Reja:
Kimyoviy korroziya tezligiga ta’sir kiluvchi asosiy omillar.
Elektrokimyoviy korroziya.
Elektrokimyoviy korroziya mexanizmi.
Kimyoviy korroziya tezligiga ta’sir kiluvchi
asosiy omillar
Kimyoviy korroziyalanishni sodir bulishiga karab uning tezligiga ta’sir etuvchi omillarni ikki turga bulish mumkin:
-tashki omillar; tashki muxitning tarkibi, xarorat, bosim, muxitning metalga nisbatan tezlik xarakati, tashki muxitning xossalari va x.k-ichki omillar; metall tarkibi, uning strukturasi, metall sirtining xolati va boshkalar.
Bular ichida tashki muxitning tarkibi eng asosiy omillardan xisoblanadi. Kuyidagi rasmda ayrim metallarga bir xil xaroratda xar xil tarkibdagi tashki muxitning korroziyalanish tezligiga bulgan ta’siri keltirilgan. Rasmdan kurinib turibtiki tashki muxitning tarkibi korroziyalanish tezligiga bir xil ta’sir kilmas ekan (Ilova, 3-rasm).
Tashki muxit tarkibining uzgarishi bilan avvalambor xosil kilingan parda tarkibi xam uzgaradi va natijada bu pardaning fizika-kimyoviy xossalari xam uzgaradi. Okibatda ta’sir kiluvchi reagentlar atomlarining parda orkali diffuziyalanish tezligi xam uzgaradi.
SHuning uchun metallarni bir muxit ta’siriga turgunligi (korroziyabardoshligi) shu metalni boshka muxit ta’siriga xam turgun deyishga kafolat beraolmaydi. Masalan, kumush yukori xaroratda xavo va kislorod ta’sirlariga turgun bulishiga karamay tarkibida oltingugurt bulgan muxit ta’siriga u turgun emas, ya’ni bunday muxit ta’sirida korroziyalanadi, masalan N2S, SO2 va x.k.).
Eng asosiy ichki faktorlarga metalning tarkibi va uning strukturasini kursatish mumkin. Temirning tarkibiga xrom, alyuminiy, kremniy va boshka atomlarni kiritilish bilan xosil kilingan kotishmalarning korroziyalanishga bulgan turgunligi sof temirnikidan bir necha marta yukori buladi. CHunki xrom, alyuminiy, kremniy va boщkalar temir bilan kattik eritma xosil kilibgina kolmay, balki uzlari kotishma sirtida ximoya parda xosil kiladilar. Bunday element atomlarini temir bilan xosil kilingan kattik eritma tarkibiga kirishi metall va ximoya parda chegarasida temir oksidi va xrom oksidi yoki temir oksidi va ishtirok etayotgan boshka elementlarning oksidlaridan tarkib topgan aralash oksidlarning yupka pardasi xosil buladi. Bunday pardalar kislorodni metall sirtiga va metall atomini plyonkani tashki sirtiga diffuziyalanishini sekinlashtiradi yoki butunlay tuxtatadi. Ammo buning teskarisi xam bulishi mumkin,ya’ni kotishma tarkibida juda xam kam mikdorda ishtirok etayotgan ayrim element atomlari metalning korroziyalanishini birmuncha tezlashtiradi.
Misol tarikasida pulat tarkibida ishtirok etayotgan bor uning korroziyalanishini tezlashtiradi. Bunday xollarda korroziyalanishining tezlashishi xosil kilingan pardalarning ximoya kilish kobiliyatini keskin kamayishiga binoan boglik buldi va bunda diffuziyalanish koeffitsienti ortib boradi.
SHunday kilib biz kurib utgan misollarda yukori xaroratda gaz muxitida metallarning korroziyalanishida uning sirtida ximoya pardalar xosil kilishi buldi va bu korroziyaning nisbatan oddiy turi xisoblanadi. Bunda korroziya tezligi, yukorida aytganimizdek, metalning korroziyalanishi okibatida xosil bulgan maxsulot, ya’ni parda xossalariga, metall va muxit tarkibiga xamda jarayon sodir bulish shart-sharoitiga boglik buladi.
Nisbatan yupka va zich strukturali, shuningdek metall sirtiga yopishish kobiliyatiga ega bulgan pardalarning metalni ximoya kilish xossalari yukori buladi. Korroziyalanish tezligiga xarorat xam katta ta’sir etadi: xarorat kancha yukori bulsa koroziyalanish tezligi xam shuncha yukori buladi. CHunki bunday sharoitda muxitning aktiv atomlari va metall atomlarining parda orkali diffuziyalanish tezliklari yukori buladi. Metall kislorodga kanchalik yakindosh bulsa, uning korroziyalanish tezligi xam shunchalik katta buladi.
Kimyoviy korroziyalanish metallga noelektrolit suyukliklar ta’sirida xam sodir bulib, bunda xosil bulgan pardalar unchalik kalin bulmaydi. CHunki suyukliklarda korroziyalanish nisbatan past xaroratlarda boradi. Xosil bulgan pardaning eritma ta’siriga bulgan munosabati pardaning ximoyalash kobiliyatini belgilaydi. Agar parda suyuklikda erisa korroziyalanish davom etadi, agar erimasa - korroziyalanish tuxtaydi. SHu sababli pardaning fizika-kimyoviy xususiyatlari korroziyalanish tezligini belgilaydi.
SHunday kilib kimyoviy korroziya metallarga suyuk noelektrolitlar va gazlar ta’sirida vujudga keladi. SHuningdek bu korroziya turi metallarga ayrim suyultirilgan tuzlar va metallar ta’sirida xam vujudga keladi. Ayniksa kimyoviy korroziya yukori xaroratda kislorod, vodorod sul’fid ( N2S ), oltingugurt 1U-oksid, uglerod 1U-oksid, suv bugi, galogenlar va x.k. lar ta’sirida tezrok namoyon buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |