11
3-Мa’ruza. METALLURGIK ISHLAB CHIQARISHNING VAZIFASI.
METALLURGIK JARAYONLARNING SINFLANISHI
Reja:
1.
Metallurgik ishlab chiqarishning vazifasi.
2.
Metallurgik jarayonlarning sinflanishi
Metallurgik ishlab chiqarishning asosiy yakuniy vazifasi, metallarni toza
metall yoki kimyoviy birikma ko‘rinishda, qayta ishlanayotgan xomashyodan
olishdir. Amaliyotda bu vazifa xomashyo tarkibidagi qimmatbaho moddani bo‘sh
porodadan, mahsus jarayon va usullarni qo‘llab, ajratib olish yo‘li bilan yechiladi.
Mahsus jarayonlar va usullar metallurgik jarayonlar deb nomlanadi.
Murakkab polimetallik xomashyodan yuqori tozalikdagi metallarni olish
uchun bitta metallurgik jarayon yoki bitta metallurgik dastgohni qo‘llash yetarli
emas. Bu vazifani yechish uchun, ketma-ket bir nechta jarayonlarni qo‘llab, qayta
ishlanadigan xomashyodan komponentlarni bosqichma-bosqich bir – biridan,
ajratib olish talab etiladi.
Barcha qo‘llaniladigan metallurgik jarayonlarning kompleksi (tayyorlovchi,
yordamchi va asosiy jarayonlar) uchastka, bo‘lim, tsex yoki umumiy korxonaning
texnologik sxemasini shakllantiradi. Masalan, rangli metallurgiyaning barcha
korxonalari ko‘p bosqichli texnologik sxemalar bilan tavsiflanadi.
Metallurgik jarayonlarning asosida, qayta ishlanayotgan xomashyoni bir-
biridan tarkibi va fizikaviy xossalari bo‘yicha farqlanadigan, ikki, uch ayrim
holatlarda undan ko‘p fazalardan tashkil topgan, geterogen sistemaga o‘tqazish
yotadi. Hosil bo‘lgan fazalardan bittasi, ajratib olinadigan qimmatbaho modda
(metall) bilan boyitilishi va unsur elementlar bo‘yicha kambag‘allashishi lozim,
qolgan fazalar esa aksi qimmatbaho modda bo‘yicha kambag‘allashishadi. Hosil
bo‘ladigan fazalarning fizikaviy hossalarini (agregat holati, zichligi, o‘zaro
namlanuvchanligi, uchuvchanligi va h.) farqi, komponentlarni bir-biridan sodda
usullar bilan (tindirish, filtrlash va h.) ajratib olishni ta’minlashi kerak.
Metallurgik
ishlab
chiqarishning
amaliyotida
quyidagi
fazalar
kombinatsiyasi keng tarqalgan: G+S; G+Q; S+S; S+Q; G+S+S; G+S+Q, bu yerda
“G”, “S”, “Q” harflari bilan gaz, suyuq va qattiq fazalar belgilangan.
G+S va G+Q fazalarda gaz, suyuq va qattiq fazalarning zichliklari farq
qilishi sababli, ularni bir birida oddiy tindirish usuli bilan ajratib olish mumkin.
Agar gazlrada gaz fazasida qattiq faza juda mayin dispers ko‘rinishda bo‘lsa,
tindirish usuli bilan fazalarni ajratib olishi juda sekin boradi, bu holda mahsus
usullardan fodylaniladi, masalan chang tutish.
S+S fazalar bir-biridan tindirish yoki sentrifugirlash (sentrifugirovanie)
usulida ajratib olinishi mumkin. S+Q tizmi uchun, fazalarni bir-biridan ajratib olish
uchun tindirish yoki filtrlash jarayonlarni qo‘llash mumkin. G+G fazalar kimyoviy
texnologiya usullaridan foydalanib ajratiladi, Q+Q fazalar esa boyitish usullari
bilan ajratib olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: