Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Download 2,55 Mb.
bet168/217
Sana01.12.2022
Hajmi2,55 Mb.
#875824
TuriМетодические указания
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Asosiy savollar:

  1. Tuproq biotexnologiyasi fanining maqsadi.

  2. Tuproq unumdorligini oshirishda bakterial o’g’itlardan foydalanish.

  3. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mikrobli preparatlar.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tuproq biotexnologiyasi, metabolitik reaktsiya, rizosfera, rizoplan, fitotsenoz, mirobtsenoz, azotabakterin, nitrogin, fisfobakterin, mikrobli o’g’it, azotfiksator
Mavzuga oid muammolar:

  1. Tuproq agrobiotsenozida foydali mikroorganizmlarni o’rganish muammosi.

  2. O’simliklarni mikroorganizmlar bilan simbioz holda yashashini ta’minlash muammosi

1-Asosiy savol. Tuproq biotexnologiyasi fanining maqsadi va vazifasi.
Birinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Tuproq biotexnologiyasi fanining maqsadi, vazifasi va asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsad:

  1. Tuproq biotexnologiyasining maqsadi va vazifasini izohlay oladi.

  2. Tuproq biotexnologiyasi fanining yo’nalishlarini tushuntirib beradi.

Birinchi asosiy savol bayoni
Tuproq biotexnologiyasi va uning vazifalari. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar va ularning faoliyati va massasi bilan tuproq hosildorligini belgilashda asosiy rol o’ynashi aniq bo’lib qoldi. Shunday ekan, xar xil qishloq xo’jaligi tizimida tuproq hosildorligini oshirish va uni saqlab turish, bu jarayonni boshqarish ko’p ma’noda tuproqda mikrobiologik jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog’liq.
Qishloq xo’jaligi ekinlaridan unumli hosil olish jarayonini va tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo’jalik fanida yangi yo’nalish – tuproq biotexnologiyasini paydo bo’lishiga olib keldi. Bu yo’nalish tuproq sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o’rganish va boshqarish muammolariga asoslangan bo’lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular tomonilan olib borilayotgan metabolitik reaktsiyalarni, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishga yo’naltirishni taqozo etadi. Tuproq biotexnologiyasi fanining asosiy muammosi tuproqda ayniqsa o’simliklar rizosferasi va rizoplanida o’tadigan mikrobiologik jarayo nlarni boshqarishdir. Bu muammo faqatgina ma’lum bir belgilangan sharoitda, ma’lum tarkibga ega bo’lgan mikroblar assotsiatsiyasini tashkil qilish bilan belgilanadi.
Bu muammolarni echishni aniq yo’llari belgilab olingan. U ham bo’lsa quyidagilar bilan belgilanadi.
- agronomik ahamiyatli mikrob tsenoziga, yoki guruh mikroorganizmlarga tashqaridan turib ta’sir qilishni boshqarish, ya’ni ularni ko’payishi, o’sishi, rivojlanishi va o’simlik uchun zarur bo’lgan FFM (antibiotiklar, o’simlikni o’sishini boshqaruvchi moddalar va x.k.) ishlab chiqarishini tashkil qila bilish;
- tuproqda mikroblarni o’sishi va rivojlanishini ta’minlovchi o’simliklar orasida almashlab ekishni tashkil qilish va shu tufayli mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarish;
- tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarishda organik va mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish;
- tuproq mikrooragizmlarining azot yutish va fosforli birikmalarni eritish qobiliyatidan oqilona foydalanish;
- mikrobiologik jarayonlarning to’laqonli o’tishi uchun har hil turdagi tuproq mineralogiyasidan foydalanish.
Tuproq biotexnologiyasi, tuproq sharoitida mikroorganizmlar massasini, ularning faoliyatini o’rganish qishloq xo’jaligini zamonaviy usullari bilan rivojlantirishda asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Tuproq biotexnologiyasi asosida mikroorganizmlar faoliyatidan to’g’ri va oqilona foydalanish orqali tuproq unumdorligini oshirish, yuqori sifatli va mo’l mahsulot etkazishimiz mumkin.



Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish