Metallashgan zarralarni qizdirib biriktirish Reja: Okatishlarga kuchlanishdagi yopishish haroratiga g‘ovaklik va yuklanish ta'sirining bog‘liqligi


-rasm. Okatishlarga kuchlanishdagi yopishish haroratiga g‘ovaklik



Download 118,49 Kb.
bet2/3
Sana12.06.2022
Hajmi118,49 Kb.
#657401
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2.36-rasm. Okatishlarga kuchlanishdagi yopishish haroratiga g‘ovaklik
va yuklanish ta'sirining bog‘liqligi 1- 0,1; 2-0,2; 3- 0,3.

Qumoqlar birikishi jarayoniga qator texnologik omillar ta'sir ko‘rsatadi. 2.36- rasmda birikish haroratining qumoqlar g‘ovakligi bilan aloqasi berilgan. Ko‘rinib turibdiki, qumoqlar g‘ovakligi ortishining birikish harorati oshishiga ijobiy ta'siri va qumoqlarning yopishishga moyilligining kamayishi shu bilan izohlanadiki, bunda kovaklar kuchlanish konsentratorlari hisoblanadi va ular miqdorining oshishi bo‘laklar oquvchanligi chegarasi ortishiga yordam beradi. Bundan tashqari, g‘ovaklik ortishi bilan har xil bo‘laklar moddalari o‘rtasidagi nuqtali aloqalar soni kamayadi.


Qumoqlarning yopishishga moyilligi va ular o‘lchamining oshishini bostiradi (2.37-rasm). Birinchidan, o‘lcham ortishi bilan qumoqlar o‘rtasida aloqalar masofasi kamayadi. Ikkinchidan, birikish mikrotuzilishini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, qumoqlar o‘lchami ortishi bilan aloqa sohasida qumoqlar deformatsiyasiga to‘sqinlik qiluvchi tiklanmagan oksidlar soni oshadi.
Okatishlar diametri kamayishi hajm birligida shixta zarralari o‘rtasida aloqalar soni oshishiga olib keladi, bu shixtaning birikishga moyilligi kuchayishiga yordam beradi. Aniqlanishicha, agar OEMK oksidlangan okatishlarida 9-11 mm fraksiyalar soni 50 % dan oshsa, unda shaxta pechida hosil bo‘lgan birikishlar qalashib qolishi sababli shixtaning chiqishi qiyinlashishi va mayatnikli tushirish qurilmasi to‘xtab qolishi mumkin (2.38-rasm).

2.37-rasm. Yopishish haroratining metallangan okatishlar g‘ovakligi va
diametriga bog‘liqligi, mm: 1- 20; 2- 15; 3- 10.

2.38-rasm. Shaxta pechida tiklash gazining haroratida oksidlangan okatishlar fraksiya tarkibining ularning birikish hosil qilishiga ta'siri, ºC: 1-700; 2 – 720.
Yopishish jarayoniga yuklanish va okatishlar tarkibining (bo‘sh jinslar miqdori) ta'sirini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, yuklanishni oshirish birikish haroratining pasayishiga olib keladi, chunki birikish jarayoni ko‘proq juda past haroratlarda ikkinchi mexanizm bo‘yicha borishni boshlaydi.
Flyusni kiritish birikish haroratini jiddiy oshirib, teskari ta'sir ko‘rsatadi. Bunda qumoqlarning birikishga moyilligini kamaytirish faqat kalsiy va magniy birikmalarini kiritishda kuzatiladi (2.39-rasm).
Bariy birikmalari uchun shunga o‘xshash hodisalar aniqlanmagan. Rentgenotuzilmali tahlil shuni ko‘rsatdiki, tiklashdan so‘ng kuchlanish konsentratorlari hisoblangan va oquvchanlik chegarasini oshiradigan metalli temirdan va kalsiy yoki magniy oksidlaridan geterogenli tuzilma hosil qilish bilan flyusni kiritish samarasi yuzaga keladi. Konsentratni bo‘laklashda oksidlovchi kuydirishning borishida hosil bo‘lgan kalsiy va magniy ferritlari bunday tuzilma paydo bo‘lishining manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, flyus sifatida karbonatlardan foydalanilganda oquvchanlik chegarasini oshiruvchi qo‘shimcha kovaklar hosil bo‘lishini ham hisobga olish lozim. Ta'kidlash joizki, flyusni kiritishdan samara flyuslash darajasi bilan emas, balki umumiy miqdor bilan aniqlanadi.
Flyusni SiO2 miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda, 5-6 % miqdorda (СaO va MgO ga qayta hisoblashda) kiritish samaralidir. Turli flyuslarni kiritish samarasi СaСO3, СaO, MgСO3, MgO qatoriga tegishli.


Download 118,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish