Mavzuning o’rganganlik darajasi. Merkaptanlar ajoyib xususiyatlarga ega bo’lganligidan, undan turli maqsadlarda tibbiyotda va xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Merkaptanlar juda qo`lansa hidli va tarkibida oltingugurt bo`lgan modda hisoblanadi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o`ta bo`g`uvchi salbiy ta`sir ko`rsatib, ko`rish organlarini ham zararlaydi.
Men mavjud adabiyotlardan va ko’plab internet ma’lumotlaridan foydalanib, oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo’lgan tiollarni xossalarini o’rgandim. Ma’lumotlardan asosan, tiollar, tiollarning olinishi va fizik-kimyoviy xossalari, tiollarning o`ziga xos reaksiyalari organildi. Bularni esa adabiyotlar sharxida yangi ma’lumotlar sifatida keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |