Mening mahallam-mening faxrim



Download 10,65 Kb.
Sana18.08.2021
Hajmi10,65 Kb.
#150245
Bog'liq
Mening mahallam-mening faxrim


Mening mahallam-mening faxrim.

Reja:


1. Mahalla – Vatan ichra kichik vatandir.
2.     Mahalla – ulug` qadriyatlarimiz beshigi.
3.     Bobom – mahallamiz faxriylaridan.
4.     Buvimga o`xshashni havas qilaman.

Biz, barchamiz, mahalladan qarzdormiiz.
                    
                                    Qadim qadriyatlar beshigi o`zing.
                                    Farzandlarning fazl-u kamoli o`zing.
                                    Qayga borar bo`lsam, mudom qo`llabon.
                                     Onam zor-zor kutgan eshigim o`zing.
                                                                       (o`z ijodimdan).
         Mahalla… Shu birgina so`z zamirida butun olam ezguliklari, urf –odat va an`analari, qaynoq tafti mujassam. Mahallam mening  uchun mehri beminnat onam misoli. Onam har tong boshim silab uyg`otib, yaxshiliklarga undasa, mahallam ulug`-ulug` maqsadlar sari qo`limdan tutib   hamdam bo`ladi. Onaizorim oq yuvib oq taragan bo`lsa, mahallam mana shu oqlikni yuragimga ko`chirgan Ka`bam desam xato bo`lmaydi. Boisi, kindik qonim to`kilgan bu zaminim oq niyatlarni ko`nglimga tugishni o`rgatgan. Birovning haqqi  hech qachon birovniki bo`lmasligini, xalqimizdagi sabr-u qanoat tushunchalarining qanchalik qon-qonimizga singib ketganligini ko`nglimga qadagan.
           Azaldan Vatanni ulug`lab, uning uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bizga yurtni sevishni, uni ardoqlashni  o`rgatib kelishgan. Shuning uchun ham Vatan ona so`zi bilan  doim  birga qo`llanadi. Vatanim – onam...
  Shu Vatan ichra vatanim deya ulg`laganim esa mening mahallamdir. Vatanim mening uchun barcha ezgu ishlarga undovchi ostonam bo`lsa, mahallam qo`llaguvchi hamdamimdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o`rni va maqomi belgilab qo`yilgan”. Bu maqom  hali-haligacha o`z o`rnini saqlab, kundan kunga yuksalib boryapti.  Birgina bizning mahallamiz misolida oladigan bo`lsak,  barcha kishilar ahil, inoq yashashadi. Bu, albatta, mahalladoshlarimizning birdamligidan. Barcha insonlar holidan, ayniqsa, keksalarimiz, mehrga muhtoj kishilasrni tez-tez yo`qlab, ularning yumushlariga biz, mahallamiz bolalari, qizlar  yordamlashib, og`irlarini yengil qilamiz. Ularning arzimaz yumushlarni bajarganimizda uzundan uzoq duo qilishlari, avvalo, yurtimizga tinchlik tilashlari meni doim to`lqinlantiradi. Axir  shu emasmi buyuk baxt. Axir shu emasmi kelajakka ishonch. Azaldan xalqimizda “Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi” maqoli bejizga  aytilmagan. Bu oltinga teng  duolar bizlarni katta-katta marralarga undaydi. Har gal vatanimiz yoshlarining fan va sport sohasida erishgan yutuqlari, qo`lga kiritgan medallari haqida eshitganimda yoki ko`rganimda  qalbim hayajonga to`lib, ko`zimda yosh aylanadi. Keksalarimizning qilgan duolari ijobatini ko`rgandek bo`laman.
      Biz, yurt farzandlarining bunday marralarga erishishi uchun  oilamizda, mahallamizda berilayotgan e’tiborning samarasi deb bilaman. Oilalamizda  keksa bobolarimiz har bahor yoshgina nevaralarini yetaklab ko`chak ekish uchun bog`ga yo`l oladilar. Bu oddiy odat zamirida qanchadan qancha ma’no bor. Yosh go`dak jajji qo`llari bilan niholni ushlab, bobosining qilayotgan harakatlarini kuzatib turadi. Bu orqali uning qalbiga ko`chak bilan birgalikda ezgulik urug`i qadaladi. U bolakay ulg`ayganda ham yoshligida o`rgangan odatini har bahor takrorlayveradi. Buvilarimiz keksa bo`lishlariga qaramay qo`llariga igna-ip olib kashtalar tikishadi. Yoshgina jajji qiz nevaralari esa ularning atroflarida  girdikapalak bo`lib, tikishga urinishadi. Bu oddiygina urinish ulardagi fazilatlar eshigini ochadi. Qizlarimiz qo`liga igna olishi bilan sabr atalmish yuksak tuyg`uni o`zida shakllantirib boradi. Sababi, kashtachilik, tikish-bichish kishidan alohida mehr, sabr-toqatni talab qiladi. Shu birgina ish bilan buvilarimiz bizlardagi hayot mashaqqatlari oldida sabrimizni mustahkamlashni o`rgatadilar. Shunday yuksak odatlarni ko`rganimda beixtiyor yurtboshimizning aytgan so`zlari qulog`im ostida jaranglaydi: “Azaldan o`zbek mahallasi milliy qadriyatlar maskani bo`lib kelgan. O`zaro mehr- oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to`y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko`pchilik bilan bamaslahat otkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo`lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, avvalombor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan”.   
     Mustaqillik yilarida esa mahallaning bu azaliy qadriyatlari, xususiyatlari qatoriga ko`pgina yangi vazifalar, majburiyatlar kelib qo`shildi. Mahallaning jamiyatdagi o`rni, mavqeyi, vakolatlari kengaytirib berildi. Har bir mahalla o`z oqsoqoliga (raisi), maslahatchi va posbonlariga ega bo`ldi. Bu mahallaning Vatan ichra kichik Vatan ekanligining isboti emasmi? Mahalla o`zini – o`zi boshqaruvchi jamiyat tarkibidagi kichik bir davlat bo`ldi. Bu mustaqilligimiz bergan ulug` ne’mat emasmi?
Download 10,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish