Keysni muqaffaqiyatli echish uchun magistrlar quyidagi ko’nikmalarga
ega bo’lishi zarur:
-marketingni boshqarish strategiyalarining nazariy va uslubiy asoslarini;
-marketingning strategik bshqarish modellarini;
-bozor va raqobat muhitini tahlil qilish, strategiyani tanlash va amalga
oshirish;
-marketingda tovar va baho siyosatini boshqarish strategiyalarini tanlash va
qo’llay olish;
-marketingni zamonaviy kontseptsiyasi asosida boshqaruv strategiyalarini
ishlab chiqish.
6- Mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni
“Raxbar uslubi”
1- holat
Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muxandis-
iqtisodchi. Ko‘pchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" o‘ziga
qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, o‘zini tuta olmaydi va
tajovvuzkordek qaraydi. O‘zining kamchiligini ko‘rsatishga jazm qilgan kishi bilan
xoxlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi
zarba bera olmaydigan kishiga qo‘llashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan
tortisha oladigan va uni o‘z o‘rniga qo‘ya oladiganlar, shuningdek, u nimadan
bo‘lsa ham tobe’ bo‘lganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bog‘liq bo‘lganlar
"V" bosiq, g‘amxo‘r, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda
ishchan, yangi ishga tez kunikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi.
1. Flegmatik.
2. Xolerik.
3. Sangvinnik.
4. Melanxolik.
2 - holat
Majlisda ishchilardan biri rahbarning uni qanday qabul qilishi haqida ochiq
norozilik bildiradi. "Kabinetga kirasan, -dedi u , - salom o‘rniga bosh silkitish,
o‘tirishni ham har doim taklif qilmaydi, insoniylik qani?"...
Bir odam so‘zga chiqqan kishini qo‘lladi, boshqasi esa:" rahbar har doim o‘z
fikrini bildirib, unga kelgan har bir ishga amaliy yordam ko‘rsatadi, bu esa eng
asosiysi!" - dedi.
Ularning qaysi biri haq?
1. Birinchi odam ham. Rahbar har doim o‘z qo‘li ostidagi kishilar
kuzatuvida bo‘ladi. Bu uni o‘z harakatlarini qattiq nazorat qilishga majbur etadi
ayniqsa, har qanday ishlab chiqarish holatida bo‘lmasin insonlarga hurmatda
bo‘lishni talab etadi.
2. Ikkinchi odam haq. Asosiy xissiyotlar esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Ikkala ishchi ham adolatli muloxaza yuritishdi, etika, axloq, rahbarning ichki
madaniyati - bu ko‘p narsani bildiradi, lekin ishda shunday vaqtlar bo‘ladiki,
309
rahbar uchun salomlashishga ham qo‘li tegmaydi, bundan tashqari rahbar va
bo‘ysinuvchining orasidagi shaxsiy o‘zaro munosabatlar ham katta ahamiyatga
ega. Bu erda rahbar haq.
Do'stlaringiz bilan baham: |