Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet15/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

С=Nftakt = 8*13,5=108 Мbit/s, (2.1)
bu yerda N - kodning razryadi.
Bunday tezlikni televizion signallarga ishlov berish qurilmalarida va aloqa kanallari orqali uzatishda ta’minlanishi lozim, tabiiyki bu talabni bajarish texnik tomondan murakkabdir.

0000 – 0 0100 – 4 1000 – 8 1100 - 12
0001 – 1 0101 – 5 1001 – 9 1101 - 13
0010 – 2 0110 – 6 1010 – 10 1110 - 14
0011 – 3 0111 – 7 1011 – 11 1111 - 15
2.6- rasm. Analog - raqam o‘zgartirishdagi sonlarni paralel va ketma -ket ikkilik tizimiga o‘tkazish jarayoni.
Shartli ravishda bo‘lingan statistik va fiziologik ko‘rsatgichlar asosida signaldagi informatsion ortiqchalik cheklanadi va televizion signal maxsus “siqish” usullaridan foydalanib, uzatish tezligi kamaytiriladi.
Statistik ortiqchalik tasvirning xossalari bilan aniqlanadi va umuman olganda xaotik (tasodifiy) yoritish taqsimoti emas,balki ayrim elementlarning yorug‘liklari orasidagi aniq bog‘liklikdir (korrelyatsiya). Maydondagi ikki qo'shni tasvirning vaqt oralig‘idagi korrelyatsiya, ya’ni o‘zaro bog‘liqlik yuqori darajada. Shuning uchun ikki qo'shni elementdan birini qayta- qayta uzatmaslik mumkin va shu orqali raqamli signal oqimini kamaytirishga erishiladi.
Fiziologik ortiqchalik ko‘zning ko‘rishi qobiliyatining cheklanishi bilan ifodalanadi, ya’ni ko‘z farqlamaydigan axborotni uzatish shart emasligini bildiradi.


2.2. Ovoz signallarini anolog-raqam o‘zgartirish
Insonlar ovozni (tovushni) 15 Gs dan 22 kGs gacha bo‘lgan chastotalarda, yoshi ulg‘aygach esa 20 Gsdan 18 kGs gacha bo‘lgan to‘lqin oralig‘ida eshitadi (qabul qiladi). Xuddi shunday holat to‘lqinning amplitudasi, ya’ni ovoz balandligiga ham tegishli. Inson qulog‘ining eshitish dinamik diapazoni 96 dB yaqin,ya’ni ovozning yuqori qiymati (undan yuqorisi quloqqa og‘riq beradi - og‘riq berishi bo'sag‘asi) va eng kam qiymati orasidagi farq 30 ming martadan ko‘proq. Bundan tashqari inson ikki quloq bilan eshitish qobiliyatiga ega va ovozni qaysi tarafdan kelayotganligini 10 gacha aniqlik bilan biladi. Shu sababli ovozni (2.7-rasm) analog - raqam signalga o‘zgartirish jarayonida eshitish qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish kerak.

2.7-rasm. Ikki kanalli audio signalning vaqt aro ko‘rinishi.
Shuning uchun ovoz signalining chastota diapazoni kengligini hisobga olib, studiyalarda sanoqlarni birlamchi kvantlash ∆A=16... 24 bit/ sanoq tezligida amalga oshiriladi va diskretlash chastotasi esa Fg = 44,1 - 96 kGs oralig‘ida qabul qilinadi. Ovozni studiya kanallarida diskretlash uchun 16 razryadli kodlash qo‘llaniladi (16 bit/sanoq)va uning polosa oralig‘i ∆F= 20-20000Gs bo‘lib, diskretlash chasotasi Fg = 48kGsga teng. Bunday raqamli kanalning dinamik diapazoni 54 dB dan kam bo‘lmasligi lozim. Agar Fg = 48kGs va ∆A=16 bit/sanoq bo‘lsa, uzatilayotgan raqam oqimining tezligi (1ta signalni uzatish uchun) v = 48*16=768 kbit/s va stereo ovoz uchun esa 1,5 Mbit/s bo‘ladi. Bunday yuqori diskretlash chastotasi (48 kGs) ARO‘ning kirish qismidagi past chastota filtrni soddalashtirishga va ovoz signali sifatini buzilishiga yo‘l qo'ymaydi hamda 20 kGsdan katta ovoz tebranishlarni o‘tkazmaslikni ta’minlaydi.
Shunday qilib, ovozni raqamlashtirishda 16 razryadli tekis kvantlash sanog‘i qo‘llanilib, undan katta bit ifoda belgisi sifatida, ya’ni ushbu signal sanog‘ining musbat yoki manfiyligini (qutbliyligini) ko‘rsatadi. Ovoz signalining balandli o‘zining yuqori (maksimal) qiymatiga yaqin bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslik kerak, chunki bunda ARO‘ da signalning cheklanishi va tiklanayotgan ovozning buzilishi namoyon bo‘ladi.
2.1 -jadvalda ovozning raqamli ko‘rinishidagi ba’zi variantlarning ko‘rsatgichlari keltirilgan.
2.1-jadval

Ishlatish sohalari

Diskretlash chastotasi,kGs

Kvantlash sathining soni

Ikkilik belgilarning uzatish tezligi, Kbit/s

Kompakt - disk

44,1

±32768

705,6 (bir kanal uchun)

Raqamli radio eshittirish, raqamli televideniye

48

±32768...±524288

768 - 960 (bir kanal uchun)




Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish