Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
3.1. Hujayra devoir va uning vazifasini tushuntiring.
3.2. Sitоplаzmаtik mеmbrаnа vа uning funksiyаlаrini tushuntirib bеring.
3.3. Sitоplаzmаdа uchrаydigаn kiritmаlаrning nоmini аytib bеring vа ulаrni izохlаng.
3.4. Sitоplаzmа qаndаy tаrkibiy qismgа egа?
3.5. Bаktеriyа o’zаgi qаndаy qisimlаrdаn ibоrаt vаzifаlаrni аytib bеring.
3.6.Prоkаriоtlаr ribоsоmаsi eukаriоt hujаyrа ribоsоmаsidаn nimа bilаn fаrqlаnishini tushuntiring.
3.7. Kiritmalar va ularning vazifalarini tushuntiring.
4-аsоsiy sаvоl bo’yichа o’qituvchining mаqsаdi: Bakteriyalar va ularning sistematikasi haqida tushuncha berish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
4.1. Mikroorganizmlarni organik olamdagi o’rnini biladi.
4.2. Bakteriyalarni sistemaga sola oladi.
3-аsоsiy sаvоl bаyoni:
Mikroorganizmlarni organik olamdagi o’rni. Mikroorganizmlarni organik olamdagi o’rni biz bilan va bilmagan holda juda kattadir. Chunki mikroorganizmlar xilma-xil bo’lib ba’zilari o’simlik olamiga taalluqli bo’lsa, ikkinchi bir xillari hayvonot va insoniyatga taalluqlidir. Ammo, mikroorganizmlarning atmosferadagi, suvda, tuproqda, erning chuqur qatlamlarida ham tarqalganligini, ularning butun organik va anorganik dunyo bilan munosabati juda murakkabligini hisobga olinsa uning organik va anorganik olamdagi o’rni kattaligini bilamiz. Ko’pchilik mikroorganizmlar biri hujayralik bo’lib faqat mikroskop yordamida ko’rish mumkin.
Mikroorganizmlar ichida mogor zamburuglari, achitkilar va sodda hayvonlar ancha yaxshi o’rganilgan bo’lib, ular uncha tashvish tugdirmaydi. Ammo, bakteriyalarning o’rni haligacha ham aniq emas, ularning ba’zilarini bir hujayrali suv o’tlariga o’xshatish mumkin, lekin xlorofill yo’q, mikroskopik zamburug o’xshatilsa ulardan ham farqi katta, (asosan harakatchanlikda va tana takomillashuvida, axir ko’pchilik zamburuglar mitsellarga ega, bakteriyalarda yo’q va x.zo). Shuning uchun ham bakteriyalar bilan boshqa organimzlar o’rtasidagi kelib chiqishdagi boglanish xanuzgacha to’liq o’rganilmagan, ammo ularning organik olamdagi o’rni kattadir.
Bakteriyalar va ularning sistematikasi. Bakteriyalar tashqi ko’rinishi ham xar xildir. Ularni sharsimon, tayoqchasimon va egilgan (buralgan) shakllarga ajratilgan. Sharsimon shakllardagi bakteriyalar ham xar xil bo’ladilar va har xil nomlanadilar.
Agar bitta shardan iborat bo’lsa, monokokki, ikkita sharligi diplokkokki, to’rtta sharligi tetrokokki, ko’p sharligi, ammo munchoqsimon tuzilganlari streptokokki, agar hujayralar bo’linishi 3ta perendikulyar tomonga bo’lsa sartsina deb nomlanadilar. Har xil yo’nalishda, uzum shingilini eslatuvchi ko’rinishda bo’lishi va ko’rinishda bo’lganlarini stafilokka deb nomlanadi. Sharsimon bakteriyalardan spora hosil qilmaydiganlarni batsillar deyiladi. Buralgan shakllardagi bakteriyalar spirillalardir.
Verglsimon, ozgina buralgan shakldagi bakteriyalarni vibrional deyiladi. Yon o’simtasi mavjud bo’lgan uzun tayoqcha va ipsimon bakteriyalarni mikobakteriyalar guruhiga birlashtirilgan.
Ko’p hujayrali ipsimon va shilimshiq va shilimshiq bakteriyalarni miksobakteriyalar deyiladi. Bakteriyalar shakliga qarab har xil kattalikda bo’ladilar. Sharsimonlarning diametri 1-2 mikron tsilindrsimonlarining uzunligi 1-4 mikron, eni 0,5-1 mikron bo’lsa, oltingugurt bakteriyalarning uzunligi 50 mikrongacha boradi.
Bakteriyalarning xilma-xilligi va ko’pligi uchun ularni o’rganishda ma’lum yaqin belgilarga qarab klassifikatsiyalangandir. Bunday belgilarga a) morfologik belgilar: b) kulturada namoyon bo’lgan belgilari: v) fiziologik belgilari kiradi. Bakteriyalarni bir sistemaga solishda ko’p fikrlar bo’lgan. N.AyuKrasilnikov bakteriyalarni xilma-xil gruppalardan iborat deb hisoblangan va 4ta gruppaga ajratgan. 1. Aktinomitsetlar. 2.Bakteriyalar; 3.miksobakteriyalar; 4.Spiroxetalar.
Ammo, Leymon va Neymonlar hamma bakteriyalar va aktinomitsetlarni Shizomitsetlar degan bitta sinfga kiritib, ikkita tarkibga ajratadilar. Leymon va Neymonlar sistematikasida bakteriyalarni oilaga bo’lishda spora hosil qilish-qilmasligi tashqi shaklga e’tibor beradilar, turlarga bo’lishda fiziologik va kulturada hosil bo’lishi belgilarini asoso qilib oladilar. Biz ko’pchilik munozalari narsalarga to’xtalib o’tirmasdan Leymon va Neymon tomonidan tuzilgan sodda sistematikaga to’xtalib o’tamiz xolos.
A.Shizomitsetlar tartibi. Bu tartibga qattiq po’stli va bo’luvchi to’siq hosil qilib bo’linib ko’payuvchi barcha haqiqiy bakteriyalar kiritilgan. Bu tartib 6ta oilaga bo’linadi.
Kokkilar oilasi (streptokokkilar, sartsinalar, mikrokokkilar avlodiga bo’lingan). II. Bakteriyalar oilasi; III.Ipsimon bakteriyalar oilasi (o’z ichiga 5-avlodni birlashtirgan); IV.Spirallalar oilasi (2 avlodga ajratilgan). V. Spiroxetalar oilasi. VI. Batsillalar oilasi.
B. Miksobakteriyalar tartibi. Miksobakteriyalar oilasi va unga mansub avlod bu tartibga kiritilgan.
V. Aktinomitsetlar tartibi. 1.Aktinomitsetlar oilasi (2 avlodga ajratilgan) II. Mikromonosporalar oilasi; III.Miksobakteriyalar oilasi (2 avlodga ajratilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |