Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Download 2,55 Mb.
bet169/217
Sana01.12.2022
Hajmi2,55 Mb.
#875824
TuriМетодические указания
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Muhokama uchun savollar:

  1. Tuproq biotexnologiyasi qanday fan?

  2. Tuproq unumdorligini oshirishning an’naviy yo’llari.

  3. Tuproq biotexnologiyasining yo’nalishlari.

  4. Tuproq unumdorligini oshirishning biotexnologik yo’llarining samaradorligi.



2-Asosiy savol. Tuproq unumdorligini oshirishda bakterial o’g’itlardan foydalanish.
Ikkinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga Tuproq unumdorligini oshirishda bakterial o’g’itlar, azotobakterin, nitrogen, fosfobakterindan foydalanish usullari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsad:

  1. Tuproq unumdorligini oshirishda bakterial o’g’itlardan foydalanishning ahamiyatini izohlaydi.

  2. Azotli va fosforli bakterial o’g’itlarning tarkibi va ahamiyatini bilib oladi.

Ikkinchi asosiy savol bayoni.
Tuproq unumdorligini oshirishda bakterial o’g’itlardan foydalanish. Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati o’z navbatida o’simlikning ildizidan oziqlanish sharoitini va uning hosildorligini belgilab beradi. Huddi mana shuning o’zi mikrobli preparatlraga zarurat tug’diradi va foydali mikrooraginzmlar asosida preparatlar tayyorlash texnologiyalari yaratila boshlanadi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida azotobakterin, nitrogen, fosfobakterin va torfli oxakli, silikat kabi bakteriyalar tayyorlangan o’g’itlar ko’p ishlatilmoqda.
Azotobakterin. Azotobakterdan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda azotobakterin qishloq xo’jaligida ko’plab ishlatiladi. Azotobakterinni ishlatish usuli: urug’ toza va salqin erga yoki polga to’qilib, namlanadi va unga maxlum miqdorda azotobakterin qo’shib yaxshilab aralashtirilgandan so’ng urug’ ekiladi. Azotobakterin ishlatilganda hosil 10% dan 15% gacha ko’payadi. Ayniqsa sho’rlangan o’tloq va o’tloq to’qay erlarda paxtaning hosili oshadi. Hozirgi vaqtda azotobakterinning agarli preparati tayyorlanadi. 1g azotobakterin preparatida 800 mln mikrob hujayrasi bo’ladi.
Nitrogen. Tugunak bakteriyalardan tayyorlanadi. Tugunak bakteriyalar asosidagi preparat birinchi bo’lib “nitragin” nomi bilan 1896 yi germaniyada F. Nobbe va L. Giltner tomonidan tayyorlangan. Tugunak bakteriyalar bir necha hil bo’ladi. Har qaysi tugunak bakteriyaning o’ziga xos nitrogeni bo’ladi. Nitrogen quyidagicha ishlatiladi. Bir gektar erga solinadigan normani urug’ ekiladigan kuni har 10 kg mayda urug’ga yoki 20 kg yirik urug’ga 200 ml hisobidan suv bilan aralashtirib urug’ga purkaladi, so’ngra bir oz qurigandan so’ng ekiladi. Nitrogen ishlatilgan erlarda hosildorlik 2,1 ts dan 11,8 ts gacha ortadi. Nitrogen preparati sterillangan tuproqqa aralashtirilib tayyorlanadi. Har bir g preparatda 100 mln bakteriya bo’ladi.
Fosfobakterin. Spora hosil qiluvchi bakteriya Bacillus megaterium var phospraticum fosfoorganik birikmalarni o’siiliklar oziqlanishi usun tayyor shaklga keltirib beradi. Fosfobakterin ekiladigan urug’liklarga aralashtirilib ekiladi. Bakteriyalar tuproqda rivojlanayotgan ildiz sistemasiga o’tadi va ularning ko’payishi va biokimyoviy ta’siri natijasida fosfoorganik birikmalarning parchalanishi tezlashib, o’simlikning oziqlanishi yaxshilanadi. Bu preparat bian olib borilgan tajribalarning ko’rsatishicha u o’simlikning o’sishiga va hosildorlikning oshishiga yordam beradi. Bir gektar erga 200-250 g fosfobakterin solinadi. Fosfobakterin quyidagi usulda ishlatiladi: 250 g fosfobakterin suvda eritilib, ekishga tayyorlangan urug’ga purkaladi, so’ngra urug’ salqin erga yoyib quritilib ekiladi. Fosfobakterin ishlatilganda donli ekinlarning hosili 1 ts dan 2-3 ts gacha oshadi. Fosfobakterin kaolin kukuniga aralashtirilib poroshok holida tayyorlanadi. 1 g fosfobakterinda 8 ml bakteriya bo’ladi.
Mikoriza hosil qiluvchi zamburug’lar asosida tayyorlangan preparatlar, o’simlikni fosforli o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.
Mikroblar asosida olingan kompleks preparatlar tarkibida har hil hususiyatga ega mikroorganizmlar bo’lib, ular tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatini tiklashda va tuproqdagi har hil ozuqa moddalarni parchalab, tayyor holga keltirishga xizmat qiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish