Mustahkamlash:
1.Tana a`zolarimizga nimalar kiradi?
2.Meva va sabzavotlarni hayotimizdagi o`rni.
Rag`batlantirish:
Mashg`ulotda yaxshi qatnashgan bolalar shirin so`zlar va maxsus yulduzchalar bilan tagdirlanishadi
Tayyorlov guruh.
Oy mavzu:G’aroyib olam.
Xafta mavzu:”O’zbekistonning buyuk siymolari”
1-kun.
Elementar matematika.Defektolog.
Mavzu:Predmetlarni 15 tagacha sanashni o’rgatish.
Ta’limiy maqsad:bolalarga 15gacha bo’lgan sonlarnin to’g’ri va tartibli sanashga o’rgatish.
Kerakli jihozlar:Qalam solish uchun 4ta idish,60 ta rangli qalamlar,har stolga bittadan quticha makkajo’hori bilan.2ta qopcha,40ta koptokcha va koptokchani solish uchun quti.
Faoliyatning borishi:Defektolog:bolajonlar stoldagi bo’sh idishlarni har bittasiga 15tadan qalam solib chiqadi.Ularni bittadan sanab ko’rishadi.Barcha idishlarda 15tadan qalam bor.Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Qo’shimcha qism:Har bir stolga qutichalar qo’yiladi.Defektolog qutichalar makkajo’hori qalamchalari borligini aytib,15ta makkajo’hori qalamchasini oldilarida turgan likopchalarga sanab solishlarini aytadi.
Blimlarmi mustahkamlash uchun o’yin:”Kim chaqqon?”
Bolalar 2guruhga bo’linadilar,2qator bo’lib turadilar.Bolalardan 5metr uzoqlikda koptokchalar to’ldirilgan 2 ta quti qo’yiladi.Har bir guruhga bittadan qopcha beriladi.Har bir guruhdan bittadan bola 5 metr uzoqlikda qo’yilgan qutidan 1dona koptok olibkeladi va 1-bola 1 deb,2-bola 2 deb va nihoyat 15-bola 15 deb qopga soladi.Qoplardagi koptoklar bolalar bilan birgalikda sanab ko’riladi.Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Markazlarda faoliyat.
1.San’at markazi.
2.Ilm-fan va tabiat markazi.
3.Sujetli rolli o’yinlar markazi.
San’at markazi.
Mavzu:Registon maydonini chizish.
Maqsad:Registon maydoni aks etgan sur’atlarni ko’rish,sur’atning qog’ozni bor hajmiga joylashtirish.Akvarel bo’yog’i va mo’yqalamdan foydalanishni bilish(mo’yqalamning uchi bilan vertikal va turli yo’nalishda erkin harakatlantirish)
Kerakli jihozlar:suv uchun stakan,sochiqcha,qog’oz.
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi faoliyati.
1.Registon maydoni suratlarini tomosha qilish.(Akt yordamida)
2.Rasm chizish tartibini ko’rsatib tushuntirib berish.
3.Bolalarning ijodiy faoliyati.
4.Bolalar ishlarini ko’rgazmasi.
5.Faoliyatni yakunlash.
Qo’shimcha qism:Sharq arxitekturasi albomini tomosha qilish.
Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Quvnoq daqiqa:Katta chiziq,
Kichik chiziq.
Biz yozamiz,
Uzuq-uzuq.
Katta chiziq ,
Kichik chiziq,
Yozuvlarim juda qiziq
Ilm-fan va tabiat markazi.
Mavzu:Ohanrabo(Magnit)bilan tajriba.
Maqsad:Ohanrabo(magnitning)xususiyatlari bilan tanishtirish,buyumni o’rganib tajriba o’tkazish,ilmiy farazlarni o’rganib xulosalar qilish.
Kerakli jihozlar:yog’ochdan yasalgan buyumlar,temir buyumlar,plastmass,polat,qog’oz,ohanrabo(magnit)
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi faoliyati.Ohanrabo(magnit)hamma narsani tortadimi?
Tajriba o’tkazishda hamma buyumlarni ikki guruhga ajratish:temir va temir bo’lmagan buyumlar .Navbat bilan ohanraboni birinchi va ikkinchi guruh buyumlariga yaqinlashtiriladi.Shunda aniqlanadiki,temir bo’lmagan buyumlarni ohanrabo o’ziga tortmaydi,biroq temir buyumlar ohanraboga darrov yopishadi,ba’zilari esa uni tortish kuchini aslo sezmaydi.
Xulosa:ohanrabo po’lat,nikel,temir va shunga o’xshash buyumlarni o’ziga tortadi,yog’och,plassmassa,qog’oz ,matoni tortmaydi.
Didaktik o’yin:”Kim yoki nima yetishmayapdi?”
Maqsad:mulohaza qilish va o’ylash,mustaqil o’rganish,qo’shimcha qilish,fikrni jamlash va e’tiborni o’yinga taqsimlashni o’rganish.
O’yinning vazifalari:Har xil qiyinchilik darajadagi mantiqiy o’yinda bolalarni tirik tabiat haqidagi leksik mavzular bilan tanishtirish.
Masalan:O’simlik.Qiyinchilik darajasi N1 bo’sh katakni yetishmayotgan rasm bilan yopish.Kataklar soni 3ta.
Uy hayvonlari.Qiyinchilik darajasi N2.4katakni yetishmayotgan rasm bilan yopish kerak,qatorlarda rasmlar takrorlanmasligi kerak.kataklar soni 4ta.
Sujetli rolli o’yinlar markazi.
Mavzu:”Dorixona”
Maqsad:”Dorishunos”kasbi bilan tanishtirish,bemorga nisbatan hamdardlikni his qilish,muloqot madaniyati.
Kerakli jihozlar:oq xalat,bosh kiyim,retsept,tbbiy vositalar,paxta,bog’lam,shisha idishlar,dorivor o’tlat qutichasi,tomizg’ich(pipetka),tanometr,fonedoskop.
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi faoliyati.
1.O’yin qoidalari bilan tanishtirish.
2.Rollarni taqsimlash.
3.O’yin rejasini tuzish.
4.Xulosa qilish:bolalar fikriga ko’ra amalga oshmagan holatlarni muhokama qilish,o’yindan tassurotlarini so’zlash,bolalar yana o’ynashni hohlaydilarmi?
Qo’shimcha qism:Mtmning tibbiyot xonasiga va dorixonaga ekskursiya uyushtirish.
Quvnoq daqiqa:
Barmoqlarim buklab,
Jajji qaddimni tiklab.
U yon bu yonga qarab,
Qadam tashlayman bittalab.
Jismon tarbiya yo’riqchisining faoliyati.
Mavzu:”Kurash”
Maqsad:boladan epchillik va chaqqonlik hamda bardoshlilik talab etiladi.Kurash bu mard,paxlavon,epchil ikki yigit o’rtasida o’tkaziladigan olishuv,kuch sinashdir.
O’yin jarayonida erishilgan natija:1.Jismoniy-Epchillikka chaqqonlikka intiladi,chidamlikka o’rganadi,muvozanat saqlashga,qo’l va oyoq harakatlari rivojlanadi.
2.Ruhiy_bardoshlikka,irodaviylikka,yetakchi bo’lishga intiladi.
3.Ma’naviy_milliy qadriyatlarimizni hutmat qilishga o’rganadi.
2-kun.
Nutq o’stirish.
Mavzu:Buyuk siymolar kitoblarini tomosha qilish.
Maqsad:Bolalarga kitoblarni tomosha qilish orqali buyuk siymolarimizni yaqindan tanishtirish,ularga nisbatan mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Kerakli jihozlar:Buyuk siymolar kitoblari.Rasmlari.
Faoliyatning borishi:Defektolog bolalarga guruhdagi nutq v Til markaziga borishlarini aytadi.U yerdagi kitob javonidan buyuk siymolar haqidagi kitoblarni olib ularni tanishtiradi.Buyuklar haqida gapirib ularga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantiaradi.Bolalarda tasavvur dunyosi kengayadi.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Yig’laydi jimjiloqcha
Tushunmaydi akasi.
O’rta barmoq qaramas
Hatto ne deb so’ramas.
Ko’rsatgich undan so’rar,
-Qorning ochgandir balki?
Kattasi keltirib osh,
Deydi:Yeb oshing,so’ng bo’l yuvosh.
Musiqa rahbarining faoliyati.
Mavzu:”Bir jahon bolalarmiz”K.Kenjayev musiqasi.
Maqsad:Bolalarni musiqiy idrokini,didini,eslab qolish qobiliyatini va musiqa tinglash madaniyatini shakllantirish.Musiqa haqidagi bilimlarini mustahkamlash va o’z tassurotlari orqali erkin hikoyaga o’rgatish.
Kuylash:”Mir Alisher bobolar”R.Bobojonov musiqasi.Qo’shiq so’zlari,mazmuni,musiqasi,bastakorlar ijodi bilan tanishtirish.Bolajonlarga qo’shiqni ko’tarinki,quvnoq,biyuk siymolarga hurmatini ifodalagan tarzda ijro etishga o’rgatish.
Raqs:”Popuri”harakatlarini to’g’ri ko’rsatib berishga tushuntirish.Bolalar diqqtini torta oladigan,qardosh xalqlar raqs harakatlarini musiqa bilan bog’liq ekanligini anglab yeta oladigan darajada aniq qisqa ifodali tushuntirish.
Musiqiy didaktik o’yin:”Musiqiy kuylar orqali qo’shni mamlakatlari xalqlarini topish,ularning madaniyati va san’atlari,kiyimlari bilan tanishtirib o’tish.Mayda qo’l motorikasini rivojlantirish.
Markazlarda faoliyat.
1.Qurish yasash va matematika.
2.Sujetli rolli o”yin markazi.
3.San’at markazi.
Qurish yasash va matematika markazi.
Mavzu:”Registon maydoni”(yirik qurilish ashyolarida foydalanib kurish)
Maqsad:Samarqand shahridagi Registon maydoni bilan tanishtirish,yirik qurilish ashyolari bilan ishlash usullarini bilish,inshoatlarni ijodiy quradi.
Kerakli jihozlar:Registon maydoninig sur’atlari,yirik qurulish materiallari.
Faoliyatning borishi:
1.Kirish.Suhbat.Registon maydoninind sur’atlarini tomosha qilish.
2.Bolalarning ijodiy faoliyati.
3.Faoliyatni yakunlash.
E’tiborga molik jihati:qurulish tanlashda ijodiy yondashuv.
“Teskari sana”o’yini.
Maqsad:bolalarda sanash qobiliyatini rivojlantirish.
O’yinning borishi:Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar doira shaklida turib oladilar va ular 10dan boshlab teskari sanaydilar.Birinchi bola 10 degach 9 degan bolaga qarab koptok uloqtiradi.So’ng sakkiz deganga yana uloqtiradi.O’yin shu tariqa davom etadi.
Sujetli rolli o’yin markazi.
Mavzu:”Pochta”
Maqsad:sujetli o’yin o’ynash,rol uchun dialog(ikki kishining muloqatini)tuzish,o’yinni rivojlantirish,bir-birining o’yindagi hatti-harakatlarini muhokama qilish,kattalar yordamida o’yinga qo’llaniladigan atributlar tayyorlash.
Kerakli jihozlar:twelegram qog’ozi,posilka xabarnomasi,konvertlar,tabriknomalar,gazeta,jurnallar,shtamp.Pochtalyon sumkasi,O’zbekiston xabarchisi(pochtalyon)ning mahsus kiyimi,pochta qutisi.
Faoliyatning borishi:”Pochtachi”she’rini o’qish.
Shahdam qadam ila charm sumkasi bilan,
Xatlar,tabrik...nimalar yo’q.
Yomg’irda ham qorda ham
Shoshiladi xabarchi,elga xabar bergani:
Kimga xabar kimga teledastur,
Kimga jo’natma kimga telegramma.
1.O’yin uchun sujet yaratish.
2.Rollarni taqsimlash.
3.O’yinni olib borish.
E’tiborga molik jihati:To’g’ri nutqni shakllantirish,harflarni to’g’ri talaffuz qilish.
Quvnoq daqiqa:
Oyoq uchida yurib,
Qo’lni belga tushurib.
Aylana hosil qilib,
Mashqlarni bajarib,
Kichkina bola demang,
Aslo g”amimiz yemang.
Siz ham bola bo”lgansiz,
Bizdek sho”xlik qilgansiz.
San’at markazi.
Mavzu:Ko’za rasmini chizish.
Maqsad:ko’za rasmi aks etgan sur’atlarni ko’rish,sur’atni qog’ozni bor hajmiga joylashtirish.qalamlardan foydalanishni bilish.
Kerakli jihozlar:A4 formatli qog’oz,rangli qalam.o’chirgich.
Faoliyatning borishi:
1.Ko’za rasmlarini tomosha qilish (Akt yordamida)
2.Rasm chizish tartibini ko’rsatib tushuntirib berish.
3.Bolalarning ijodiy faoliyati.
4.Bolalar ishlarini ko’rgazmasi.
5.Faoliyatni yakunlash.
Qo’shimcha qism:Mavzuga mos she’r yod oldirish mumkin.
Jismoniy daqiqa:
Suvda nima suzadi?
Osmonda nima uchadi?
Baliq bo’lib suzamiz,
Qush bo’lib uchamiz.
Bu yonga qaraymiz,
Bu yonga qaraymiz,
O’tiramiz turamiz,
Rostlanib olamiz.
3-kun.
Nutq o’stirish.
Mavzu:Ta’limiy o’yin.”Topshiriqni bajar”
Maqsad:Bolalarni so’z boyliklarini o’yinchoqlar nomini anglatadigan otlar bilan boyitish.Katta-kishik,ustida-tagida kabi so’z birikmalarini bolalar lug’atiga kiritish.Bolalarni o’yinchoqlarni ajratish va uning nomlarini aytishga o’rgatish,shuningdek,ularning asosiy sifatlari(rangi va hajmi)bilan tanishtirish.
Vazifasi:Bolalarni nutqni tushuna olish,eshitish qobiliyatlarini shakllantirish,bolalarga “ustida-tagida”so’zlarining ma’nosini tushuntirish va bu so’zlarni defektologning ketidan ifodalashga o’rgatish.
Kutilayotgan natija:Bolalar guruh xonasi bilan tanishadilar,”ustida-tagida”so’zlarining mazmunini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:Turli o’yinchoqlar:katta-kichik qo’g’irchoqlar,katta va kichik ayiqchalar,katta va kichik quyonchalar.
Faoliyatning borishi:Defektologning stolida o’yinchoqlar:katta va kichik ayiqchalar,katta va kichik quyonlar,katta va kichik mashinalar bor.O’yinchoqlarni ko’rsatib defektolog ularning nomlarini aytishga ularning nomini,rangini,xajmini aytishini so’raydi.Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Markazlarda faoliyat.
1.San’at markazi.
2.Ilm-fan markazi.
3.Sujetli rolli o’yin markazi.
San’at markazi.
Mavzu:Sur’atlarni bo’yash.
Maqsad:buyuk siymolarnig rasmi bilan tanishish,bo’yashni noanaviy usullarini qo’llagan holda qog’ozga tushurish.
Kerakli jihozlar:Buyuk siymolar taqdimoti va bo’yash daftari,bo’yoq,mo’yqalam,suv uchun idish,qog’oz,sochiqcha,paxtali tayoqchalar,qora qalam,sur’atlar.
Faoliyatning borishi:
1.Buyuk siymolar haqida suhbat va taqdimot.
2.Bezatishni ketma-ketlikda tushuntirib berish.
3.Mustaqil bo’yash.
4.Bolalar ishi taqdimoti.
Xulosa:estetik qabul qilish,rang va ritmni rivojlantirish,xalq amaliy san’atini chuqurroq his qilishni o’rgatish.
“Pufak” o’yini.
Pufagim semir,
Havoni simir.
Mayli ko’p olma,
Yorilma shoshma.
Ilm_fan va tabiat markazi.
Mavzu:Tajriba ishi:”Kun va tun almashinuvi”(lampochka va globus bilan taqdimot)
“Quyosh sistemasi”,”Quyosh tutulishi”
Maqsad:maqsadga yo’naltirilgan holda taqdimot olib borish,kuzatish,bilish faoliyatini va tajriba ishini o’tkazishga qiziqish uyg’otish.
Kerakli jihozlar:2 ta globus,2 fonar,yula,o’yin “Planetalar”,2 topshiriqlar aka etgan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1.Muammoli vaziyat:quyosh yer sharini bir vaqtning o’zida har tomondan yorita oladimi?
2.Tarbiyachi:”Kun va tun”haqida topishmoq o’qiydi.
3.Tajriba ishini o’tkazish.
4.Xulosalar.
Qo’shimcha qism:Quyosh tizimi tasvirlangan sur’atlarni tomosha qilish.
E’tiborga molik jihati:bolalarni ijobiy hamkorlikka chorlash.
Ta’limiy o’yin.”Kecha,bugun,ertaga”
Sujetli rolli o’yin markazi.
Mavzu:Qo’lqop teatri.(bolalar tanloviga ko’ra)
Maqsad:Teatrlashtirilgan o’yinga qiziqish uyg’otish,ertak mazmunini ijodiy ketma-ketlikda qo’yish.Qo’lqop teatri bilan ishlash.
Kerakli jihozlar:Qo’lqop teatri qo’g’irchoqlari.
Faoliyatning borishi:
1.Tanlangan ertak bilan tanishtirish.
2.Sahnalashtirilgan ertak uchun sujet yaratish.
3.Rollarni taqsimlash.
4.Ertak tugagach tahlil qilinadi.
Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Harakatli mashq:”Paypoqcha”
Paypoqchamni sovun bilan sovunlayman’
Qo’llarim bilan ishqalayman.
Paypoqchamni chaqqon chayib,
So’ng arqonga yoyaman.
Jismoniy tarbiya yo’riqchisi faoliyati.
Mavzu:”Kim tez o’raydi?”
Maqsad:Bolalarni tezkorlikka,epchillikka o’rgatish ularning jismoniy rivojlanishini oshirish.
O’yin uchun kerakli jihozlar:2 bo’lak arqon,uzunligi 4-5 metr,4ta chillak,qalinligi 3sm.
O’yinning borishi:O’yin 6-8 nafar bola,4guruhga bo’lishib o’ynashadi.O’yin uchun 2 bo’lak arqon uzunligi 3-4 metr va chillak kerak bo’ladi.Bolalar 4 tomonga plus shaklida joylashishadi.To’rt tomondan bolalar “boshla”deyishi bilan arqonni o’rab markazga qarab kelishadi.Markazga kim birinchi kelsa,o’sha bola g’olib hisoblanadi.
Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
4-kun.
Elementar matematika.
Mavzu:Soat bilan tanishtirish.
Maqsad:Bolalarga soat haqida tushuncha berish.
Kutilayotgan natija:Bolalar soatning vazifasini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:Soat,oq qog’oz,sanoq cho’plari,doira shakli qirqimi,kesma raqamlar,bo’r.
Faoliyatning borishi:Defektolog:Bolajonlar vaqt qanday qismlardan iborat?
To’g’ri vaqt yillarga,oylarga,kunlarga bo’linadi.Bolalardan har bir daqiqa ham hisoblab borilishini bilishlari so’raladi.Bu albatta soat yordamida hisoblanadi.Soat qanday ovoz chiqarishi so’raladi?Soatlar har xil ko’rinishda bo’lishi aytiladi.Soatlarning shakllari aytiladi:oval,to’rtburchak,uchburchak,ko’pburchak shakllarida bo’lishi tushuntiriladi.Shu tariqa tushuntirishlar beriladi.
Defektolog:Bolalarning oldida oq qog’oz turganini va soat tasvirini hosil qilishlarini aytadi.Oq qog’ozning o’rtasiga kartondan doira shaklini qo’yib qalam bilan yurgizishlarini aytadi va qaychi bilan qirqishadi.So;ngra dorani olib 2 ga buklashadi,yana buklasadi.Doirada 4ta chiziq hosil bo’ladi.Har bir chiziq oralig’ini ko’z bilan chamalab 2 ta nuqta qo’yishadi.Shunda har bir chiziq oralig’i 3 ga bo’linadi.O’ng tomondan yuqoridagi nuqtaga 1ni yozishadi,undan keyingi nuqtalarga 2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12 raqamlarini yozib chiqishadi.Soatning ko’rsatkichlarini sanoq cho’plardan yoki kartondan qirqib olishlari mumkin.Bolalarning ishlari “Vaqtni o’rganamiz”deb nomlangan burchaklariga qo’yiladi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin:
Defektolog katta doira shaklini chizadi va shaklga bitta raqamni qo’yadi.Bolalar soatning qolgan raqamlarini o’z o’rniga qo’yishlari kerak.O’yinni bolalar 2 guruhga bo’lib navbat bialn o’ynashlari mumkin.
Markazlarda faoliyat.
1.San’at markazi.
2.Sujetli rolli o’yin markazi. markazi.
3.Qurish yasash va matematika markazi.
San’at markazi.
Mavzu:Applikatsiya.”Ko’zani milliy usulda bezatish”
Maqsad:Ko’zani milliy naqshlar bilan bezatish,milliy naqsh elementlaridan to’g’ri kompozitsiya tuzadi.
Kerakli jihozlar:Turli xil kattalikdagi ko’zalar na’munasi,rangli qog’oz,qaychi,yelim,sochiqcha.
Faoliyatning borishi:
1.Milliy naqsh elementlari bilan bezatilgan ko’zalar sur’atlarini tomosha qilish.
2.Applikatsiya ishining tartibini ko’rsatib berish.
3.Bolalarning ijodiy faoliyati.
4.Bolalar ishlari ko’rgazmasi.
Qo’shimcha qism:musiqa sadolari bilan.
E’tiborga molik jihati:bolalarning diqqatini milliy naqsh elementlarining xilma-xlligiga qaratish,ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
O’yin:”O’zing top”o’yini.
O’yinning borishi:bolaning ko’zini bog’lab uning qo’liga turli buyumlarni navbat bilan beriladi.Bola ularning nima ekanligini topishi kerak.Bu harakatlarni bir xil tartibda bir necha marta takrorlanadi.Keyin boladan qanday buyumlarni ushlaganini tartib bilan aytiashi so’raladi.Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Sujetli rolli o’yi markazi.
Mavzu:”Dorixona”
Maqsad:”Dorishunos’’ kasbi bilan tanishtirish,bemorga nisbatan hamdardlikni his qilish,muloqot madaniyati.
Kerakli jihozlar:Oq xalat,bosh kiyim,retsept,tibbiy vositalar:paxta,bog’lam,shisha idish,dorivor o’tlar qutichasi,tomizg’ich,tonometr,fonedoskop.
Faoliyatning borishi:
1.Tarbiyachi o’yin qoidalari bilan tanishtiradi.
2.Rollarni taqsimlash.
3.O’yin rejasini tuzish.
4.Xulosa qilish:bolalar fikriga ko’ra amalga oshmagan holatlarni muhokama qilish,o’yindan tassurotlarini so’zlash.
Harakatli mashq:
Ipni tortib uzamiz,
Ignadan o’tkazamiz.
Ayiqchaga libos tikib,
Ko’ynak ishton kiygizamiz.
Qurish yasash va matematika markazi.
Mavzu:”Raketa”origami.
Maqsad:origami ish usullarini biladi,chizma bo’yicha ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Kerakli jihoz va materiallar:tayyor ishlar na’munasi,tungi osmon uchun ko’k rangdagi vatman qog’ozi,to’rtburchak shaklidagi har xil rangdagi tomonlari 15smli qog’ozlar,rangli qog’ozlardan kesilgan bo’lakchalar,yulduzlar uchun kumush rngli yaltiroq qog’oz,yulduz shakli,raketaning oynasi,raketani yasash algaritmi,yelim,mo’yqalam,qaychi.
Faoliyatning borishi:
1.Suhbat.
2.Raketani qurish algaritmi bilan tanishish.
3.Qog’ozdan raketani mustaqil buklash.
4.Raketa bilan mashq.
Qo’shimcha qism:raketa tasvirlarini tomosha qilish,videotaqdimotni ko’rish.
E’tiborga molik jihati:Bolalarga qog’ozni buklashda qiynalayotgan do’stlariga yordam berishga taklif qilish.
Foydalanilgan o’yin;O’rniga qo’y.
Maqsad:bolalarda xotirani rivojlantirish,ularda topqirlik ko’nikmasini shakllantirish.
O’yinning borishi:Tarbiyachi tarbiyalanuvchilardan likopchaga solingan narsalar soniga qarab o’sha son va raqamlarni ruchka yordamida ilmoq qilib birlashtirishni so’raydi.O’yin shu tariqa davom etadi.
Psixologning faoliyati.
Mavzu:O’zbekistonning buyuk siymolari.
“Art-terapiyasi”
Maqsad:bolalarda art-terapiya va buyuk siymolarga hurmat hissini oshirish,geometrik shakllarni,noodatiy usullarda hosil qilish.
Kerakli jihozlar:Buyuk siymolar rasmlari ,oddiy qog’oz,guash,legolar.
Faoliyatning borishi:Mashg’ulotni san’at markazida olib borish mumkin.Bolalarga dastlab olimlardan Al-Xorazmiy matemati olim haqida tushuncha berish.Alt-terapiyasi orqali ranglar bilan ishlash tushuntiriladi.Noodatiy usul bilan ya’ni uchburchak ,to’rtburchak,yarim aylana shaklidagi legolarni tortib ularni ranglarga bo’yab oq qog’ozga uchburchak,to’rtburchak,doira shakllarni tushuntirish va ichini bo’yash ishlari tushuntiriladi va ko’rsatib beriladi.
5-kun.
Savodga tayyorlash.
Mavzu:Tovush va harf.
Maqsad:tarbiyalanuvchilarga tovush va uning xilma-xilligi haqida ma’lumot berish.Tovushlar harflar bilan ifodalanishini tushuntirish.So’z va bo’g’inlardan tovushni ajrata olishni o’rgatish,o’zaro hamkorlikda ishlash qobiliyatini tarkib toptirish.
Faoliyat metodi:analiz va sintez.
Kerakli jihozlar:Kitob maketi,turli ertak kiroblari,buyumlar tasvirli kartochkalar,Akt.
Faoliyatning borishi:Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni nomini va so’zni bo’g’inga bo’lib aytadilar.(olma,ol-ma,tarvuz,tar-vuz.)
Defektolog bilan birga bir nechta rasmni ifodalovchi so’zni aytib bo’g’inga bo’ladilar.Bu jarayonda barcha xo’r bo’lib qaytaradilar.Hamma bolalar doira bo’lib turib oladilar va o’z qo’llaridagi kartochkalarni o’rtoqlariga navbat bilan ko’rsatib bo’g’inlab beradilar.Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Dikr-dikr sakraydi,
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qo’lida,
Sabzisini quyoncha.
Markazlarda faoliyat.
1.San’at markazi.
2.Sujetli rolli o’yin markazi.
3.Nutq va til markazi.
San’at markazi.
Mavzu:Do’stlik uyi rasmini chizish.
Maqsad:bolalarning qo’l motorikasini rivojlashtirish ,do’stiga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini oshirish.
Kerakli jihozlar:A4 formatdagi oq qog’oz,rangli qalam,o’chirgich.
Faoliyatning borishi:
1,Mavzuga mos rasm tomosha qilish.
2.Rasm chizish texnikasi va bo’yash ketma-ketlikini tushuntirib berish.
3.Mustaqil bo’yash.
4.Bolalar ishi ko’rgazmasi.
Qo’shimcha qism:mavzuga oid qo’shiqni tinglash.
Quvnoq daqiqa:
Biz yurdik-yurdik
Maymunjon terib oldik.
Oh qanday asal ekan,
Oh qanday shakar ekan.
Sujetli rolli o’yin markazi.
Mavzu:Dramalashtirilgan o’yin “Non isi”
Maqsad:dramalashtirilgan o’yinda erkin non isini qahramonlarini fe’l-atvorini tushunadi,kompozitsiyaning o’ziga hosligini his qiladi.
Kerakli jihozlar:qahramonlar kiyimlari,A.Navoiy uchun patqalam,siyohdon,xontaxta,dasturxon,gullar,atir,qalampir.Dehqon uchun lopotka,suvdon,non.
Faoliyatni borishi:
1.Bolalarga sujetni tushuntirish.
2.Dramalashtirilgan o’yin.
3.Rollarni taqsimlash.
4.Tahlil qilish.
Qo’shimcha qism:A.Navoiyning “Non isi”asarini o’qib berish.Hikoya qilib berish.
E’tiborga molik jihati;o’yinda hamkorlarga do’stona munosabatda bo’lish.
Quvnoq daqiqa:
Shamol-shamol shoshma yey’
Shovqin solma oshna yey.
Shoh-shabbani sindirma,
Sho’xligingni tanlayey.
Nutq va til markazi.
Mavzu:A.Navoiy asari bo’yicha suhbat “Ikki vafodor do’st”
Mavzu:asarni diqqat bilan eshitish,asar mazmuni va qahramonlari fe’l atvorini tushuntirish.Asar bo’yicha berilgan savollarga to’liq javoblar berish.
Kerakli jihozlar:asar matni.
Faoliyatni olib borilishi:
1.Do’stlik haqida suhbat.
2.Alisher Navoiyning “Ikki vafodor do’st” asarini o’qish.
3.Asar mazmuni bo’yicha suhbat.
4.Faoliyatni yakunlash.
Qo’shimcha qism:”Bizning eng yaxshi do’stimiz”asarini o’qish.
E’tiborga molik jihati:do’stlik qadrini anglab yetish,bir-biriga yordab berish va hurmat qilish.
Tetiklashtiruvchi mashq:
Oyog’imiz taq-taq-taq
Qo’limiz chapak-chapak.
Boshimiz sarak-sarak
Qo’limizni ko’tardik
Sekingina tushurdik
Endi ehtiyot bo’lib
Joyimizda aylandik.
Faoliyat so’ngida bolalar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |