Jihoz va materiallar: O‘zbekiston haqida slaydlar, “Xalq amaliy san’ati” plakati, kitob burchagi, illyustratsiya va video materiallar.
Faoliyatning borishi:
Faoliyatning borishi: Kirish qismi.
Assalomu aleykum aziz bolajonlarim, bugun biz sizlar bilan “Mening qadrdon O’zbekistonim” mavzusida suhbatlashamiz va san’at markazida “Bayroq” aplikatsiyasini yasaymiz. Demak aziz bolajonlar Vatan o’zi nima? Vatan-bu kindik qonimiz to’kilgan joy, biz yashayotgan go’zal zamin vatan deb ataladi. Bolajonlar vatanimiz esa O’zbekiston deb ataladi. O’zbekistonning poytaxti esa Toshkent shahri deb ataladi. 1991-yil 31-avgustda O’zbekiston mustaqillikka erishdi. Har yili esa 1-sentabr Mustaqillik bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi o’zining Davlat ramzlariga ega bo’ldi. Hozirgacha davlatimiz ramzlarini bolajonlarimizga o’rgatib kelamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |