Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 1-chorak davomida o’tkazgan ta`lim jarayonida pedagog xodimlarni o`z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligi yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
“ Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasi a’zolari tomonidan 1-noyabr kuni “Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasining O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risida “ gi 637 –sonli Qarorini o’rganish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi . Unda metodbirlashma a’zolari faol qatnashishdi . O’qituvchi Rasulova Sayyora Qonunning maqsadi ,ta’lim turlari va shakllari ,ta’lim olish shakllari ,oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish haqida fikr bildirdi . Ushbu Qonunning maqsadi , ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi , ,, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun “ hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligini aytdi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ,, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishini aytib o’tdi .Davra suhbatida metodbirlashma a’zolari ham o’z fikrlarini bildirdi . 1-noyabr kuni “ Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasi a’zolari bilan birgalikda boshlang`ich ta`limga doir qo’shimcha ma’lumotlar mavzusi o’rganib chiqildi . Ular ta`lim jarayonida pedagog xodimlarni o`z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligi haqida davra suhbati o`tkazdilar. Davra suhbati juda chiroyli tashkil etildi Davra suhbatida ishtirok etganlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 2-chorak davomida o’tkazgan ta`lim jarayonida pedagog xodimlarni o`z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligi yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
“ Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasi a’zolari tomonidan 27- dekabr kuni “Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasining,, Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini o’rganish “ yuzasidan davra suhbati o’tkazildi . Unda metodbirlashma a’zolari faol qatnashishdi .O’qituvchi Olloqulova Farzona Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2019-yilning 29-aprel kuni "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yoʻl xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya taʼlim tizimini rivojlantirishning quyidagi yoʻnalishlarini belgilab berdi: Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; oʻqitish metodikasini takomillashtirish, xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish; xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish; Shuningdek , tabbiy fanga doir qo’shimcha ma’lumotlar bo’yicha o’qituvchi Rahmonova Fazilat tomonidan ma’lumotlar berildi . Yerning geografik qobig'i - Yerning geosferasi: atmosfera (havo konversiyasi), gidrosfera (suv), litosfera (qattiq, tosh), biosfera (tirik organizmlar) joylashgan dinamik o'z-o'zini boshqaruvchi murakkab tizim haqida fikr bildirdi.
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 3-chorak davomida o’tkazgan ta`lim jarayonida pedagog xodimlarni o`z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligi yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
“ Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasi a’zolari tomonidan 28- mart kuni “Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasining V.M.Q . 2020.31.12. 831 –sonli ,,Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish tartibini takomillashtirish “ to’g’risidagi Qarorini o’rganish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi . Unda metodbirlashma a’zolari faol qatnashishdi .O’qituvchi Murtazoyeva 2019-yil 823-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish ekanligini aytdi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari ro‘yxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib boorish a) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish”; Metod birlashmasi a’zolari bilan ,, PISA -xalqaro baholash dasturi “ haqida davra suhbati o’tkazildi. O’qituvchi Zaripova Feruza tomonidan bu masalada fikrlar bildirildi . Oʻzbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Oʻquvchilarning taʼlimdagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur – PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi. PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu – matematika, oʻqish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar boʻyicha jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar toʻplamidir. Davra suhbatida ishtirok etganlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar .
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 4-chorak davomida o’tkazgan ta`lim jarayonida pedagog xodimlarni o`z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligi yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
“ Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasi a’zolari tomonidan 30- may kuni “Boshlang`ich ta`lim “ metodbirlashmasining yig’ilishida tabiiy faniga oid qo’shimcha ma’lumotlar berildi .O’qituvchi Amonova Mehriniso Milliy o`quv dasturlari haqida gapirdilar. U kishi milliy dasturning ahamiyatini tushuntirdilar.
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
– Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari, umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat boʻladi, – deydi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mehriniso Pardayeva. – Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.
Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 1-chorak davomida o’tkazgan,, O’quvchilarning fannni o’zlashtirishdagi bo’shliqlarini to’ldirish usullari bo’yicha tavsiya yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining a’zolari tomonidan 1- noyabr kuni boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida ,, O’quvchilarning fannni o’zlashtirishdagi bo’shliqlarini to’ldirish usullari “ bo’yicha tavsiyasi o’rganib chiqildi . Metodbirlashma raisi G. Cho`tboyeva so’zga chiqib bu tavsiya bilan o’qituvchilarni tanishtirdi . O`quvchilar bilimida paydo bo`lgan bo`shliqlarni to`ldirish uchun asosan o`qituvchiga pedagogik mahorat kerak bo`ladi. Pedagogik mahorat nima ? - ta`lim – tarbiya jarayonini doimo rivojlantirib yuksak darajaga olib chiqish san`ati bo`lib, bu har bir pedagog uchun xos , qachonki u bolalarni va ishini sevsa. Pedagog - bu yuksak madaniyatli mutaxasis , o`z fanini chuqur bilishi umumiy va bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi ta`lim – tarbiya metodikasini mukammal biluvchidir . U bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlay oladi va uni bartaraf etadi. Bilimida bo`shlig`i bor bo`lgan o`quvchilar bilan ishlash uchun asosan interfaol usullalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborot, ma`lumot to`plash orqali bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlash bo`shliqlarni to`ldirishni jadallashtiradi. Ta`limning didaktik tamoillari va o`quv jarayonini tashkil etish va olib borishning xususiy tamoillari quyidagilarga bog`liq : - Mustaqillik; - Rivojlantirish; - jamoaviy ish; - Javobgarlik; - Psixologik ta`lim. BMK larini aniqlashning usullari : - Test; - Reyting asosida; - Yozma ish; - Kuzatish; - Suhbat; - Tajriba; - Faoliyat tahlili; kabilar bo`lib, uni o`tkazish hech kimga unchalik qiyinchilik tu`g`dirmaydi. Pedagoglar o`rtasida ta`limda tarbilaymiz, tarbiyalab turib ta`limni shakllantiramiz degan tushuncha bor. Shuning uchun tarbiyaning ta`limdagi , ta`limning tarbiyadagi o`rni beqiyos. Demak bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlash uchun ham tarbiyaviy , ham ta`limiy, ham rivojlantirish , kasbga yo`llash bo`yicha tahlil etishimiz lozim . Dars jarayonida bu tavsiyani tatbiq etish lozimligi aytib o’tildi .
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 2-chorak davomida o’tkazgan ,, Dars jarayonida pedagogik texnologiyadan foydalanish “ bo’yicha tavsiya yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining a’zolari tomonidan 27-dekabr kuni Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida,, Dars jarayonida pedagogik texnologiyadan foydalanish “ bo’yicha tavsiyasi o’rganib chiqildi . O’qituvchi Mo`minova F so’zga chiqib , bu tavsiya bilan o’qituvchilarni tanishtirdi . Pedagogik texnologiya o‘quvchiga ta’lim jarayonining subyekti — faol ishtirokchisi, o‘qituvchiga jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni talab etadi. Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha o‘qitishda butun o‘quv vaziyati boshqaruv obyekti sanaladi. Ta’limni boshqarish maqsadli bo‘lib, o‘quvchining ma’naviytini yuksaltiradi. Ta’lim jarayoni demokratik, rag‘batlantiruvchi uslubda tashkil etiladi. O‘quvchining shaxsiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchi shaxsining ochiqligi, ularning hamkorligi o‘zaro ishonchli munosabatni yuzaga keltiradi.
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos tamoyillarga ega:
— muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish;
— umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish;
— modul ichida yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini tuzib chiqish;
— maqsadga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish;
— dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikka va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish. Yangi pedagogik texnologiyalarga oid adabiyot va maqolalarda bir qator innovatsion o‘qitish usullari haqida so‘z yuritilmoqda. Shulardan modulli ta’lim texnologiyasini tahlil qilamiz. Bu o‘quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishini aytib o’tdi . . Tavsiya o’qituvchilarga manzur bo’ldi .
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 3-chorak davomida o’tkazgan ,, Bilimida bo’shlig’i bor o’quvchilar bilan ishlash “ bo’yicha tavsiya yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining a’zolari tomonidan 28- mart kuni Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida ,, Bilimida bo’shlig’i bor o’quvchilar bilan ishlash “bo’yicha tavsiyasi o’rganib chiqildi . O’qituvchi Mamasolayeva Hilola so’zga chiqib bu tavsiya bilan o’qituvchilarni tanishtirdi . Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bo`shliqlarini to`ldirishda o`qituvchining kabeniti, ko`rgazmalari , jihozlari, ilmiy maqola va bolalarni o`qitishi baholanib emas , balki darsni tashkil etishi, o`quvchining psixologik xususiyatlarini revojlantirishi , o`qishga o`rgatish kabi tamoillari hisobga olinishi lozim. O`qituvchi ta`lim mazmunini , darslikni, DTS ni, dasturlarni o`zgartira olmaydi , yaxshi ta`lim - tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshib uni boshqacha tashkil etishi mumkin. Tashkil etganda ham qo`yidagi qoidalarga javob berishi lozim. - Dars (o`quv ta`lim jarayoni) ta`lim qanday psixologik qonuniyatlar asosida tashkil etilgan? - Bu tajribada ta`lim va revojlantirishning borligi. - Tafakkur (fikrlash) qay darajada , qanday turlari revojlantiriladi. - Shaxsiy xususiyatlar qanday revojlantiriladi? - Mustaqil bilim olish, munosabat va muloqat qay darjada , qanday yo`llar bilan amalga oshirilgan? Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlaydigan o`qituvchilarga qo`yiladigan asosiy talablar . - Ta`lim berish mahorati ; - Tarbiyalay olish mahorati; - O`quv – tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlari . - Ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati - Agar maktab va oila o`zaro aloqada bo`lsa , bu eng yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. - Bolalar uchun turli xil o`quv rejasini tuzish. - Bolaning o`ziga nisbatan baholashni bilishimiz juda muhimdir. Bola o`zining oldiga qo`ygan har qanday vazifalarni ham bilishi lozim. - Bolaning muammolari: maktabni yoqtirmaslik. Bunday holat bola uchun asosan maktab dasturi zerikarli va qiziq bo`lmagan holatda sodir bo`ladi. - Maktabda uning do`sti bo`lmasa yakkalanib qoladi. - O`qituvchi muammolarini yechishi kerak . - Maktabdagi to`garaklarga o`quvchining qiziqishiga qarab jalb etish. Pedagogik mahorat o`qituvchining kasbnomasiga eng asosiy sifat taO’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilimdonlik darajasining samaradorligiga erisha oladi. Bunday o`qituvchi o`z fanini chuqur biladi . Uni o`quvchilarga yetkaza bilish ham kerakligini aytdi .
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 4-chorak davomida o’tkazgan ,, darslarda pedtexnologiyadan foydalanish “ bo’yicha tavsiya yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining a’zolari tomonidan 30- may kuni Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida ,, Darslarida pedtexnologiyadan foydalanish “ bo’yicha tavsiya o’rganib chiqildi . Metodbirlashma a`zosi Xudoynazarova Rayxon so’zga chiqib bu tavsiya bilan o’qituvchilarni tanishtirdi .
1."Apelsin" warm up o'yini
O'quvchilar bir-birlariga tezkor savollar berishadi. Boshqalar esa har qanday savolga javobni apelsin bilan bog'lagan holda qaytarishlari kerak bo'ladi. Siz apelsin o'rniga istalgan narsani tanlashingiz mumkin. O'yinning yagona sharti esa: kulib yubormaslik. O'yinni tajribadan o'tkazib ko'rgan o'qituvchilar apelsin bilan berilgan javob butun sinfni taqiqlangan bo'lsada baribir kuldirishi, natijada sinfda ko'tarinki kayfiyat uyg'onishini ta'kidlashdi. Natijada o'quvchilarning kichik stresslari ularni darsda bezovta qilmaydi.
2. "Rasmni tasvirlash" warm up o'yini
Bu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'yin. O'yin jarayonida o'quvchilarga aytilgan rasmni ko'rsatishi va ko'rgan narsalarini tasvirlashi uchun 30 soniya vaqt berish kerak. Tanlangan rasmdagi tasvir aniq bo'lmasligi kerak. O'quvchini o'ylashga va kreativ javob axtarishga majbur qilsin. Har bir tog'ri ta'rifni baholab boring.
3. "Bugunning yangiliklari" warm up o'yini
Bu katta sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan o'yin. Jarayonda o'quvchilarga kunning dolzarb mazulari yuzasidan munozarali savollar bering. Sinfni ikki guruhga ajrating. ikkala guruh bir-birga qarshi pozitsiyada tursin. Javoblarni argumentlar bilan isbotlasin. Bu o'quvchilarga darsni boshlashdan oldin kuch-g'ayrat, jo'shqinlik beradi. Dars jarayonida bu pedtexnologiyalarni qo’llash o’qituvchilarga aytildi .
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 1-chorak davomida o’tkazgan fanlararo intergratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tadbiq etishdagi faolligi yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining a’zolari tomonidan 1- noyabr kuni Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida fanlararo intergratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tadbiq etishdagi faolligi bo’yicha tavsiya o’rganib chiqildi . Metodbirlashma a`zosi Ro`ziboyeva N so’zga chiqib bu dastur bilan tanishtirdi.
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi.
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.
STEAM yondashuvi o’quv samaradorligiga qanday ta’sir qiladi?
Uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o’rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo’limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o’rganish tez o’zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o’rganish uchun ham miyani, ham qo’llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o’zlari «uqib oladilar».
STEAM ta’limi nafaqat o’qitish usuli, balki fikrlash tarzidir.
STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo’ladilar va darhol undan foydalanishni o’rganadilar. Shuning uchun, ular o’sib ulg’ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o’zgarishi bo’ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu erda faqat bitta mavzu bo’yicha bilimga tayanish etarli emas.
Metodbirlashma raisi : Cho`tboyeva G
Kotiba : Olloqulova.
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining 2-chorak davomida o’tkazgan fanlararo intergratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tadbiq etishdagi faolligi yuzasidan yozgan
Ma’lumoti
Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasining a’zolari tomonidan 27- dekabr kuni Boshlang`ich ta`lim metodbirlashmasida fanlararo intergratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tadbiq etishdagi faolligi bo’yicha tavsiya o’rganib chiqildi . Metodbirlashma rahbari Cho`tboyeva Gulsara so’zga chiqib bu dastur qanday samara berishi haqida gapirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |