Yer yadrosi qayerda?
Vengriyalik akademik D’yord Barta ko‘p yillar mobaynida sun’iy yo‘ldoshlarning Yer tevaragida aylanish yo‘lini kuzatib, fandagi mavjud nazariyaga zid bir farazni olg‘a surmoqda. Uning farazicha, Yeming yadrosi qoq markazda bo‘lmagan, balki Avstraliya tomonga 450 kilometr surilgan. Yadro doimo u yoq-bu yoqqa, ko‘pincha g‘arb tomonga siljib turadi. Buning natijasida tog‘lar koiariladi, Yer yuzining relyefi o‘zgarib turadi. Demak, boiajak o‘zgarishlami ham oldindan aytish mumkin...
Atlantida qayerdaligini bilasizmi? Qadimgi grek olimi Aflotun (Platon) allaqanday afsonaviy Atlantida mamlakati to‘g‘risida rivoyat qilgan. Dengiz hokimi Poseydonning katta o‘gli Atlant ismi bilan atalgan orol shu mamlakatning o‘rtasida boigan emish. Go‘yo uning madaniyati yuksak, zamini mahsuldor va aholisi bahodir (atlant) bolgan-u, biroq qo‘qqisdan qattiq zilzila yuz berib, orolni okean yutib yuborgan emish.
Aflotundan keyin ikki yarim ming yil olibdiki, Atlantida qayerda boigan, g‘oyib bolishining siri nimada, ehtimol, umuman yo'qdir, degan savollar jumboqligicha qolib kelyapti.
Tarixnavis, arxeolog va geograf olimlar, yozuvchilar va juda ko‘plab ishqibozlar Atlantidaning o‘rnini taxmin qilib ko‘rdilar. Orol o‘rni Afrikaning g‘arbida, Markaziy Amerikada, hatto Eronda, Kavkazda, Mongoliyada boigan deb taxmin qilishdi.
Eng so‘nggi tekshirishlarga ko‘ra Atlantida oroli Gretsiyaning janubidagi Krit oroli yaqinida dengiz tubiga cho‘kkan bo‘lsa kerak. Undan faqat Santorin vulqonigina ko‘rinib turadi. Geolog va arxeologlaming qazishlari va topilmalar shu atrofda haqiqatan ham halokatli zilzila ro‘y berganini isbotlamoqda...
2050-yilda yer yuzi aholi soni 9 milliard kishiga yetadi, deb taxmin qilinmoqda.
Amerikalik fantast yozuvchi Ayzek Azimov vahimali hisob-kitob qildi: 3500-yilga borib yer yuzida aholi shu darajada ko‘payadiki, o‘shanda odamlarning og'irligi Yerning og'irligiga tenglasharmish...
Yaponiya hududining 80 foiz maydoni o‘nqir-cho‘nqir, tog‘lik va vulqon tepaliklaridan iborat. Pastak va tekis yerlar juda kam. Hozir yaponlar o‘z yer maydonlarini ikki marta kengaytirishni mo‘ljallashmoqda. Tog‘larni ag‘darib, dengizning sayoz joylariga surib tushirilsa, yangi yarimorollar paydo bo‘lar emish. U yerlarda turar joylar, zavodlar qursa bo‘ladi, sholi va sabzavotlar yetishtirsa bo‘ladi. Mo‘ljal amalga oshsa, 100-150 yil mobaynida Yaponiya tep-tekis mamlakatga aylanib ketadi. Albatta, hamma toglar tekislansa ham, baribir, ularning muqaddas tog‘i Fudziyama qo‘riqxonaday saqlansa kerak...
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Do'stlaringiz bilan baham: |