Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet52/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

To‘g‘ri DKO‘ blokida uch tashkil etuvchi tasvir signali qatlam bo‘yicha bloklarga taqsimlanadi (ko‘pincha 8x8 piksel qiymatli) va ular ustida DKO‘ amalga oshiriladi. Natijada DKO‘ koeffitsientlari matritsasi olinadi va ular signal energiyasining spektral tarkibiy qismlar bo‘yicha taqsimlanishini xarakterlaydi. Bunday holatda odatda, blokning asosiy energiyasi DKO‘ matritsalarining chap yuqori koeffitsientlariga jamlanadi va boshqa koeffitsientlar qiymatlari esa 3.5.b- rasmda ko‘rsatilganidek kichik yoki “0”ga teng bo‘ladi.

4.2- rasm YUV ranglar modeli


So‘ngra kodlash blokida video ma’lumotlar hajmini qisqartirish maqsadida, DKO‘ning nol qiymatli ketma-ketlik koeffitsientlari, statistik kompressorlar seriyasi (RLE) yordamida, qaytarilishishiga karrali qiymat bilan almashtiriladi. RLE kompressoridan so‘ng, chiqish ma’lumotlarini samarali paketlarga joylashtirish uchun, jadvalli Xaffman koderi qo‘llaniladi va kadrda uchraydigan kod kombinatsiyasining qaytarilishiga qarab, uzatish bitlari moslashgan holda qayta taqsimlanib chiqishga beriladi. Demak bunda ko‘p uchraydigan kod kombinatsiyalari qisqa kodlar bilan, kam uchraydiganlari uzun kodlar bilan uzatiladi.


Kompressor siqish koeffitsienti oshirish uchun DKO‘ koeffitsientlari matritsasini keskin-kesiksimon (zigzag) ko‘rinishdagi o‘qish qo‘llaniladi, bu nolli koeffitsientlar ketma ketlik zanjiri uzunligini oshiradi (3.5.b-rasm). Ushbu bosqichda siqish hech qanday sifat va axborot yo‘qotishlarisiz amalga oshiriladi, lekin tasvir siqish koeffitsienti,tasvir syujetiga bog‘liq holda, kamroq bo‘ladi va 10-20 martadan oshmaydi. Siqish koeffitsientini boshqarish uchun DKO‘ koeffitsientlari matritsasini kvantlash matritsasiga bo‘lish operatsiyasi ishlatilib, olingan natijani yaqin butun songacha (kvantlash qiymati) yaxlitlash amali qo‘llaniladi. Kvantlash koeffitsientlari matritsasi qiymati “foydalanuvchi” tomonidan kiritiladi va qiymatlar “sifat” ko‘rsatgichlarning talablariga bog‘liq. Agar sifat 100%ga teng qilib o‘rnatilsa va DKO‘ koeffitsientlari qiymati o‘zgartirilmasa, unda kvantlash matritsalari qiymati 1songa teng bo‘ladi, ya’ni siqish yo‘qotishlarsiz bajariladi degani. Sifat ko‘rsatgichlari kamaysa, kvantlash matritsasi son qiymatlari oshadi, bu esa nolli koeffitsientlar ketma-ket zanjirlari uzunligini va mos holda tasvir siqishni oshishiga olib keladi. Biroq bunda bo‘lish natijalarini yaxlitlash hisobiga axborotni tiklanmaydigan yo‘qotishlari oshib ketadi, natijada katta siqish koeffitsientlarida blok chegaralaridagi yorug‘likning tekis o‘zgarishi buziladi hamda tiklangan signalda blok bo‘yicha buzilishlar ortadi (3.6-rasm). Dekoder to‘g‘ri ishlashi uchun kvantlash matritsasi qiymatlari siqilgan tasvir ma’lumotlari bilan birga uzatiladi.
Kodlash blokidagi ma’lumotlarga ishlov berish tugatilgandan so‘ng shakllangan JPEG ma’lumotlar oqimi aloqa kanali bo‘ylab uzatishga tayyor bo‘ladi yoki uni turli axborot tashuvchilarda saqlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Dekodlash yoki boshlang‘ich tasvirni siqilgan ma’lumotlardan tiklash jarayoni xuddi shunday faqat teskari tartibda amalga oshiriladi.
JPEG standarti odatda “O‘zgarmas sifat” holatida ishlaydi, ya’ni kvantlash matritsasi qiymatlari butun tasvir uchun yagona bo‘ladi, bu esa axborot yo‘qotish darajasini o‘zgarmasligini ta’minlaydi. Bunda turli tasvirlar siqish koeffitsientlari turlicha bo‘ladi, chunki u ishlov berilayotgan tasvir tuzilmasidan kelib chiqadi.
JPEG standartida kodlashning 4 ta holati ko‘zda tutiladi:

  • DKO‘ asosida ketma-ket (sequentional);

  • DKO‘ asosida progressiv (progressive);

  • yo‘qotishlarsiz (lossless);

  • ierarxik (hierarchical).

Barcha holatlarda kodlashda eng yirik birlik boshlang‘ich tasvirni (image) siqilishida bo‘ladi. Ketma-ket va progressiv holatlarda tasvir bitta kadrga mos keladi va ushbu kadr tasvirning o‘zi bilan bir xil bo‘ladi. Ierarxik holatda tasvir bir necha kadrlarga bo‘linadi.
Ma’lumotlarni bo‘lishning keyingi bosqichi -skan (scan) bo‘lib, u tasvir axborotining bir qismini tashkil etadi. Skanlarga bo‘lish turli holatlarda,turlicha amalga oshiriladi. DKO‘ asosida tasvirni odatiy siqishda bitta skanni tashkil etuvchi tasvirning barcha bloklari ketma-ket kodlashtiriladi yoki dekodlashtiriladi.
Tasvir bir yoki bir necha tarkibiy qismlardan (compo­nent) iborat bo‘lishi mumkin. Monoxrom yarimton (oq-qora) tasvir bitta komponentdan iborat bo‘ladi. Rangli tasvir bir necha tarkibiy qismlardan, masalan, yorug‘lik Y va ikkita rangfarq CR va CB lardan iborat. Bir necha tarkibiy qismlardan iborat tasvir uchun kodlashning oralatish bilan (interleaving) va oralatishsiz variantlari mavjud. Oralatishsiz kodlashda avval birinchi skanni yuzaga keltiruvchi tashkil etuvchi kodlanadi, birinchi skan yuzaga kelgandan keyin, ikkinchi skanni yuzaga keltiruvchi tashkil etuvchi kodlanadi, ikkinchi skan yuzaga kelgandan keyin shunday tartibda davom etaveradi. Oralatish bilan kodlashda barcha tarkibiy qism bloklari bitta skanni yuzaga keltiradi, kodlanadi va chiquvchi oqimga bloklar navbat bilan yoziladi. Masalan, 4:2:0 diskretizatsiya formatida avval Y ning 2x2 matritsani tashkil etuvchi 4 bloki, keyin ularga mos keluvchi bitta Sb blok, yana bitta Sr bloki kodlanadi, undan so‘ng esa Y ning keyingi 4 bloki kodlanadi va h.k.

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish