Metanol yoki metil alkogol



Download 0,65 Mb.
bet1/6
Sana13.05.2023
Hajmi0,65 Mb.
#938230
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Metanol


Metanol yoki metil alkogol (CH3OH) — rangsiz, suv bilan yaxshi aralashadigan suyuqlik, eng oddiy bir atomli spirt, etil spirtinikiga oʻxshash hidi bor. Molekulyar massasi 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20° da), qaynash temperaturasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar bilan metilitlar, kislotalar bilan efirlar hosil qiladi. 500—600° da kumush, mis yoki baʼzi metallar oksidlari ishtirokida havo kislorodi bilan formaldegidgacha oksidlanadi, uglerod (P)-oksid va vodorod aralashmasi bilan etanol yoki boshqa spirtlarga aylanadi. Metanol sanoat miqyosida tabiiy gaz va neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilaridan olinadi.
Metanol formaldegid ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir. Erituvchi sifatida benzinga qoʻshiladi. Metilmetakrilat, metilaminlar, dimetiltereftalat, metilformiat, metilxlorid, sirka kislota, doridarmon tayyorlash va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Juda zaharli. Ichilganda, bugʻlaridan nafas olganda organizmni zaharlaydi, koʻzni koʻr qiladi. Shuning uchun Metanol olinadigan yoki ishlatiladigan joyda ishlovchi ishchilarni vaqt-vaqt bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish zarur.[1] formulasi CH3OH Structura formulasi H-C(HH)-O-H

Metanol sintezi.
Yaqin yillargacha metanol yog‘ochni quruq xaydash (havosiz muhitda) yo‘li bilan olingan. Uning nomi ham shundan kelib chiqib yog‘och spirti deb atalgan. Birinchi marta u 1923 yilda Germaniyada sintez yo‘li bilan chiqarila boshlandi. Etanol uglerod (II) oksidini gidrogenlash metodi bilan ya'ni sintez-gazdan olinadi.
CO+2H2 CH3OH+111 KJ
Sintez gaz metanni suv bug‘i bilan oksidlovchi konversiyasidan yoki tabiiy gazni termooksidlovchi kreking qilish bilan (bunda sintez gaz bilan bir vaqtda atsetelin ham olinadi) olinadi. Metanol sintezlash uchun CO va H2 gazlarining 1:4 dan 1:8 gacha nisbatdagi aralashmasi olinadi. Jarayon 20-35 MPa bosimda 370­420 0C temperaturada rux-xromli katalizator ishtirokida olib boriladi. Metanolning unumli unchalik katta emas, shuning uchun, sintez dastlabki gazlar aralashmasini ko‘p marta aylantirish (sirkulyasiyalash) bilan amalga oshiriladi. Bosimning kamayishi yoki temperaturaning optimal qiymatidan ortishi metan, formaldegid, dimetil efir va yuqori spirtlar kabi qo‘shimcha maxsulotlar xosil bo‘lishga olib keladi.
CO+3H2 CH4+H2O+209 Kj
2CO+2H2 CH4+CO2+252 Kj
CO+H2 CH2O+8,4 Kj CH3OH+nCO+2nH2--CH3(CH2)nOH+nH2O
2CH3OH ^±CH3COH3+H2O

CH3+H2 —>CH4+ H2O


Reaksiya Jarayonida metanolning xosil bo‘lishi reaksion aralashma xajmining kamayishi bilan boradi, shuning uchun Le - SHatele prinsipiga muvofiq sistemada bosimning ortishi muvozanatining spirt xosil bo‘lishi tomonga siljishga, hamda qo‘shimcha reaksiyalarning borishini kamayishiga olib keladi. Reaksiya ekzotermik bo‘lganligidan temperaturaning ko‘tarilishi muvozanatni chapga siljitadi va sintez-gazning metanolga aylanish darajasini kamaytiradi. SHu bilan bir qatorda past temperaturada muvozanat metanol hosil bo‘lishi tomonga kuchli siljiydiyu ammo metanolning sintezlanish tezligi juda sust bo‘ladi hamda bunday sharoitda sintezni tezlatuvchi katalizator ham hozircha ma'lum emas. SHuning uchun ham sanoatda Jarayon juda kichik temperatura (20-30 0C) intervaliga olib boriladi. Sanoatda gazlar aralashmasini siqish uchun zarur bo‘ladigan energiya sarfiyotini kamaytirish uchun Jarayon odatda 20-35 MPa bosimida olib boriladi. Amalda eng optimal sharoit yaratilganida ham gazlar aralashmasida reaktor orqali bir marta o‘tganida hosil bo‘ladigan metanolning unumli 5-20 % bo‘ladi. Shu boisdan dastlabki gazlar aralashmasida hosil bo‘lgan metanol ajratib olinadida reaksiyaga kirishmay qolgan gazlar yana qayta reaktorga kiritiladi, ya'ni bir necha bor sirkulyasiya qilinadi, unum 84-87% gacha chiqariladi.
Sanoatda ikki xil katolizatordan foydalaniladi: 1) Rux-xromli (8ZnOCr2OyCrO3) u yuqori temperaturaga, kontakt zaxarlariga chidamli, zaxarlanganda ham yana qayta aktivlash mumkin, oson regeneratsiyalanadi, selektivligi yuqori. Buning uchun optimal sharoit 370-400 0S va 25-30 MPa bosim . 2) mis katalizatori aktivligi judayuqoriyu ammo kontakt zaxarlariga va yuqori temperaturaga chidamsiz, qaytmas xolda zaxarlanadi. SHuning uchun ham 300 0Cva 15 MPa bosimda foydalanilajilar.
Sobiq SSSR FA neft kimyo sintezi institutida o‘tkazilgan tekshiruvlar sintez reaksiyasi yuqoridagidan boshqa tartibda borishini ko‘rsatdi.
CO2+H2 CH3OH+H2O lekin nima uchun metanol CO va H2 dan (sintez
gazdan) olinadi. Gap shundaki sintez gazda doimo CO2 va suv bug‘larining

aralashmasini (5% gacha) bo‘ladi. Bu miqdor reaksiya boshlanishi uchun kifoyadir. Metanol sintezida katalizatorlar ta'sirida uglerod (II) - oksid suv bug‘i kislorodi hisobga uglerod (IV) - oksidgacha oksidlanadi, busiz Jarayon ketmas edi.


Metanol rangsiz suyuqlik 64, 7 0da qaynaydi, suvda cheksiz eriydi, organik erituvchilar bilan istagancha aralashadi, o‘ta zaharli, 5-10 ml ichilsa ko‘r qiladi, 30 ml o‘limga olib keladi.
Dunyoda metanol ishlab chiqarishning yillik o‘sishi 15%ni tashkil etadi. Vaxolanki 70-yillarda metanolga kam ishlatiladigan mahsulot, deb qaralgan.Unda formaldegid, dimetiltereftalat, metilamin, dimetisulfat, dimetilformamid, melamin, metilatsetat, metilakrilat metilmetakrilat, yuqori molekulyar spirtlar va boshqa ayrim maxsulotlar olingan. Endichi? Metanoldan benzin, dizel yoqilg‘isining engil fraksialari,sirka kislota va sirka aldegid,olefinlar,etilen va propilen,etilenglikal, vinilitsitat etilbenzol,stirol kabi kup tonnajli maxsulotlarni olish jarayonlari ishlab chikilgan.Metanol ozik-ovkat maxsulotlari uchun xom ashyo bulib koldi va yakin kelajakda kimyo sanoatining eng muxim maxsuloti bulib koladi.
2000 yilga borib faqatgina AQSHning o‘zida 150 mln.t.dan ortiqroq metanol ishlab chiqarish kutilmoqda.
Oltingugurtli birikmalardan tozalangan dastlabki gazlar aralashmasi besh bosqichli kompressorda to1 dan 25 MPa gacha siqiladi.Uchinchi va to‘rtinchi bosqichlar oralig‘ida gaz nasadkali skrubberda 2 CO2 dan tozalash uchun 3 MPa bosim ostida suv bilan yuviladi. Kompressorning beshinchi bosqichidan chiqqan siqilgan gaz aralashtirgichdan 3 moylardan tozalash maqsadida filtrga 4 yuboriladi. So‘ngra gazlar aralashmasi issiqalmashtirgichning 5 quvurlar oralig‘idagi bo‘shlig‘i orqali o‘tkaziladi, u erda chiqib ketuvchi kontakt gazlari bilan 220 0C gacha qizib sintez kolonnasiga 6 kiradi. Kolonnaning balandligi 12-18 m, ichki diametri 0,8 - 1,2 m, devorining qalinligi 0,04-0,1 m. Uglerod (II) oksidi uglerodli po‘lat bilan birga temir pentakarbonilini (Fe(CO)5) hosil qilib, po‘latni emiradi, natijada qo‘shimcha reaksiyalar kuchayadi. SHuning uchun kolonnaning ichi va

ba'zi bir qismlari qizil mis bilan qoplanadi yoki ligerlangan po‘latdan yasaladi. Sanoatda 2 tipdagi sintez kolonnasidan foydaliniladi: 1. Tokchalik kolonna,bunda katalizator bir necha tokchalarga qo‘yiladi va gaz tokchalar orqali o‘tadi. 2. Bir kolonnaning o‘zida katalizator qutisi, elektr qizdirgich va issiqalmashtirgichlari bo‘ladi. Kolonnadan chiqqan gazlar aralashmasi issiqalmashtirgichning quvurlari ichidan o‘tib ancha soviydiva kondensator 7 to‘liq sovib hosil bo‘lgan “xom” spirt kondensatlanadi va separatorda 8 reaksiyaga kirishmay qolgan gazlardan ajralib yig‘gichga tushadi, gazlar esa kompressor orqali surib olinadida aylanma gazaralashtirgichda toza sintez gaz bilan qo‘shiladi. SHu erda sikl qo‘shiladi.


“Xom” spirt 92-93% bo‘lib tozalangach va rektifikatsiyalangach 99,5 - 99,7 % toza metanol olinadi. 1 t. Metanol olish uchun 700 m3 CO, 1400 -2000 m3 H2 sarflanadi. Unum nazariy hisobning 84-87 % ni tashkil etadi. Metanol sintezi fizik - kimyoviy sharoitlari va uni amalga oshirish va texnologik rasmiylashtirilishi bilan ammiak sinteziga o‘xshaydi. SHuning uchun ko‘pincha har ikkalasi ham bir korxonaning o‘zida quriladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish