Merkantilizm iqtisodiy ta'limoti



Download 0,69 Mb.
bet2/4
Sana01.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#422936
1   2   3   4
Bog'liq
???????????????????????????????????????????????? ???????????????????????????????????? ????????????????????????

"Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida o`z ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o`zida aks ettiradi. Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko`rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o`zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo`ldi. Avvalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi.


Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi. Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 93 sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi. 1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb o`ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to`g`rilash uchun bu qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik o`ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko`pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi davlatlar o`rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o`rtasida kurash ham qizidi.
2. Iqtisodiy ta'limotining mohiyati
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o`rtalari). 2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o`rtalari). Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog`liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qilinadi.
Merkantilizmning birinchi davri o`sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to`plash bilan bog`liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo`lishi mumkin). Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo`lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan. Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratyev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo`lib, xalq xo`jaligi qandaqa bo`lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko`proq to`plash; nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. "Insonlar metall uchun qurbon bo`lmoqda", ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo`lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo`ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu xodisa O`zbekistonda ham hozirgi davr o`zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo`ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo`li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o`ylanmaydi. Chet ellarga ko`proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul ko`p bo`lsa, hamma narsa yaxshi bo`ladi, degan fikr asosiy bo`lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg`arilishi bilan bevosita bog`liqdir.
Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri
XVIII asrning oxirida merkantilizm iqtisodiy ta'limot yo`nalishi sifatida tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi (to`ntarishi) sharoitida bu ta'limot va unga asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo`ydi. Xo`sh, bu ta'limot nega tarix sinovidan o`ta olmadi, uning "bo`sh joylari" nimalardan iborat? Bu ta'limotning xatolarini klassik maktab vakillari, hatto ayrim merkantilistlar ham tan olgan. A.Smitning fikricha, bu "bizning savdogar va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o`tkazilgan proteksionistik anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik bilan bog`liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o`z boyligini oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam sarflashi kerak. Iste'mol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo`ladi? Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? Merkantilistlar uni mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat deb bilganlar. Pul va kapital o`rtasida tenglik qo`yilishi xato edi. Shuningdek, savdo balansining aktiv saldosi bilan yillik foydaning iste'moldan ortiqchasi ham tenglashtirilgan. A.Smit va uning izdoshlari bu ta'limotning xatolarini shunday izohlaydilar
Taniqli ingliz iqtisodchi R.Kantilyon (1680-1734) va D.Yum (1711-1776)lar ham merkantilistlar g`oyasining noto`g`ri ekanligini isbotlab berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o`rtasidagi "pul metallarining tabiiy taqsimlanishi"ga va ichki baholar darajasining shunday o`rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng bo`ladi. Alohida mamlakatda har bir qo`shimcha oltin qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha davlatlarda eksport va import o`rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 102 bo`lgan yangi tenglik paydo bo`lguncha davom etadi. Tashqi savdo va oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo`lishga intilgani kabi, aktiv savdo balansi ortidan quvish o`z-o`zini inkor etadi.
1690 yil Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga ma'lum proporsiyada o`zgarishini aniq ko`rsatib berdi. Lekin import kapital ko`proq qo`llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va mehnat intensiv qo`llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo`lishi umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qo`llaydi va chet el manbalaridan foydani ko`paytiradi. Merkantilistlar o`zlarining yuqoridagi yaxshi ma'lum g`oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo`shadilar. Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (V.Petti, P.Buagilqber, A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu hukm asrlar davomida saqlanib keldi. Merkantilizmning g`oyalarini amalda joriy qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tarixiy tajribasi misolida ibratlidir. Shuning uchun bu haqda to`laroq to`xtalamiz.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish