"Mening baxtli oilam"



Download 357,79 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi357,79 Kb.
#295996
Bog'liq
Raximova Gulnoza tanlovga 'Mening baxtli oilam'mavzusidagi inshosi


“Mening baxtli oilam”

Oila “arabcha” so’z bo’lib, nikoh va qarindoshlik asosida birikib yashashni bildiradi. Nikoh erkak va ayol kishi o’rtasida er-xotinlik munosabatlarini belgilab beradigan huquqiy asosdir.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov oilaga shunday ta’rif berganlar: “Biz oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz zarur”.

Rivoyat qilishlaricha, yer yuzidagi birinchi oila Odam Ato va Momo Havo tomonidan barpo etilgan ekan. Dunyodagi odamlar, xalqlar va millatlar mana shu oiladan tarqalibdi. Shuning uchun insoniyatni bir ota-ona farzandlari deymiz, ularni do’st va birodar bo’lib yashashga chaqiramiz.

Odam Ato va Momo Havo o’zlarining muhabbatini, zaminga, hayotga bo’lgan mehrini oila tufayli avlodlarga meros qilib qoldirgan. Ularga xos tuyg’ular oila an’analari orqali ming yillar osha bizga ham yetib kelmoqda.Shuning uchun oilani muqaddas tuyg’u va ko’nikmalarni,an’ana va qadriyatlarni saqlaydigan qo’rg’on,desak bo’ladi.Vatanni tushunish,uni his etish ham oiladan boshlanadi.

Ma’lumki,jamiyat minglab oilalardan tashkil topadi.Shuning uchun,oilani jamiyat negizi,uning asosiy bo’g’ini,deymiz.Bu konstitutsiyamizning 63-moddasida ham belgilab qo’yilgan.Buning ma’nosi,shuki,odamlar uyushib,hamjihat bo’lib yashash ko’nikmasini oila orqali o’zlashtiradi va bu zarur tamoyil ular uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qoladi.

Oilada shirin-shirin orzular og’ushida,qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi.O’g’ildir,qizdir alloh bergan ulug’ ne’matdir.Qiz bola ulg’ayar ekan uning ilk o’ynaydigan o’yinchog’i,ovunchog’i-qo’g’irchoqdir.Bolalar birga o’ynashar ekan ularning biri ota,biri esa ona,o’yinchoqlar esa farzandlari bo’lib o’ynashadi.Balkim,shundandir,oila tog’risidagi tushuncha bolalagimizdan qon-qonimizga singib ketgan.O’zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi.

Men Raximova Gulnoza Ro’zmatovna 1992-yil 6-avgust kuni Xorazm viloyati,Yangiariq tumani,Chiqirchi qishlog’ida yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilar oilasida dunyoga keldim. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”degan naql bekor aytilmagan ekan,yoshligimdan kitobga,o’qishga qiziqib,otam va onam izlaridan borib,o’qituvchilik kasbini egalladim.O’qib yurgan talabalik davrimda,turmush o’rtog’im bilan tanishib qoldik va 2014-yil 24-avgustda turmush qurdik.Turmush o’rtog’im O’razmetov Izzat Artiqboyevich Xorazm viloyati,Gurlan tumanida tug’ilib o’sgan.2016-yil 12-may kuni bizlarning oilamizda quvonchli kun bo’ldi,og’limiz dunyoga keldi.O’g’limizning ismini turmush o’rtog’im bilan birgalikda maslahatlashib, el-yurt ardog’iga yaraydigan,yetuk farzand bo’lsin deya Ermatjon qo’ydik.Hozirda turmush o’rtogim bilan birgalikda baxtli hayotning,baxtli onlarini tinch-totuv birgalikda Gurlan tumani,Saxtiyon qishlog’ida yashab,shu qishloqning na’munali maktablaridan birida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdamiz.

Har bir oilada bo’lgan qonun-qoida bizni ham oilamizda mavjud.Bizlarning oilamizda har kimni o’z o’rni bor.Qaynotam Artiqboy ota mehribon,dilkash insonlar.Ular ham o’qituvchi bo’lib ishlagan.Hozirda nafaqada.Qaynonam Zulfiyaxon aya saranjom-sarishta,bir so’zli ayoldir.Men bu insonlarni o’z ota-onamdek ko’raman.Huddiki bu oilada kelin emas,qizlaridekman.Men ham kelajakda onajonimdek oqila ayol bo’lishni orzu qilaman.Onajaonim hozirda nafaqada,shirindan shakar nabiralarning sevimli buvijoni.

Farzandimiz Ermatjon hozir 4 yoshda. “Bola boshidan” deganlaridek, o’g’limiz Ermatjon yosh bo’lishiga qaramay sportga,o’qishga,rasm chizishga qiziqadi.



Oilani ulkan bir daraxtga o’xshatsak,uning baquvvat tanasi va ildizi ota va onadir.Shunday darxtning shoxlari ham sog’lom va ko’rkam bo’ladi.Ildiz va tana ota-ona ekan,bunday sog’lom tana va ildizdan albatta sog’lom shaxslar,ya’ni sog’lom farzandlar dunyoga keladi.Shunday ekan ota-ona inoq,tarbiyali,bir-birini hurmat qiladigan,bir-birini tushunadigan bo’lsa,bunday oilada oqila qizlar va yetuk yigitlar voyaga yetadi.Shuning uchun,turmush o’rtogim bilan farzandimiz Ermatjonni,yurt sha’niga yaraydigan,yetuk inson bo’lib yetishishi uchun qo’limizdan kelgancha birgalikda tarbiyalab kelmoqdamiz.



Insonga bundan ortiq baxt bo’lmasa kerak.Mehribon oilam,g’amxo’r turmush o’rtog’im,shirindan shakar farzandlarim yonimda bo’lishi bu men uchun baxtdir. G’urur bilan ayta olamanki, bu -“Mening baxtli oilam”.
Download 357,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish