Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


Tasvir signallarini fraktallar asosida siqish



Download 27 Mb.
bet41/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

3.3. Tasvir signallarini fraktallar asosida siqish

Yuqori koeffitsientli siqishni (200 - 2000) amalga oshirish uchun tasvirni fraktal siqish usullaridan foydalaniladi. Usulning asosini tabiiy ob’ektlarni “o‘z- o‘ziga o‘xshash” sifatida qaralishi va fraktal geometriya talablariga bo‘ysinishi bo‘lib, bunda murakkab struktura huddi oddiy struktura kabi tashkillashgan deb qaraladi.


Kodlashning vazifasi raqamli tasvirning o‘xshashlarini izlab topish va bunday fraktallarni kelajakda takrorlanishini belgilash.
Fraktallar to‘g‘risidagi tushunchalar 1975 yilda matematik Mandelbrot tomonidan, doimiy bo‘lmagan, o‘ziga o‘xshash muhitni masshtablashda saqlanadigan real tasvir xususiyatlarini belgilash uchun yaratilgan. Fraktal kodlashda real tasvirlarda uchraydigan turli masshtabdagi o‘xshashliklar hisobga olinadi.
Fraktal arxivlash shunga asoslanganki, bunda iteratsion funksiya tizimidagi koeffitsientlar yordamida (IFS) (iteratsiya- natija olish maqsadida, operatsiyalar ketma-ketligida matematik amallarni qayta qo‘llash) tasvir ancha kichraytirilgan shaklga keltiriladi.
Iteratsion funksiya tizimi bu bir-biriga bog‘liq (affinatsiyalangan) o‘zgartirishlar jamlamasi bo‘lib, masshtablash, aylantirish va parallel ko‘chirishlarni o‘z ichiga oladi.
Chiziqli algebrada X` va Y`, larning kordinatalarini hisoblash uchun quyidagi bir-biriga formula qo‘llaniladi:
X` = x*a – y*b +e
Y` = x*c+y*d+f
Bu yerda:
а= cos (alpha) * scale_x,
b = sin (alpha) * scale_x,
c = sin (alpha) * scale_y,
d = cos (alpha) * scale_y,
e = move_ x (siljish)
f = move_y
bunda
scale_x – х o‘qi bo‘ylab masshtablash.
scale_y – У o‘qi bo‘ylab masshtablash.
Alpha – burilgan burchak.
move_ x - X o‘qi bo‘ylab parallel siljishi.
move_y – У o‘qi bo‘ylab parallel siljishi.
Olingan koeffitsientlar a, b, c, d, e, f har bir elementni bo‘laklash xizmat qilib, talab qilinuvchi iterlovchi funksiya tizimini tashkil etadi.
Bir-biriga bog‘liq (affinatsiyalangan) o‘zgartirishlar siquvchi bo‘lib hisoblanadi, agar masshtablash koeffitsienti birdan kichik bo‘lsa, misol uchun y = 0,5x.
Siquvchi o‘zgartiruvchilar muhim xususiyatlarga ega. Agar har qanday nuqtani olib, unga iteratsion funksiyani qo‘llasak, ya’ni f (f(f... f(x))) siqish funksiyasini unda nuqta uchun natija doimo bitta nuqta bo‘ladi. O‘zgartirish qanchalik ko‘p qo‘llanilsa, nuqta shunchalik aniqlik bilan ifodalanadi va u qo‘zg‘almas nuqta (siljimas nuqta) deyiladi. Bir nechta siquvchi bir-biriga bog‘liq o‘zgartirishlar tizimi iteratsion funksiyalar tizimini (IFT) hosil qiladi. IFT ko‘p marta signalni o‘zgartiruvchi,ya’ni sonini ko‘paytiruvchi va dastlabki tasvirni siljituvchi funksiyadir. Misol uchun IFTning uchta funksiyasi yordamida (3.17-rasm) Serpinskiyning uchburchagini qurish mumkin.
3.17-rasmdan ko‘rinib turibdiki, dastlabki uchbucharchak uch marta ko‘paymoqda, kichiklashmoqda va siljimoqda. Keyin jarayon yana qaytarilmoqda. Buni cheksiz davom ettirsak, Serpinskiyning fraktali hosil bo‘ladi va uning maydoni 0, o‘lchami 1,585 bo‘ladi. Uchburchak o‘rniga kvadrat, aylana va boshqa geometrik shakllarni ishlatish mumkin.

3.17-rasm. Serpinskiyning uchburchagi qurishda SIFning qo‘llanilishi.


Bunda tasvir ob’ektini kodlash uchun fraktal funksiyaning ko‘rsatgichlarini saqlash, ya’ni ob’ektni sintezlash uchun koordinatalari, masshtablash parametrlari va orientatsiyalarini berilishi kifoya. Shunday qilib katta hajmli ob’ektni 10 - 20 baytli ko‘rsatgichlar orqali ifodalash va shu bilan uzatilayotgan axborotning miqdorini sezilarli kamaytirish mumkin.


Fraktal siqish texnik chizmalarning tasvirini yaratishda, tekstlar, joylarni xaritasini va kompyuter grafikalarni ifodalashda yaxshi natijalar beradi (3.18-rasm).
Bunday hollarda siqish koeffitsientining qiymati 200 - 2000 martagacha yetishi mumkin.

3.18-rasm. Murakkab tasvirni sintezlashda fraktallarning qo‘llanilishiga misollar.

Real televizion tasvirlarda fraktal siqish ham yaxshi natijalar beradi, ammo fraktallarni masshtablash hisobga olgan holda fraktallarni izlash va o‘zaro orientatsiya qilish juda ko‘p vaqtni talab qiladi (ayrim holatlarda bir kadr uchun 5 - 10 minut va bir soatli 90 000 kadr uchun 7,5 ming soat vaqt talab qilinadi).


Shu sabab televizion dasturlarni uzatishda fraktal siqish usuli ishlatilmaydi.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish