Mavzu: Maktab ta’limiga tayyorlov o‘quv amaliyotining maqsad va vazifalari.“Mening qadrdon O‘zbekistonim” hafta rejasi bo‘yicha bolalar faoliyatini tashkil etish.
Reja:
Mutaxassis tayyorlashda amaliyot dasturining o'rni
O'quv amaliyotining maqsad va vazifalari
Mutaxassis tayyorlashda amaliyot dasturining o'rni:
Mutaxassis tayyorlashda o'quv amaliyoti dasturining "Tikuvchi" kasbi doirasida amaliyotning tashkil etishning o'rni va ahamiyati shundan iboratki, professional ta'lim tizimidagi ta'lim muassasalarida maxsus fanlar kesimida o'quv amaliyoti ishchi o'quv dasturlarini va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish boshlang`ich professional ta'lim darajasining o'qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda asos bo'lib xizmat qiladi.
O'quv amaliyotining ishchi o'quv dasturi tegishli mutaxassislik tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o'qitish natijasi belgilangan aniq ketma-ketlik asosida va umumiy, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo'ljallangan. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o'rni va dolzarbligi shundan iboratki, kasbiy tayyorgarlikni ta'minlash va ta'lim dasturlarini amalga oshirishda kasb standartlari va Worldskills standartlari talablariga muvofiq ;mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni hisobga olgan holda o'quvchilarni amaliy mashg'ulotlarini natijalarini baholash bo'yicha yagona yondashuvga mezoni hisoblanadi.
Amaliyot mashg'ulotining vazifalari
Maktab ta’limiga tayyorlovamaliyoti o’quv amaliyotidasturining asosiy vazifasi maktabgacha ta'lim muassasalari va oilada bolalarga rahbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko`nikmalar berishdan iboratdir. Ushbu dasturning o`qitilishidagi asosiy vazifalaridan biri, O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi, Qonun va “Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo`yilgan davlat talablari”, “Ilk qadam” Davlat dasturi asosida ishni to`g`ri tashkil qilish, mehnat tarbiyasini to`g`ri yo`lga qo`yish, o`quvchilarni maktabgacha yoshdagi bolalar Maktab ta’limiga tayyorlovamaliyotiga rahbarlik qilish uchun tayyorlashdan iboratdir. Ta’limning yangi modulida jamiyatda mustaqil fikrli, erkin shaxsni shaklantirishga e’tibor berilar ekan, Maktab ta’limiga tayyorlovamaliyoti o’quv amaliyoti fanining maqsad, vazifalari, hamda malakali mutaxasislar sifatida o’z qobilyatlarini rivojlantiradi, o’z sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsata oluvchi muttaxassislarni tarbiyalashdan va yetishtirishdan iboratdir.
Dastur maktabgacha talim muassalarida ishlovchi sog’lom barkamol avlodni tarbiyalashda, yuksak insoniy fazilatlarga ma’naviy qadriyatlariga oid ko’nikma va malakaga ega bo’lgan muttaxassislarni yetishtirishni ko’zda tutadi.
O`quvchilarda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” da bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning asosiy sohalarini;
-“Ilk qadam” davlat o’quv dasturini taxlil qila olish va ishlarni rеjalashtirishni;
-MTTga qamrab olinmagan bolalar bilan ishlash, maktab ta'limiga sifatli tayyorlash yo’llarini;
-MTTda maktabga tayyorlov guruxlarda ta'lim jarayonini rеjalashtirishni;
-Ta'lim faoliyati mazmunini komplеks ravishda tashkil etib rеjalashtirishni;
-ta'lim-tarbiya jarayonni rеjalashtirishda mеtodik yondoshishni, nazariy egallagan bilimlaridan foydalanishni;
-MTTda bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomni, yong’in xavsizligi va mеxnatni muhofaza qilish qoidalarini;
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda sodda yo’riqnomalarni tushuna olish va ularga amal qilishni;
-Ta'lim jarayonida mavzularga mos pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash, didaktik va audiovizual vositalardan foydalanishni;
-Bolalarni individul extiyojlarini hisobga olgan holda variativ dasturlarni qo’llay olishni bilish. MTT pedagogik talabni hisobga olish. O`quvchilarni badiiy didlarini shakllantirish. Vaqtni tejash. Tez maqsadga muvofiq ishlash odatlarini shakllantirishdan iboratdir.
2-Mavzu: “Mening shahrim – mening mahallam” hafta rejasi bo‘yicha bolalar faoliyatini tashkil etish.“Men va mening oilam” mavzusida bolalar faoliyatini tashkil etish
Reja:
Bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalaridagi hayot sharoitiga va tarbiyaga moslashishi.
“Men va mening oilam” mavzusida bolalar faoliyatini tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |