ladi. Organellalar bajaradigan
vazifasi, tuzilishi bilan bir-biridan keskin farq qiladi.
Masalan, organlarning ustini qoplab turadigan epiderma hujayralari tekis,
yupqa bo‗lsa, o‗simlikka qattiqlik beruvchi mexanik to‗qima hujayralari ingichka,
uzun devorlari qalin birlamchi va ikkilamchi qobiqni hosil qiladi. Jamg‘aruvchi va
assimlyatsiya jarayonini bajaradigan hujayralar yumaloq ovalsimon ko‗p qirrali
yupqa qobiqli bo‗ladi. O‗tkazuvchi ksilema naylarining hujayralari uzun, qalin
qobiqli bo‗ladi. Demak hujayralar morfologik jihatidan 2 tipga bo‗linadi.
Parenxima va prozenxima. Parenxima hujayralarning qobiqlari har tomonga
baravar o‗sadi. Prozenxima hujayralarini qobiqlari bir tomonga o‗sadi va cho‗ziq
shaklga ega bo‗lib, bo‗yi enidan bir necha marotaba uzunroq bo‗ladi.
O‗simlik hujayrasi qalin qobiq, protaplast va vakuoladan tashkil topgan.
Protoplast hujayraning tirik qsmi bo‗lib, qobiq tagida yupqa qavat hosil qilib
joylashgan. Unda ribosomalar, mikronaychalar, mitoxondriyalar, plastidalar kabi
organoidlar va membrana sistemasidan endoplazmatik to‗r va diktiosomalar
joylashgan. Tsitoplazma protaplastning bir qismi bo‗lib, hujayra qobig‘idan
plazmalemma, vakuoladan tonoplast kabi membranalar bilan chegaralangan.
Tsitoplazmaning asosiy moddasi gialoplazma bo‗lib, barcha organoidlarni o‗zaro
bog‘lanishini va ta‘sirini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: