Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


MPEG-1,2 standartlarida tasvir buzilishlari va videooqimning mumkin bo‘lgan siqish koeffitsientlari



Download 27 Mb.
bet66/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

4.4.4. MPEG-1,2 standartlarida tasvir buzilishlari va videooqimning mumkin bo‘lgan siqish koeffitsientlari


MPEG-1, 2 standartida siqishning yetarlicha katta qiymatlarida maxsus buzilishlar yuzaga keladi, ularni tasvirlarning kodlash usullari bilan aniqlanadigan 2 guruhga bo‘lish mumkin:
Ichki kadrli kodlashda yuzaga keladigan buzilishlar:
1. Blokli buzilishlar (bloking-effekt) siqishning katta koeffitsientlarida quyidagi sabab bilan yuzaga keladi: qo'shni bloklar bir biridan mustaqil holda kodlanadi va dekodlanadi, natijada bloklar chegarasidagi (orasidagi) yorug‘lik piksellarining ravon taqsimlash buziladi va tasvir mozaik ko‘rinish oladi.
2. Tasvir chaplashishi (tushunib bo‘lmasligi). Tasvir siqish koeffitsientining katta qiymatlarida kuzatiladi. DKO‘ning yuqori chastotali koeffitsientlarini cheklash yoki nolga tenglashda yuzaga keladi, natijada tasvirning maydi detallari chaplashib ketadi yoki umuman yo‘qoladi.
3. Tasvir yorug‘ligi tez o‘zgargandagi qo'shimcha “soyalar” (hoshiyalar) paydo bo‘lishi. Ushbu effekt fazoviy spektr yuqori chastota tarkibiy qismlarining butunlay yo‘qolishi yoki sezilarli buzilishlari bilan bog‘liq.
4. Ranglarning chaplashib ketishi. Sababi chegaralarda hoshiya paydo bo‘lish effekti sababi bilan bir xil, faqat u tasvirning yorug‘lik signali tez o‘zgargan joylarida namoyon bo‘ladi.
5. Pog‘ona effekti. Blok ichidagi tasvirlarning qirralarini noto‘g‘ri uzatish yoki tiklash natijasida yuzaga keladi. Effekt tasvirni kattalashtirish masshtabida tiklaganda ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Kadrlararo kodlashda yuzaga keladigan buzilishlar:
1. Tasvirning yolg‘on chegaralarini yuzaga kelishi, kadrlararo kodlashda videosignalning harakat kompensatsiyasida paydo bo‘ladi.
2. “Chivinlar” effekti. Blokning harakatlanuvchi ob’ekt va fon orasidagi chegaralarida rangli yoki yorug‘lik fluktuatsiyasi (biror bir qonunga bo‘ysinmagan holda juda tez yorqin o‘zgarish) sifatida namoyon bo‘ladi. Effekt mavjud va bashorat qilingan kadrlarning kvantlanish parametrlarining kadrdan kadrga o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
3. Statsionar xududdagi “ donli” shovqin. Sust harakat kuzatiladigan yoki harakatsiz xududlarda o‘zgaruvchan tovlanuvchi (rangli) paydo bo‘lish davri nisbatan kam shovqinlar sifatida namoyon bo‘ladi.
4. Makroblokda uning boshlang‘ich ranglari va uni atrofini o‘rab turuvchi xududdagi ranglarga nisbatan noto‘g‘ri ranglarning paydo bo‘lishi.
5. Harakatlanuvchi ob’ektlar ortidan izlarning qolishi, ularning nisbatan uzoq saqlanishi mumkinligi.
601-Tavsiyaga asosan 4:2:2 diskretizatsiyada ikkilamchi signallarning uzatish tezligi 216 Mbit/s bo‘lishi belgilangan. Televizion eshittirishda ishlatiladigan, 4:2:0 formatga o‘tishda, ikkilik signallarning uzatish tezligi 162 Mbit/sga qisqaradi, shunga mos holda videooqimni siqish qiymatini baholash amalga oshiriladi. Bunda 720x576 pikselli shaklga ega, tiklangan tasvirning studiyadagidek sifatni olish uchun MPEG-2ning asosiy qiymat kodlashidan foydalanilganda, raqamli oqim tezligi 15 Mbit/s bo‘lishiga erishiladi va siqish koeffitsientining qiymati 11 martaga yetadi. Biroq texnik adabiyotlarda yozilishicha, amaliyotda qabul qilingan tasvirning studiyadagidek sifatini olish uchun videoaxborotni uzatish tezligini 9 Mbit/s gacha siqish mumkin, ya’ni siqish koeffitsienti 18 marotabani tashkil etadi. PAL tizimidagi oddiy tasvir bilan taqqoslanadigan tasvir sifatini olish uchun tezlik 4...5 Mbit/s gacha kamayishi mumkin, ya’ni siqish koeffitsienti 30...40 martani tashkil etadi.VHS standartidagi videoyozuvlarni namoyish qilishda, qabul qilinadigan tasvirga taqqoslanadigan, sifatni olish 1,5 Mbit/s gacha kamaytirishga erishiladi, ya’ni siqish 100 martadan ham ko‘proq.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish