Virtual xostlar bilan ishlash
Windows NT, 2000 yoki XP (va boshqalar) foydalanuvchilarning diqqatiga. Davom ettirishdan oldin “DNS-klient” xizmati ishga tushirilganligini tekshiring. Buning uchun “boshqarish paneli” ga kirib, ma’muriyatchilik xizmatlarini ochib tekshirasiz. U holda virtual xostlar ishlamaydi.
Yangi xostni qo‘shish uchun, quydagilarni amalga oshirishingiz kerak:
/home papkada virtual xost nomi bilan to‘g‘ri keladigan nom yaratish. Misol uchun, kelgusi saytimiz http://test.ru/ yoki http://test.ru/ manzil bo‘yicha ochilishni xohlasak, u holda /home direktoriyasida «test.ru» (/home/test.ru/) osti direktoriyasini yaratishimiz kerak. Bu direktoriya test.ru uchun uchinchi darajali domen hujjatlarini saqlaydi. Misol uchun abc.test.ru nomi /home/test.ru/abc/ direktoriyali server bilan bog‘lanadi, abc.def.test.ru nom esa /home/test.ru/abc.def/ bilan. Albatta www osti direktoriyasi www.test.ru va test.ru adreslarga to‘g‘ri keladi. 7-rasmda /home direktoriyasi ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Virtual host direktoriyasida www papkasini yaratishni unutmang, chunki uning sahifa va skriplari aynan unda saqlanadi.
7-rasm.Home direktoriyasi
Ish stolidagi Restart servers yorlig‘idan foydalanib serverni qayta ishga tushiring.
Uzoqdagi dostup kontrollyori
Virtual xostlarni yaratish paytida, uzoqdagi dostup kontrollyori ba’zi sistemalarda hostni birinchi ochilishida 8 va 9 rasmlarda ko‘rsatilgani kabi imkoniyatlarni taklif etadi.
Bu holda har doim Ulanish yoki Qaytarish javoblarini tanlash kerak (Avtonom javobini bermang).
8-rasm
9-rasm
Agar sizning uzoqdagi dostup kontrollyoringiz Ulanish javobiga modemda raqamlarni terishni boshlasa, u holda brauzerga kirib Servis/sharhlovchi xususiyatlari/ ulanish menyu punktiga va Uzoqdagi dostup sozlash bo‘limiga Foydalanmang (yoki Never Dial a connection) bayrog‘ini qo‘ying.
Bu tavsiyalar Windows 2000 foydalanuvchilari uchun. Qolgan barcha sistemalarda menyu punktlari va tugmalari biroz boshqacha nomlanadi, lekin mazmuni o‘sha bo‘yicha qoladi.
Proksi-server
Windowsning ko‘p turlari yoqilgan proksi-server bilan yetkazib beriladi. Bu Denwer bilan ishlash davomida qiyinchiliklarni tug‘diradi (oson yechimga ega).
Agar http://localhost sahifasi Denwerni ishga tushirilgandan so‘ng ishlamasa, brauzer sozlashida proksi-serverni o‘chirish kerak. “Oddiy” xostlar uchun (localhost, test, dklab va hokazolar kabi), Sharxlovchi xususiyatlari/Ulanish/Tarmoqni sozlash/Qo‘shimcha ilovada “lokal manzillar uchun proksi-serverni ishlatmang” bayroqcha bo‘lishi yetarli.
Agar localhost ishlasa, ammo test1.ru (va nomi bir necha bo‘limlardan iborat bo‘lgan hostlar) ishlamasa, u holda sizning brauzer ohirgi hostni lokal sifatida aniqlayolmaydi. U holda proksi-serverni butunlay o‘chirishingiz yoki Ulanish/Tarmoqni sozlash/ Qo‘shimcha/istisnolar ro‘yxatida hostlarning nomlarini sanab otishingiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |