//PI konstantasini aniqlaymiz
Define(“PI”,”3.14”,True);
//PI konstantani ma’nosini chiqaramiz
echo pi;
// 3.14 ma’nosini chiqaradi, chunki PI konstanta
// registrga bog‘liq emas
?>
Operatorlar
Operatorlar o‘zgaruvchilar, konstantalar va ifodalar yordamida turli harakatlarni bajarishga imkon beradi. Ba’zi operatsiyalar (va ularga to‘g‘ri keladigan operatorlar) 1-5 jadvallarda ko‘rsatilgan.
Misol:
$a="Hello ";
$b=$a."Fox"; //endi $b "Hello Fox"ni o‘z ichiga oladi
$a="Hello";
$a.=" Fox"; //endi $a "Hello Fox"ni o‘z ichiga oladi
?>
1-jadval
|
|
Arifmetik operatorlar
|
|
Belgi
|
Nom
|
Misol
|
|
+
|
Qo‘shish
|
$a + $b
|
|
-
|
Ayirish
|
$a – $b
|
|
*
|
Ko‘paytirish
|
$a * $b
|
|
/
|
Bo‘lish
|
$a / $b
|
|
%
|
Bo‘lim qoldig‘i
|
$a % $b
|
|
2-jadval
|
|
Satr operatorlari
|
|
Belgi
|
Nom
|
Misol
|
|
.
|
Konkatenatsiya (satrlarni qo‘shish)
|
$c=$a.$b
(bu satr $a va $b dan iborat )
|
|
.=
|
O‘zlashtirish (o‘ng argumentga chap argumentni bog‘laydi)
|
$а=.$b
|
|
3-jadval
Solishtirish operatorlari
|
|
Belgi
|
Nom
|
Tavsif
|
|
= =
|
Tenglik
|
$a = = $b
TRUE, agar $a $b ga teng bo‘lsa
|
|
= = =
|
Ekvivalentlik
|
$a = = = $b
TRUE, agar $a va $bning o‘zgaruvchi turlari va ma’nolari teng bo‘lsa
|
|
!=
|
Tengsizlik
|
$a != $b
TRUE, agar $a $b ga teng bo‘lmasa
|
|
<>
|
Tengsizlik
|
$a != $b
TRUE, agar $a $b ga teng bo‘lmasa.
|
|
<
|
Kichik
|
$a < $b
TRUE, agar $a $b dan kichik bo‘lsa
|
|
>
|
Katta
|
$a > $b
TRUE, agar $a $b dan katta bo‘lsa
|
|
<=
|
Kichik yoki teng
|
$a <= $b
TRUE, agar $a $b dan kichik yoki teng bo‘lsa
|
|
>=
|
Katta yoki teng
|
$a >= $b
TRUE, agar $a $b dan katta yoki teng bo‘lsa
|
|
4-jadval
Inkrement va dekriment operatorlari
|
|
Belgi
|
Nom
|
Tavsif
|
|
++$a
|
Pre-increment
|
$a ni birga ko‘paytiradi, keyin $a ni qaytaradi.
|
|
$a++
|
Post-increment
|
$a ni qaytaradi, keyin $a ni birga ko‘paytiradi.
|
|
--$a
|
Pre-decrement
|
$a ni birga kamaytiradi, keyin $a ni qaytaradi.
|
|
$a--
|
Post-decrement
|
$a ni qaytaradi, keyin $a ni birga kamaytiradi.
|
|
5-jadval
Logik operatorlar
|
Belgi
|
Nom
|
Tavsif
|
and (&&)
|
VA
|
$a && $b
TRUE, agar $a va $b haqiqiy bo‘lsa.
|
or (||)
|
YOKI
|
$a || $b
TRUE, agar $a yoki $b o‘zgaruvchilardan biri haqiqiy bo‘lsa (ikkitasi ham bo‘lishi mumkin).
|
xor
|
INKOR QILUVCHI YOKI
|
$a xor $b
TRUE, agar $a yoki $b o‘zgaruvchilardan biri haqiqiy bo‘lsa. Ikkitasi haqiqiy bo‘lishi mumkin emas.
|
!
|
INVERSIYA
|
!$а
Agar $a=TRUE, unda !$a=False va teskarisi.
|
Ba’zi operatorlar
include(“fayl nomi") – bitta fayl tarkibini boshqa faylga qo‘shish komandasi. Nomi komandada ko‘rsatilgan fayl tarkibi butunligicha shu komanda joylashgan joyga qo‘yiladi, bu holda qo‘shiladigan faylda joylashgan PHPning barcha kodlari bu komanda o‘rnida bo‘lgani kabi bajariladi (fayl aynan qo‘yiladi – ya’ni misol uchun, include komandasi joylashgan faylning joylashuv joyiga qo‘yiladigan fayl tarkibida mavjud rasm manzillarini ko‘rsatish kerak). Agar include komandasi yordamida sahifaga qo‘shiladigan fayl mavjud bo‘lmasa, u holda uning o‘rniga ogohlantirish joylashtiriladi, PHP dasturining bajarilishi esa davom etadi (ishlov berishni tugatish kerak bo‘lganda va qo‘shiladigan fayl mavjud bo‘lmaganda web-sahifani chiqarish paytida include komandasi o‘rniga require komandasidan foydalaniladi).
mail (“Kimga”, “Mavzu”, “Axborotning matni”, “Qo‘shimcha sarlavhalar”) – pochta axborotni yuborish. Bu komandani bajarganda serverda elektron xat shakllanadi va jo‘natiladi. “Kimga” parametr sifatida vergullar bilan ajratilgan manzillar to‘plami bo‘lishi mumkin. “Qo‘shimcha sarlavhalar” har xil bo‘lishi mumkin (pochta protokollariga joiz bo‘lishi kerak!), ular PHPda satrni ko‘chishini bildiradigan /n simvollar kombinatsiyasi bilan bo‘linishi kerak (agar “Qo‘shimcha sarlavhalar” orasida From maydoni ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda web-server pochta dasturi yordamida to‘ldiriladi, masalan, “Unprivileged User”nomi bilan).
if (shart) {...shartlar to‘g‘ri bo‘lsa, bajariladigan komandalar...;} – u yoki bu shartning haqiqiy yoki yolg‘on ekanligiga bog‘liq bo‘lgan harakatlarni bajarish komandasi. Shakldor qavslar ichida nuqta vergul bilan ajratilgan bir nechta komandalar joylashishi mumkin.
for (hisoblagichning boshlang‘ich ma’lumoti; sikl davomiyligining sharti; har bir siklda hisoblagichning o‘zgarishi) { ...komandalar... ;} – bu sikl, ya’ni hisoblagich siklning o‘zgarish shartiga to‘g‘ri keladigan va unda ko‘rsatilgan komandalarning takrorlanish soni (ya’ni, sikl komandasini bajaruvchi sonning sanog‘i uchun ajratilgan o‘zgaruvchi).
while (shart) { ...komandalar... } – shartli sikl. Shakldor qavslardagi komandalar sikl sarlavhasidagi shart bajarilguncha bajariladi. Sikl uzilishi uchun, shartlar bajarilishi to‘xtatilishi kerak – shuning uchun sikl tarkibida bu shartga ta’sir qilish imkonini mo‘ljallash kerak.
do { ...komandalar... } while (sharoit) sikli – huddi shunday ishlaydi, ammo shakldor qavuslar ichida ko‘rsatilgan komandalar, hatto shart bajarilmasa ham, faqat bir marta bajariladi. Sikl bajarilishini to‘xtatish, break operatori yordamida amalga oshirish mumkin. Dasturning keyingi qadami yopiladigan shakldor qavsdan keyingi komandasi hisoblanadi. Continue operatori esa sikl bajarilishning, joriy pog‘onasini to‘xtatadi, ya’ni bu operatordan keyin dasturni keyingi bajarilishi sikl sarlavhasining sharoitini tekshirishidan boshlanadi.
switch (ifoda) {case ma’no: ... komandalar...; break; case boshqa ma’no: ... komandalar...; break;} – tanlash operatori. Uning ish davomidagi shakldor qavslarining tarkibi tepadan pastga ko‘rib chiqiladi. Ifoda ma’nosi bilan bir hil bo‘lgan case operatori topilganidan so‘ng, PHP butun kodni bajarishini boshlaydi, bu case operatordan so‘ng shakldor qavsgacha switch operatori yoki birinchi shakldor qavsgacha break operatori, qaysi biri birinchi paydo bo‘lishiga bog‘liq (diqqat qiling, switch operatori sarlavhasidagi bitta variantga tegishli ifoda ma’nosiga ega bo‘lgan kod ohirida break komandasi ko‘rsatilmasa, PHP kodni bajarishni davom ettiradi – ya’ni keyin case operatorga tegishli bo‘lgan! Bu – boshqa programmalashtirish tillarda shu operatorning o‘xshash operatorlardan farqidir). Switch operatori oxirida default operatorini ko‘rsatishi mumkin. Bundan keyin joylashgan kod agar ifodaning ma’nosi operatorning sarlavhada hech qaysi case operatorlarni ifodalari bilan to‘g‘ri kelmasa – bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |