3-Mavzu: “Mening shahrim – mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish. Badiiy-ijodiy mavzudagi syujеtli-rolli o’yinlarni markazlarda tashkil etish.
Reja:
1. Voqeaband–ijroli o‘yinlar.
2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
3. “Mening shahrim, mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tash kil etish.
1. Voqeaband–ijroli o‘yinlar.
Boladagi ijodkorlik layoqatini, o‘yin uchun g‘oyalar o‘ylab topishini, yangi o‘yinlar tashkil etish istagini rag‘batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o‘ynashga, o‘yinchoqlari bilan o‘rtoqlashishga odatlantirish. Bolaga o‘yinlarda o‘z imkoniyatini haqqoniy baholashga va achchiqlanmasdan mag‘lubiyatni tan olishni o‘rgatib borish. Voqeaband–ijroli o‘yinlar. Bolaning o‘yin jarayonida atrof-olamni idrok etishga, insoniy munosabatlarni anglashga, kasblar haqidagi tushunchalarini yanada boyib borishiga e’tibor berish lozim. Bolaga badiiy asarlar, teleko‘rsatuvlar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar, sayohatlardan olgan taassurotlari asosida o‘yin mavzusini rivojlantirishni o‘rgatish.
O‘yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilish, ishtirokchilar soniga qarab, turli axborot manbalaridan (kino, adabiyot, ekskursiya) foydalanib o‘yin mazmunini kengaytirish va boyitish, o‘yinda o‘rinbosar narsalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bolani o‘yin mavzusi bo‘yicha tengdoshlari bilan kelishishga; rollarni to‘g‘ri taqsimlashga, tengdoshlariga o‘yin qoidalarini tushuntirishga, kerakli jihozlarni tayyorlashga, harakatlar ketma- ketligiga rioya etishga, birgalikda uyushib harakat qilishga; bir-biriga yon berishga, o‘yin davomida yuzaga keladigan ba’zi ziddiyatlarni mustaqil bartaraf qilishga o‘rgatishda davometish. Bolaga o‘yin syujetiga mos tarzda qanday harakatlanish lozimligini oldindan kelishish, mo‘ljallash, birlashuvchi syujet yo‘nalishi (tanish o‘yinni yangicha fikrlar bilan boyitish; ishtirokchilar, anjomlarni o‘zgartirish, o‘rinbosar narsalarni kiritish yoki rollar tarkibini kengaytirish v.b.) hisobiga rivojlantirish orqali o‘yinni yanada qiziqarliroq bo‘lishiga erishishnio‘rgatish. Bolaning ijodiy jihatdan o‘zini namoyon qilishiga, yangi o‘yinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga; o‘yin uchun zarur bo‘lgan qurilmalarni jamoa bo‘lib yasashiga, ishni rejalashtirishiga, mo‘ljallangan ishni oxirigacha etkazishiga sharoit yaratish. Mashg‘ulotlar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish. O‘yinchoqlarni o‘z joyiga yig‘ishtirib qo‘yishga odatlantirish.
Voqeaband-ijroli o‘yinlar: “Do‘kon”, “Oila”, “Avtobusda”, “Kasalxonada”, “Teatr”, “Hayvonot bog‘i”, “Bolalar bog‘chasi”, “Sartaroshxona”, “Svetafor”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Oshxona”. Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Bolada tanish asarlar va hayotiy voqealarni (tarbiyachi yordamida) obrazli ifoda vositalari (ohang, mimika, qo‘l ishoralari, qadam tashlash)ni qo‘llagan holda sahnalashtirish istagini uyg‘otish. Bolani murakkab bo‘lmagan syujetlarni mustaqil rivojlantirishga o‘rgatish. Teatr haqida aktyorlik kasblari to‘g‘risida tushunchalarini aniqlash va kengaytirish. Teatr madaniyatini shakllantirish. 188 Bolani o‘yin harakatlariga faol jalb qilish va teatrlashtirilgan o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, o‘zini turli rollarda sinab ko‘rish ishtiyoqini tarkib toptirish. Har bir bolaga ijro va o‘yin jarayoni haqida o‘z fikr-mulohazasini bildirishga, ijrochilar o‘yini va sahna badiiy bezaklarini mustaqil baholashga imkon berish orqali ijodiy va ishonchli muhitni vujudga keltirish. Ta’limiy o‘yinlar. Kattalar mehnati, transport vositalari, buyumlar, kiyimlar, uy jihozlari, elektr jihozlari mavzusida turli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish.
O‘yinlar orqali bolalarning xotirasi, diqqati, tasavvuri, tafakkuri, nutqi va sensor qobiliyatlarini rivojlantirish. “Mening shahrim, mening mahallam” Faoliyat maqsadi: Toshkent shaxri haqidagi tushunchasi kengayadi, tug’ilib o’sgan mahallasini nomlanishini, nima uchun shunday nomlanishini , nima bilan bog’liqligi haqida ma’lumot beradi. Bolalarni o’z mahallalariga mexr qo’yishga, u yerdagi mavjud an’analarga rioya qilishga va ularni xurmatlashga o’rgatiladi. Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasmlar, nutq va til markazi, qurish-yasash faollik markazi. Faoliyatning borishi: Guruxga chet ellik mehmon (ingliz tilini biladigan yordamchi) kirib keladi. - Good morning children. (salom bolajonlar). - where I come. (men qayerga keldim). Bolalar javoblari: Kelinglar tanishib olaylik. Men Angliyalik mexmon Ketringman Men O’zbekiston poytaxti Toshkent shaxriga birinchi marotaba kelishim. Sizlar menga Toshkent haqida gapirib beringlar. Men o’zbek tilini yaxshi tushunaman.
Tarbiyachi: kelinglar bolalar Ketringga Poytaxtimiz Toshkent haqida gapirib beraylik. “Mening shaxrim, mening mahallam” mavzusiga oid surat ilib qo’yiladi. Bolalar ko’rgazmali rasmlar orqali Toshkent haqida quyidagilarni gapirib beradilar. - Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U katta va chiroyli shahar, Uning juda ko’plab chiroyli va baland binolari bor. - Mustaqillik maydonida ezgulik monumenti va favvoralar joylashgan, kiraverishda esa “Ezgulik arkasi” ustida laylaklar timsoli tushirilgan. - Oliy majlis binosi, milliy bank, park binolari bir juft kurant soati, teleminora, teatr binolari, sirk binosi, chiroyli metro bekatlari, xayvonot bog’lari va boshqa ko’plab binolar mavjud. Ketring: shaxringiz juda chiroyli ekan. Tarbiyachi: bolalar ona shaxrimizni juda yaxshi ko’rishadi. Toshkentimiz va Vatanimiz xaqida ko’plab she’rlarni biladilar hozir sizga aytib berishadi. Onamdek ardoqlisan, azizsan Toshkentim. Sen menga qadrdon, tug’ilgan makonim. Men seni avaylab, asrayman xar chog’. Vijdonimdek toza, tushirmasman dog’. Tarbiyachi: tez aytish qilamizmi, bizga Ketring ham qo’shiladi. - Toshkent – Shoshkent bo’lganmi? - Shoshkent – Toshkent bo’lganmi? Tarbiyachi: - Kelinglar bolalar sizlar bilan baland – baland binolarni quramiz. Ketringga baland binolarni qurib, Toshkent sitini yasab ko’rsataylik. Bolalar jamoa bo’lib, binolar yasaydilar, manzaralar bilan bezatadilar. Ketring bolalarni ishlarini kuzatib, rag’batlantiradi va Toshkentga yana mexmon bo’lib kelishini, boshqa o’rtoqlariga Toshkentni go’zal shahar ekani, u yerdagi bolalar bilimli, aqlli, bolalar ekanini aytib berishini aytadi. Bolalarbilan xayrlashadi.
E’tiborga molik jixat:
Bolalar O’zbekiston poytaxti Toshkentligini biladi. Poytaxtimizda qanday binolar joylashganini, mustaqillik maydonida nimalar joylashganini biladilar. Qurishyasashda jamoa bo’lib ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |