Metallshunoslik



Download 16,76 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi16,76 Kb.
#317238
Bog'liq
Metallshunoslik asoslari


Metallshunoslik - metallarning tarkibi, ichki tuzilishi va xossalarini, ular orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan fan. Shartli ravishda nazariy va amaliy kismlarga boʻlish mumkin. Nazariy qismda turli taʼsirlar natijasida metall va krtishmalarda yuz beradigan jarayonlar hamda ularning tuzilishiga oid umumiy qonuniyatlar oʻrganiladi. Asosiy boʻlimlari: metall va qotishmalarning metall holati va fizik xossalari nazariyasi, kristallanish, metall va qotishmalardagi faza muvozanati, diffuziya, qattiq holatdagi faza aylanishlari, plastik deformatsiya, tartiblanish, yemirilish va qayta kristallanish jarayonlarining fizik nazariyasi. Nazariy M. koʻp jihatdan metallar fizikasi bilan bogʻliq. Amaliy (texnik) qismda metallarga ishlov berish (termik ishlash, quyish, bosim bilan ishlash) dagi texnologik jarayonlarning asoslari hamda metall materiallarning konkret klasslari oʻrganiladi (qarang [[Me[[tallar texnologiyasi]], [[Me[[tallarni ishlash]]). M. metallarning kristall tuzilishi, metallografiya, rentgenografiya, korroziya, metallarning fizik-mexanik xossalari va termik hamda kimyoviytermik ishlashning bu xossalarga taʼsiri, legirlovchi elementlarning metallar xossalariga taʼsiri, metallarni sinash toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni oʻz ichiga oladi. M.da metallga musbat ionlarning davriy maydonida harakatlanadigan elektronlar yigʻindisi sifatida qaraladi (qarang [[Me[[tallar). [[Me[[tallar va qrtishmalar elektron nazariyasining rivojlanishi aloqida fizik xossali (oʻta oʻtkazuvchan, magnit xossali va boshqalar) qotishmalar yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. M.ning rivojlanishida plastik deformatsiya va kristallik tuzilish nuqsonlari fizik nazariyasi muhim rol oʻynaydi.

Qadimda M. masalalari bilan Sharqda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham shugʻullanilgan, xususan, yangi metallar (mas, oltin) ni sunʼiy yoʻl bilan olishga harakat qilingan (qarang Alximiya), tabiiy ravishda bulat olingan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida M.ga doyr maʼlumotlar bor. Ilmiy M.ga 19-asr 2 yarmida asos solindi. M. V. Lomonosov jahonda birinchi boʻlib metallarning yaltiroklik va plastiklik xossalarini tasvirlab berdi va zarur xossali qotishmalar hosil qilish yoʻlini koʻrsatdi. Rus metallurgi P. P. Anosov 1831 yilda bulat tayyorlash sirlarini ochdi. U poʻlatning ichki tuzilishini oʻrganishda jahonda birinchi boʻlib mikroskoshu&ch foydalandi. Fransuz olimi G. K. Sorbi 1864 yil da mikrofotografiya usulidan foydalanib, temir meteoritlar va temir na-munalarning mikrostrukturasini tadqiq qildi.

M.ning ilmiy asoslarini rus olimi D. K. Chernov 19-asr oxirida yaratdi. U poʻlatning xossalari kimyoviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham bogʻliq ekanligini koʻrsatdi. Fransuz olimi F. Osmond uning ishini takrorlab, anikliklar kiritdi. Chet el olimlari R. Austen, F. Osmond, A. Le-Shatelye va boshqalarning ishlari asosida temir-uglerod qotishmalarning holat diagrammasi tuzib chikildi. M.ning keyingi taraqqiyoti chet el olimlari E. Beyn, G. Ganneman, F. Vefer, G. Es-ser, R. Mel va boshqa nomi bilan bogʻliq.

Olimlarning tadqiqotlari natijasida baʼzi rangdor metallarning qotishmalari ham toblanishi mumkinligi aniqlandi, yangi antifriksion materiallar (qotishmalar) tayyorlandi, metallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizik xossalari orasida bogʻlanish borligi aniqlandi va "tarkibxossa" diagrammalari tuzildi.



M.fani, dastlab, kora metallarni oʻrganish bilan shugʻullandi, sekin-asta rangli metallar va ularning krtishmalarini ham oʻrganishga kirishdi, Texnikaning yangi sohalari rivojlanishi munosabati bilan radiatsiya, juda past temperaturalar, yuqori bosim va boshqa metall va qotishmalarga qanday taʼsir qilishini oʻrganish masalachari paydo boʻldi.

METALLAR TEXNOLOGIYASI — metallarni olish, ulardan turli detal va buyumlar tayyorlash usullarini oʻrganadigan fan; bunday usullar majmui. Metallar texnologiyasi tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Tosh qurollar yasashdan metall qurollarhyasashga oʻtilishi insoniyat tarixida muxim ahamiyat kasb etdi. Arxeologik kuzachishlar shundan dalolat beradiki, odamh|yetall qurol yasashda dastlab misdan fDdalangan (choʻkich, xanjar, ixcham bolta, k^yza va 19274-28 y. larda V. Pauli va A. Zommerfelыd metallarning paramagnit kirituvchanlik «anomaliyasi» va issiqlik sigimini elektron nazariya asosida/ gushuntirdi, 1930-y. da esa L. Landau metallardagi diamagnetizm oʻq-yoy uchlari neolit davrida, yaʼtg»hodisasini asoslab berdi. mil. av. 4—3 ming yillikda yasalgan). Ibtidoiy odam dastlab tabiiy misni eritish, quyish va uni bolgʻalab har xil shakl berish, misni sovuqlayin ishlash usullarini bilgan. Inson asta-sekin tarkibida boshka metallar boʻlgan rudalarni kulolchilik oʻchoqlarida eritib, metallar olishning yangi-yangi usullarini bilib oldi. 6-a. ga kelib metall eritish oʻchogʻi (gorn), 16-a. da domna pechi, 19-a. da martenʼ pechi, 20-a. da elektr metall eritish pechlari paydo boʻldi, metallga ishlov berish usullari ham astasekin takomillashib bordi (bosqonlar, pres-slar, metall kesish va qirqish sta-noklari paydo boʻldi). Oʻzbekiston hududida mil. av. 3 ming yillik oxirlaridan sof misni eritib, quyib, bolgalab, asosan, bezak buyumlar yasashgan, asta-sekin qalay, kumush, oltin va b. rudali metallarni eritish, quyish va qizdirib ishlash usullari oʻrganib olingan; ayniqsa, zargarlik, qurol-aslaha yasash rivojlangan. Hozir ham temirchilik ustaxonalarida puflama metall eritish oʻchoqlari (gornlar) va qoʻlda bolgʻalash usullari saqlanib qolgan (q. Metallurgiya, Metallshunoslik).

Metallar texnologiyasining asosiy boʻlimlari: quymachilik, metallarni bosim bilan ishlash, payvandlash, kesib ishlash as os lari va metallmaye m ater iall ar d an mashinasozlik dv i gatell arini ishlab chiqarish asoslari (q. Metallarni ishlash, Metallshunoslik). Metallar texnologiyasi fizika, kimyo va b. fanlarga asoslanadi.
Download 16,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish