David G. Mayers bo’yich xarakter tiplarini quyidagilarga ham bo’lib o’rganish mumkin:
Boshqaruvchi tip. Bu tip insonlar o‘ziga ishongan va g‘ayratli, ahamiyatsiz sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo‘lmasa. Ular faol, ammo sotsial rejada emas, ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ular tashqi olam ustidan hukmronlik qilish xos. Asosiy haѐtiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonunbuzarlar).
Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxo‘rlik va o‘zining ehtiѐjlarining ko‘p qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo‘q, ular boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob- uqubat keltirish ehtimli kamroq.
Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qiziqishlari ,, shaxsiy muammolarni hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadilar va haѐtiy muammolarini echishdan qochadilar. Ular qiyinchilik ѐki omadsizlik tug‘diradigan barchasidan qochadilar.
Sotsial tip: Bu etuk talabga javob beradigan, sotsial manfaatlar bog‘lab turadi va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi, ular bilan munosabatga qiziquvchi, insonlarning asosiy haѐtiy muammolarini hal etuvchi muammolarni-ish, sevgi, do‘stlik-hamkorlikni, shaxsiy mardlikni, mas’uliyatni talab etishini biladi va boshqa insonlarning rohat-farog‘atida o‘zining hissasi qo‘shishga tayѐr.
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari
SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug’ma,
biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs
ijtimoiy mavjudot bo’lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug’ma sifatlarni
o’zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning
dinamik - o’zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini
o’zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik
taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam bir
faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir
malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va
dinamikligini ta’minlaydi.
Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning namoyon bo’lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o’zini qanday tutishini
belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o’zini turlicha
tutadi: oliy o’quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi
to’g’risidagi axborotni eshitgan bolaning o’zini tutishi, yoki
hayotning og’ir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do’stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon
qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi.
SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og’ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o’zini yo’qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. SHuning uchun ham
temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o’ziga
xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta.
O’zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabrbardosh bilan ko’taradigan
insonning odamlar orasidagi obro’si ham baland bo’ladi. Bu uning
o’zo’ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning
yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqealar va vaziyatlarni,
jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. Ya’ni,
temprament odamning ijtimoiy ob‟ektlarga nisbatan «sezgirligini»
tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi.
Temperamental xususiyatlar aslida tug„ma hisoblansada, shaxsga bevosita
aloqador va anglanadigan bo’lgani uchun ham ma’lum ma’noda o’zgarib
boradi.SHuning uchun ham tug’ilgan chog’ida sangvinikka o’xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo„lmaydi.
Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |