GURLAN TUMANI 2-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING YIG‘ILISH
BAYONNOMASI № 4
“ 20 ”aprel 2023-yil Gurlan tumani
Yig‘ilish raisi: Y.Jumaniyozova
Kotibi: G.Rajapova
Qatnashdilar: Gurlan tumani 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari, jami 20 nafar.
KUN TARTIBI:
1. Gurlan tumani 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini Xayit bayrami munosabati bilan rag‘batlantirish toʻgʻrisida.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan Gurlan tumani 2-son maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Jumaniyozova Yorqinoy Madrimovna so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tamonidan 2008-yil 11-yanvarda 177-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o’tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tamonidan 2007-yil 20-dekabrda 109-son buyruq bilan tasdiqlangan “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg’armasi to’g’risida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi nizom asosida moddiy rag‘batlantirish ishlarini olib borishni ta’kidladi.
Ushbu masala yuzasidan Gurlan tumani maktabgacha ta’lim 2-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Kurbonova Nodira so‘zga chiqib xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maktabgacha ta’lim tashkilotini ish sifatini oshirishni, berilgan topshiriqlarni astoydil, sidqidildan bajarilishi va xodimlarni ishchanlik qobilyatini oshirishi, oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi shuningdek tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarni rag‘batlantirish kerakligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. U so‘z davomida 2022-2023-o’quv yili mobaynida ishlayotgan xodimlari ro‘yxati bilan qatnashchilarni tanishtirib,vazifalarini astoydil va to‘laqonli bajargan MTT xodimlarini, mutanosib ravishda rag‘batlantirish kerakligini tavsiya qildi.
Yuqoridagi fikrlarga 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari Yuldasheva Nazokat,Kurboniyozova Mavluda ham qo‘shilib o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.Yuqoridagilarga asosan yig‘ilish:
QAROR QILADI:
1. Gurlan tumani 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Jumaniyozova Yorqinoy Madrimovnaning 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga 2022-2023-yil o’quv yili mobaynida ishlayotgan davri uchun belgilangan miqdorida rag‘batlantirishga tavsiya qilgan ro‘yxati ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2022-2023-yil mobaynida ishlayotgan davri uchun belgilangan miqdorida rag‘batlantirishga tavsiya qilingan ro‘yxat tegishli so‘rov va hisob kitoblarni amalga oshirish uchun Gurlan tumani maktabgacha ta’lim bo‘limining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining xodimlar bo‘yicha hisob-kitob guruh rahbari X.Raximovga va 2-maktabgacha ta’lim tashkilotining tegishli buyrug‘ini chiqarish 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Jumaniyozova Yorqinoy Madrimovnaga taqdim qilinsin.
3.Mazkur yig‘ilish bayoni qarorining ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish raisi: Y.Jumaniyozova
Kotibi: G.Rajapova
Do'stlaringiz bilan baham: |