Asosiy qism: Hozir men sizlarga “Bayroq” haqida she’r yod oldiraman. Qani bolajonlar birgalikda takrorlaymiz;
Havorang oq va yashil
Bordur qizil belbog’i
Shuning uchun chiroyli
O’zbekiston bayrog’i
Ikki baxt yulduzi
O’ziga ko’p yarashar
Unga dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Ana bolajonlar she’rni ham takrorlab oldik. Endi biz sizlar bilan “Bayroq” aplekatsiyasi mavzusida san’at markazida faoliyat olib boramiz. Bunda bizga oq qog’oz, rangli qog’ozlar, qaychi va yelim kerak bo’ladi. Demak oq qog’ozga bayroq shaklini chizib to’rtburchak qilib kesib olamiz. Endi qani bolajonlar bayrog’imizda nechta rang bor? To’g’ri 4 ta oq, qizil, ko’k, yashil ranglarga qarab rangli qog’ozlardan kesib olamiz. Faqat qizil rangda 2 ta ingichka qilib kesib olamiz va oq qog’oz ustidan bayroq ranglari joylashuviga qarab birma-bir yelim bilan rangli tasmachalarni yopishtiramiz. Masalan:1-ko’k, 2- qizil tayoqchalarni, 3- yashil rangni yopishtirib olamiz so’ngra esa 1 ta oy va 12 ta yulduzni ham rangli qog’ozda kesib olib yelim bilan yopishtiramiz. Qarabsizki, “Bayroq” aplekatsiyamiz ham tayyor.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Vatan ona so’zi naqadar aziz
Sensan dunyoda mo’tabar laziz.
Hurmatingni saqlar har bir o’g’il-qiz
O’lsam ayrilmasman, quchoqlaringdan.
Bolalar bu aytgan she’rim nima haqida ekanligini bilasizlarmi.
Bolalar javobi: Vatan haqida ekan.
Tarbiyachi: Barakalla,juda to’g’ri topdingiz. U she’r Vatan haqida edi. Bolalar siz vatan deganda nimani tushunasiz?
Vatan bu biz tug’ilib o‘sgan joy. Shuning uchun biz uni ona vatan deymiz. Chunki unda bizning bobo-buvilarimiz yashab o’tishgan . biz ham ota-onalarimiz bilan unda yashayapmiz. Shuning uchun uni sevamiz. Biz Vatanda baxtiyor yashayapmiz. Qani bolalar kim Vatan haqida she’r biladi?
Bola: Vatan mening onamsan,
Issiq quchog’ing.
Olamda yagonasan,
Aziz tuprog’ing.
Bola: Bog’laringda sayr etganimda,
Sen bor eding qalba Vatanim.
Bog’ husniga she’r bitganimda,
Uni dastlabb senga atadim.
Bola: Men tug’ilgan hur o’lka,
Ozod sharqda nur o’lka.
Ko’rkam, qishloq shahari,
Shod o’tar har mahali.
Tarbiyachi: Barakalla, she’rlaringiz ajoyib ekan. Bolalar bizning Vatanimiz O’zbekiston shunday diyorki, xalqi mehnatkash, tuprog’i oltin, tabiati dilkashdir. Bolalar Vatanimiz juda ham go’zal. Vatanimizning qadimiy shaharlari betakrordir. Bugun biz Vatanimizning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva haqida suhbatlashamiz.
AKTda Vatanimizning qadimiy shaharlari suratlarini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |