3. “Mening shahrim, mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tash kil etish.
Mavzu: “Mening shahrim, mening mahallam”
Faoliyat maqsadi: Chust shahri haqidagi tushunchasi kengayadi, tug`ilib o`sgan mahallasining nomlanishini, nima uchun shunday nomlanishini, nima bilan bog`liqligi haqida ma’lumot beradi. Bolalarni o`z vatanlariga mehr qo`yishga, u yerdagi mavjud an’analarga rioya qilishga va ularni hurmatlashga o`rgatiladi.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, nutq va til markazi, qurish-yasash faollik markazi.
Faoliyatning borishi:
Guruhga chet ellik mehmon (ingliz tilini biladigan yordamchi) kirib keladi.
- Good morning children. (salom bolajonlar).
- Where I come. (men qayerga keldim).
Kelinglar tanishib olaylik. Men Angliyalik mehmon Ketringman. Men O`zbekistonga birinchi marotaba kelishim. Sizlar menga Chust shahri haqida gapirib beringlar. Men o`zbek tilini yaxshi tushunaman.
Tarbiyachi: kelinglar bolalar Ketringga Chust shahrimiz haqida gapirib beraylik. “Mening shahrim, mening mahallam” mavzusiga oid surat ilib qo`yiladi. Bolalar ko`rgazmali rasmlar orqali Chust shahri haqida quyidagilarni gapirib beradilar.
Bolalar:
- Chust shahri – Namangan viloyatida joylashgan Chust tumani markazi hisoblanadi. U katta va chiroyli shahar, uning juda ko`plab chiroyli va baland binolari bor.
- Shahar markazida joylashgan istirohat bog’ida maqbaralar va favvoralar joylashgan.
- Maktablar, bog’chalar, banklar, madaniyat saroyi, oshxona va choyxonalar, chiroyli bekatlar, do’konlar, avtosalonlar, servislar va baland binolar bor. Shahar markazida Hokimiyat binosi va kata bozor joylashgan. Yakshanba kunlari bozor odamlarga to’la, yo’llar gavjum bo’ladi. Shahar chetida mevali bog’lar, parniklar va ekin maydonlari bor.
Ketring: shahringiz juda chiroyli ekan.
Tarbiyachi: bolalar ona shahrimizni juda yaxshi ko`rishadi. Vatanimiz haqida ko`plab she’rlarni biladilar. Hozir sizga aytib berishadi.
Onamdek ardoqlisan, aziz vatanim,
Sen menga qadrdon, tug`ilgan makonim.
Men seni avaylab, asrayman har chog`,
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog`.
Tarbiyachi: - Kelinglar bolalar sizlar bilan baland – baland binolarni quramiz. Ketringga baland binolarni qurib, Chust sitini yasab ko`rsataylik.Bolalar jamoa bo`lib, binolar yasaydilar, manzaralar bilan bezatadilar. Ketring bolalarni ishlarini kuzatib, rag`batlantiradi va O’zbekistonga yana mehmon bo`lib kelishini, boshqa o`rtoqlariga Chustning go`zal shahar ekani, u yerdagi bolalar bilimli, aqlli, bolalar ekanini aytib berishini aytadi. Bolalar bilan xayrlashadi.
E’tiborga molik jihat: Bolalarda o’z tug’ilib o’sgan vataniga mehr uyg’onadi. Shahardagi mavjud binolar va e’tiborga molik maskanlar haqida tushunchaga ega bo’ladi. Qurish-yasashda jamoa bo`lib ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |