1. Shaxs so‘rovnomalari turlari
2. Shaxs so‘rovnomalarini tahlil qilishga yondashuvlar: relevant tanlov, empirik mezonlarga bog'liqlik, faktorli tahlil va shaxs nazariyalari.
3. Mustaqil, tobe, idora qilsa bo‘ladigan, tasodifiy o‘zgaruvchilar
Metod va metodika haqida tushuncha.
Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. Shaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.Savolnomali psixodiagnostik metodlar.Ob’ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.Savolnomali psixodiagnostik metodlar.Ob’ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir.
2. Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o‘rganish predmeti bo‘lib, ular insoniyat tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bog‘liq holda shaxsning o‘zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi. Shaxs muammosini tadqiq qilishga biologiya, kognitiv, ijtimoiy fanlar va falsafa fani murojaat qiladi. ―Shaxs‖ kategoriyasi psixologiyaning eng muhim, tayanch tushunchasi bo‘lsa, ―shaxs psixologiyasi‖ bo‘limi uning asosini tьashkil etadi. Psixologiyaning bu sohani bilish har qanday msutaxassisga samaraliroq ishlash imkonini beradi. Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o‘n yilligida eksperimental fangga aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan.Shaxsni o‘rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin: • falsafiy-adabiy; • klinik; • sof eksperimental. Falsafiy-adabiy davr. Dastlab shaxs psixologiyasi muammolari faylasuf va yozuvchilar asarlarida o‘z aksini topgan. Frantsuz faylasufi Etьen de Kondilьyak o‘zining ― Sezgilar haqidagi traktat‖ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yig‘ishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo‘lgan ―yashirin odam‖ haqida yozadi.. Uning fikricha, mazkur ―yashirin odam‖ tashqariga chiqishga urinib ko‘radi, shuningdek har bir kishining ―niqobi‖ ham mavjud bo‘lib uning 4 haqiqiy qiyofasini yashirib turadi. Falsafiy-adabiy davrdagi shaxs psixologiyaining asosiy muammolari uning axloqiy va ijtimoiy tabiatini, xatta-harakatlari va xulq-atvorini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Dastlabki ta‘riflarga ko‘ra shaxs o‘z tarkibiga barcha xususiy narsalarni- uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, xulq-atvori, madaniyati va boshqalarni oladi. Badiiy ijod, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarda bunday qarash to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan. Biroq psixologiya uchun bunday ta‘rif juda kengdir. Klinik davr. XIX asrning birinchi o‘n yilligida shaxs psixologiyasi muammosi bilan ko‘proq shifokor-psixiatrlar shug‘ullanishgan. Ular birinchilardan bo‘lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib borishga muvaffaq bo‘lishgan, inson shaxsining tabiati to‘g‘risida umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha, sog‘lom kishilarda kuchsiz ifodalanganxususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida bo‘ladi. SHifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta‘rifi bilan normal, patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. Bunday ta‘riflar psixoterapevtik vazifalarni yechish uchun to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi. Eksperimental davr. XX asrning birinchi o‘n yilligida shaxsni o‘rganish bilan professional psixologlar shug‘ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e‘tibor berishgan edi. Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o‘rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo‘ldi. Mazkur yondashuv inson psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo‘lishni talab qilardi. Unga ko‘ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig‘indisi bo‘lib, ulardan shaxsni yig‘ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo‘ladi. SHaxsni eksperimental o‘rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan. Olimlar mavjud 5 tadqiqotlarga eksperiment tusini berib, ishonchli ma‘lumotlar olish, farazlarni aniq tekshirish, ular asosida tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun natijalarni tahlil qilishning matematik-statistik usullarini joriy etishdi. Eksperimental davrning eng muhim vazifasi normal shaxsni baholashning ishonchli va validlikka ega test metodlarini ishlab chiqishdan iborat. XX asrning 30-yillarini oxirida shaxs psixologiyasida tadqiqot yo‘nalishlarining faol differentsiatsiyasi boshlandi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs psixologiyasida o‘rganiladigan ko‘plab yondashuv va nazariyalar vujudga keldi. Tadqiqot ob‘ekti sifatida shaxs o‘ziga xos murakkab va ko‘p qirralidir. U o‘zida konkret insonning borlig‘ining o‘zaro bog‘langan jismoniy va ma‘naviy mazmunini aks ettiradi. SHaxs insonning kechinma va xulq-atvorida namoyon bo‘ladigan, boshqalar qanday idrok qilsa shunday ko‘rinishlarning birlili va uzluksizligini ifodalovchi turli psixik tizimlardan iborat deb qaraladi. Ko‘p hollarda shaxs ijtimoiy rivojlanish jarayonida o‘zlashtirib borilgan ijtimoiy va hayotiy muhim sifatlar yig‘indisi sifatida ta‘riflanadi. Hozirda shaxsning ko‘plab ta‘riflari mavjud bo‘lib, mualliflar turli metodologik nazariyalarga asoslanishadi. Biroq bir xil mazmunga ega va to‘liq ta‘rif berish imkoni yo‘q. Olport adabiyotlar tahlili asosida ―shaxs‖ning ellikdan ortiq ta‘rifini aniqladi. Ilmiy adabiyotlardagi har bir ta‘rifeksperimental tadqiqotlar bilan mustahkamlangan va nazariy jihatdan asoslangan bo‘lib, shaxs tushunchasini ta‘riflashda ularga e‘tibor qaratish mumkin. K.Xoll va Lindsey bu ta‘riflarni tizimlashtirish maqsadida ko‘plab mezonlarni ajratib ko‘rsatishgan. Biosotsial ta‟riflar – shaxsni individning ―ijtimoiy qo‘zg‘atuvchi qadriyati‖ deb qarashadi. Bu nuqtai-nazarga ko‘ra shaxs ―boshqariladigan do‘stdir‖. Agar atrofdagilarning reaktsiyasi bo‘lmasa individ hech qanday shaxsga ega bo‘lmaydi. Biofizik ta‟riflar – shaxsni sub‘ektning sifatlari va xususiyatlari bilan bir deb qabul qilishadi.SHaxs individning ob‘ektiv ta‘riflash va o‘lchash mumkin bo‘lgan maxsus xususiyatidir. Omnibus- ta‟riflar – shaxsni sanab chiqish orqali ta‘riflash. Integratsiyalovchi ta‟riflar – shaxs individning turli alohida 6 reaktsiyalariga nisbatan tuzilma. Bu tuzilma shaxs faolligining natijasidir. SHaxs individual xulq-atvor turlarini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi va tartibga keltiruvchidir. Bu ta‘riflar shaxsni xulq-atvorning noyob va individual jihatlari bilan aynan bir narsa sifatida izohlaydi. Ayni paytda ta‘kidlash joizki, hech bir ta‘rifni umumiy ta‘rif sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Mualliflar tomonidan berilgan ta‘riflar ularning nazariy qarashlari mahsulidir. Ko‘p hollarda shaxs xususiy empirik tasavvurlar, kuzatuvchi tomonidan foydalanilgan shaxs nazariyalariga asoslanadi. Taxminan qancha shaxs muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bo‘lsa, shuncha shaxs ta‘rifini keltirish mumkin. Biroq ularning har birida umumiylik mavjudligini aniqlash mumkin: har bir kishi o‘ziga xos betakror bo‘lsa ham barcha insonlarni ta‘riflash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sifatlarga ega; bu xulq-atvor xislatlari motivlar bilan ijobiy korrelyatsiyalanadi va ijtimoiy xulq-atvorga ta‘sir ko‘rsatadi; shaxs sifatlari davomiyligiga ko‘ra barqaror va turg‘un bo‘lib, turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘zaro hamkorlikda namoyon bo‘ladi; inson shaxsini tushunish uchun uni tahlil qilish mumkin va shart, bunda uning maxsus va fundamental qismlarini ajratish zarur. SHaxs tushunchasining murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishiga qaramay mutaxassislar tomonidan ―shaxs‖ga umumiy ilmiy ta‘rif berishga urinib ko‘rilgan. R.S.Nemov shaxsni quyidagicha ta‘riflaydi: ―SHaxs-bu ijtimoiy tabiatga ega, o‘z mohiyatiga ko‘ra barqaror ijtimoiy aloqa va munosabatlari, o‘zi va boshqalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kishining axloqiy hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan psixologik tavsiflarga ega kishidir‖. SHaxs psixologiyasi kishining alohida psixik funktsiyalar (motivatsiya, hissiyot, xotira, iroda, qobiliyatlar va boshqalar)ini emas, balki uni bir butun holda ko‘p qirrali psixik funktsiyalarni qamrab olgan holda o‘rganishi kerak. SHuning uchun ham aytish mumkinki, shaxs psixologiyasining ob‘ekti yaxlit bir butun odamdir. Biroq shaxs psixologiyasining predmetini aniqlash biroz mushkul. Buning sababi shaxs fenomeni jula ko‘p qirralidir. U inson hayotini jamiyat taraqqiyoti va shaxsiy hayotida naqadar ko‘p qirrali ekanligini aks ettiradi. 7 SHuning uchun ham shaxsni o‘rganishning empirik sohasi har qanday bilishning dastlabki masalasi sifatida murakkab va munozaralidir.
3. Biz ushbu bobda aynan eksperiment o’tkazish shart-sharoitlari, umuman eksperiment jarayonida o’z ta`sriga ega bo’lgan o’zgaruvchilar xususida to’xtalib o’tamiz.
Eksperiment jarayoniga katta, intensiv ta`sir o’tkazadigan ko’rsatkichlarga mustaqil o’zgaruvchilar deb ataladi. Ushbu o’zgaruvchining muhim tomoni shundaki, bu ko’rsatkich ishtirokchilarning xulq-atvoriga bog`liq bo’lmaydi. Eksperementatorning o’zi mustaqil o’zgaruvchilarni boshqaradi va ikki va undan ortiq darajalarini belgilab beradi, ishtirokchilar esa bu jarayonni o’zgartira olmaydilar. Masalan, tasavvur qiling biz sinaluvchining muayyan intensiv chiroq yorug`ligi ko’rinishidagi signalga javob tarzda tugmachani bosishi uchun ketgan vaqtni aniqlashga urinyapmiz. Eksperiment davomida chiroq yorug`ligining intensivligini mustaqil o’zgaruvchi deb qabul qilsak, uning ikki darajasini: past va yuqori darajalarini ko’rsatishimiz mumkin va aynan shu o’zgaruvchi ta`sirida xulq-atvordagi boshqa o’zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Ikkitadan kam miqdordagi o’zgaruvchilar bilan eksperiment o’tkazish mumkin emas, biroq eksperimentatorning tashabbusi bilan bir qancha o’zgaruvchilar darajasini tanlash va ulardan faqat bittasini muhim sifatida ajratib olish mumkin.
Eksperimentator tomonidan mustaqil o’zgaruvchi tanlab olingandan so’ng ushbu manipulyativ o’zgaruvchiga nisbatan ishtirokchilarning javob reaksiya sini aniqlab olish ham muhimdir. Biz tomonimizdan o’rganish uchun tanlab olingan xulq-atvor ko’rsatkichi tobe o’zgaruvchi deb nomlanib, u ishtirokchilarning xatti-harakatlariga bog`liq bo’ladi. Masalan, yuqori dagi misolga ko’ra, chiroq yorug`ligi intensivligi va reaksiya vaqti orasida qanday bog`liqlik borligini aniqlash lozim. Bu yerda signaldan so’ng tugmachani bosishga sarflangan vaqt oralig`i tobe o’zgaruvchini tashkil etadi. Ba`zida kutilayotgan bog`liqlik xarakteriga ko’ra ilmiy farazlarni shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bizning ushbu tajribamizning ilmiy farazini quyidagicha shakllantirish mumkin: chiroq yorug`ligini intensivligi javob reaksiyalarini tezligini ta`minlashi mumkin.
Eksperiment natijasi esa ushbu ilmiy farazni tasdiqlab, uning ilmiy ahamiyatini yoritib beradi yoki aksincha, ilmiy faraz o’z tasdig`ini topmay yana boshqa ilmiy izlanishlarga xizmat qilishi mumkin.
Ba`zi hollarda ilmiy farazlar noaniq va mujmal ko’rinishga ega bo’lib, shunchaki, mustaqil o’zgaruvchilar ta`sirida xulq-atvor qanday o’zgarishi mumkinligiga javob berish holatiga o’xshab qoladi. Bunday vaziyatda ilmiy faraz qandaydir savolga javobga o’xshab qoladi. Ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy muammolarning yechimiga qaratilgan savollargina ilmiy farazga aylanishi va amaliy qiymatga ega bo’lishi mumkin. Masalan, agar tadqiqotchi tig`iz vaqt agressivlikni keltirib chiqaruvchi omil bo’la olishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashga urinsa va buni ilmiy jihatdan asoslab bera olsagina qo’yilgan muammo ilmiy farazga aylanishi mumkin.
Hozirga qadar biz eksperimentni manipulyatsiya, ya`ni boshqaradigan bittagina ko’rsatkich – mustaqil o’zgaruvchinigina ko’rib chiqdik. Biroq, eksperiment jarayoniga ta`sir etadigan boshqa shart-sharoitlarni ham hisobga olish kerak. Muhimi shundaki, eksperiment jarayoniga ta`sir etadigan sharoitlarni shunday yo’llar bilan nazorat qila olish kerakki, natijada ular idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchilarga aylanadi. Biz qachon o’zgaruvchilarni idora qila olamiz, qachonki, ularni o’rnatilgan darajasidan o’zgarmay qolishini nazorat qilsakkina bunga erishamiz. Biz yuqorida keltirgan misolga ko’ra, tajriba vaqti davomida binodagi yorug`likni o’zgarmasligi, ishtirokchilar orasida chapaqaylarning bo’lmasligi, xona haroratining bir xilligi va boshqalarni idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchilarga kiritish mumkin. Ideal sharoitda eksperiment davomida hech bir ko’rsatkich mustaqil o’zgaruvchilar ta`sirida o’zgarmay, doimiy bo’lib qoladi. Bu bizga tobe o’zgaruvchidagi har qanday o’zgarishlar mustaqil o’zgaruvchi ta`sirida amalga oshishini ko’rsatib beradi.
Nazorat tushunchasi eksperiment uchun muhim bo’lib, uning boshqa tadqiqot ishlaridan farqini ko’rsatib beradi. Eksperiment davomida qator idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchilar aniqlab olinishi lozim. Eksperimentatorning vazifasi shundaki, u eksperiment davomida idora qilsa bo’ladigan barcha o’zgaruvchilarni ko’zdan qochirmasligi kerak. Nazorat qilish eksperiment metodining asosini tashkil etadi. Aynan shuning uchun ham psixologlar ovoz, yorug`lik va haroratni nazorat qilish uchun maxsus sharoitlarni yaratishga va reaktsiyani diqqat bilan o’rganishga yordam beradigan maxsus uskunalardan foydalanishga harakat qiladilar.
Eksperiment jarayonida barcha o’zgaruvchilarni idora qilinadigan o’zgaruvchilar toifasiga kiritish mumkin emas. Birinchidan, barcha ko’rsatkichlar nazorat qilinmaydi. Faqatgina genetik va ijtimoiy omillarnigina idora qilish mumkin emas, balki, eksperiment ishtirokchilari, sinaluvchilarga umumiy ustanovkalar berish, ularning ziyraklik darajasi, moddalar almashinuvi va boshqa situativ omillar bir xil deb bo’lmaydi.
Ikkinchidan, aslida eksperiment jarayonida barcha o’zgaruvchilarni nazorat qilmaymiz, chunki, bizning maqsadimiz vaziyatlarning o’ziga xos xususiyatlarini jamlashga e`tibor qaratish emas. Agar biz mustaqil o’zgaruvchilar ta`siridagi barcha ko’rsatkichlarni idora qila olsak, bunda eksperiment yordamida aniqlangan barcha qonuniyatlar kam sonli idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchili vaziyatlarga tegishli bo’lib qoladi. Boshqacha aytganda, biz eksperiment natijasini muayyan vaziyatdan boshqasiga qo’llay olmaymiz. Qoidaga binoan, eksperiment qanchalik nazorat qilinsa, natijalar shunchalik kam darajada umumlashtirilgan bo’ladi.
Eksperiment natijalarini umulashtirish, qolaversa, sabab va oqibat bog`lanishlari boshqa insonlar, vaziyat va vaqtning ta`sirida yuz bersa bu tashqi validlik hisoblanadi. Kuk va Kempellar validlikning bir qancha tiplari nomlarini fanga kiritganlar. Ular tomonidan qo’llanilgan validlik tushunchasi sabablar haqidagi eksperimental xulosalarni yaroqlilik diapozoniga tegishlidir. Tashqi validlikka tahdidlar qachonki tadqiqotchi muayyan cheklovlarga ega bo’lgan eksperimental to’plamda, masalan, talabalar guruhida tadqiqot o’tkazib, ulardan olingan natijalarni yoshi yoki intellektual salohiyatidan qatiy nazar barcha insonlarga nisbatan qo’llasa yuzaga kelishi mumkin. Boshqa misol keltiradigan bo’lsak, agar tadqiqotchi nazorat qilinadigan laboratoriya eksperimentidan olinadigan natijalarni real ishlab chiqarish sharoitiga, ya`ni sershovqin, issiq va tor joy, ishchilari esa katta tajribaga ega bo’lishlariga qaramay charchagan va ishtiyoqi past darajada ishlayotgan sharoitda qo’llasa tashqi validlikka xavf tug`iladi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchi qanchalik eksperimentni nazorat qilsa, qolaversa,sharoitlarni qanchalik ko’p qismini idora qilinadigan o’zgaruvchilarga aylantirsa tashqi validlikka xavf darajasini ortish ehtimoli kuchayib ketadi.
Eksperiment davomidagi barcha sharoitlarni nazorat qilish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangandan so’ng bir muammo yuzaga keladi: eksperiment jarayonidagi qolgan ko’rsatkichlarni nima qilish mumkin? Bunday vaziyatdagi yechimlardan biri ularni o’zgarishlariga imkoniyat yaratishdir. Nima qilsak, ushbu ko’rsatkichlar o’zgargani bilan bizning eksperiment natijalari o’zgarmaydi? Buning yechimi shundaki, ayrim ko’rsatkichlarga tasodifiy tarzda o’zgarishiga imkoniyat yaratish lozim. Bunday ko’rsatkichlar tasodifiy o’zgaruvchilar deb nomlanadi.
Tasodifiy o’zgaruvchilar nazorat etilmagan holda o’zgaradi, biroq eksperimentatorning bu ko’rsatkichlar mutloq tasodifiy tarzda o’zgarishiga ishonchi komil bo’lishi kerak. Tasodifiy o’zgarishlar ko’p marotaba takrorlangan sharoitda eksperiment natijalarining o’zgarmasligi ehtimoli kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |