U ho’lat funktsiyasi bo’lib, uning mutloq qiymatini olchab bo’lmaydi, faqat sistema bir ho’latdan ikkinchi ho’latga otgandagi o’zgarishi
U2 – U1= ΔU olchanadi.
Ichki energiya harorat funktsiyasidir. Harorat qancha yuqori bo’lsa, ichki energiya ham shuncha ortadi ΔU>0, agar ichki energiya kamaysa ΔU<0 bo’ladi. Ichki energiya xatto absolyut «0»da ham nulga teng bo’lmaydi, yani molekulalar harakati toxtamaydi. SHuning uchun ham ichki energiyaning mutloq qiymatini aniqlab bo’lmaydi. Sistemaning toliq energiyasini aniqlash uchun uni barcha energiyalardan xolis qilish lozim. Bu mumkin emas.
Entalpiya (H)– doimiy bosimdagi sistemaning energiyasi bo’lib, ichki energiya va potentsial energiyalar yig’indisiga teng.
H=U+PV
Entalpiya ham ho’lat funktsiyasi bo’lib, sistemaning bir ho’latdan ikkinchi ho’latga otishdagi o’zgarishi olchanadi. SHuning uchun
ΔH=ΔU+PΔV
olchov birligi J/mol.
Demak, Qr= N2– N1=ΔN,
Doimiy bosimda borayotgan jarayonning issiqlik effekti sistema issiqlik saqlamining (entalpiya) o’zgarishiga tengligini korsatadi.
Entalpiya – bu ham energiyaning bir turi, aniqrogi sistema energiyasidir; u tashqi muhit bilan ham modda almashinuvida, ham energiya almashinuvida bo’ladi. Sistema energiyasini birinchi bo’lib 1872 yilda Gibbs issiqlik funktsiyasi, keyinchalik Kamerling-Onnes(1909) entalpiya deb atadi. Grekcha enthalpo-isitaman degan manoni anglatadi.
Entalpiya – termodinamik sistema energiyasini toliq xarakterlaydi, uni ochiq hamda yopiq sistemalar uchun ham qollash mumkin. U ichki energiyaning barcha xossalarini ozida namoyon qiladi va sistemaning ichki energiyasi va hajmga bog’liq bo’lgan tashqi energiyaning (potentsial energiya) yig’indisiga tengdir.
Kimyoda ko’pincha reaktsiyalar ochiq idishda olib boriladi. SHuning uchun bosim doimiyligidagi (R=const) jarayon, hajm doimiyligidagi (V=const) jarayonlarga nisbatan ko’proq uchraydi.
Malumki, kimyoviy reaktsiyalar, fizikaviy jarayonlar issiqlik ajralishi yoki yutilishi bilan boradi.
O’zgarmas xajm yoki o’zgarmas bosimda borayotgan qaytmas jarayonlarda doimiy haroratda ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlikning maksimal miqdori shu jarayonning issiqlik effekti deyiladi.
I ssiqlik va ish (Q, A) – energiyaning sistemadan tashqi muhitga berilishi va aksincha, energiyaning tashqi muhitdan sistemaga uzatilishi issiqlik va ish korinishida sodir bo’ladi.
Agar ikkita har xil haroratli yopiq sistema bir-biriga tegizilsa, malum vaqtdan song ikkala qismdagi gaz molekulalarining energiyasi tenglashadi, T1=T2 bo’lib qoladi.
Molekulalarning tartibsiz harakati natijasida energiyaning sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga berilishi issiqlik deb ataladi.
Barcha termodinamik funktsiyalar ho’lat funktsiyasi bo’la olmaydi. Issiqlik jarayonga bog’liq va u ho’lat funktsiyasi emas. Issiqlik jarayonni olib borish yoliga bog’liq bo’lib, jarayon funktsiyasidir.
Termodinamikada tashqi muhitdan sistemaga berilgan issiqlik musbat(+), sistema tashqi muhitga bergan issiqlik manfiy(–) qiymatli bo’ladi. Issiqlikning olchov birligi – joul(J).
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |