- Kovalent bog‘lanishli modda kristaliga mexanik ta’sir o‘tkazilsa, atomlarning ayrim qatlamlari siljiydi, natijada bog‘lanishlar uziladi va kristall yemiriladi. Metall bog‘lanishli kristaliga xuddi shunday ta’sir ko‘rsatilganda esa atomlarining qatlamlari bir-biriga nisbatan siljiydi, lekin elektronlar butun kristall bo‘ylab harakatlangani tufayli bog‘lanishlar uzilmaydi . Metallar nihoyatda plastik bo‘ladi. Plastiklik Au, Ag, Cu, Sn, Pb, Zn, Fe qatorida kamayib boradi. Masalan, oltinni 0,003 mm qalinlikdagi listlar holida yoyish mumkin, bundan turli buyumlar sirtiga oltin qoplashda foydalaniladi.
- Metallik у a 11 i г о g ‘ i , odatda kulrang tus va shaffof emaslik barcha metallar uchun xos xususiyatdir, bu erkin elektronlarning borligi bilan bog‘liq.
- Metallarning elektr o ‘tkazuvchanligi yaxshiligi ularda erkin elektronlar borligi bilan tushuntiriladi; bu elektronlar ozgina potensiallar ayirmasi ta’sirida ham manfiy qutbdan musbat qutbga tomon harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |