OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MENEJMET VA MARKETING” KAFEDRASI
“MENEJMENT. MARKETING”
fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
200 000
–
Ijtimoiy soha
Ta’lim sohasi:
230 000
– Iqtisod
Ta’lim yo‘nalishi:
511100
– Kasb ta`limi (5230600- Moliya,
5230700 – Bank ishi, 5230900-
Buxgalteriya hisobi va audit,)
5230200
– Menejment (xizmatlar sohasi)
5230600
– Moliya
5230700
– Bank ishi
5230800
– Soliqlar va soliqqa tortish
5230900
– Buxgalteriya hisobi va audit
(tarmoqlar bo`yicha)
5231200
– Sug`urta ishi
5231300
– Pensiya ishi
5231500
– Baholash ishi
5232000
– Davlat budjetining g’azna ijrosi
TOSHKENT-2018
1
Ushbu o`quv uslubiy majmua Toshkent moliya instituti Kengashining 201__ yil
“___” _____dagi ___ -sonli qarori bilan tasdiqlangan “Menejment. Marketing” fani
dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
Raxmatullaeva N.O. – TMI “Menejment va marketing” kafedrasi katta
o’qituvchisi
Ilxomjonova F.M.
TMI “Menejment va marketing” kafedrasi
o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
Odilova.G
– Toshkent Iqtisodiyot Universiteti “Menejment”
kafedrasi dots.i.f.n
Nazarova F.X.
– TMI “Menejment va marketing” kafedrasi
professori
Fanning o`quv uslubiy majmuasi kafedraning 2018 yil “__” ______dagi __
“__” sonli yig’ilishi muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib
chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri
E.Nabiyev
Fanning o`quv uslubiy majmuasi “Byudjet hisobi va davlat jamg’armalari”
fakultetining Kengashi muhokamasidan o’tkazilgan va institut Kengashida ko’rib
chiqish uchun tavsiya etilgan (2018 yil “__” ______dagi __ “__” sonli qaror).
Fakultet dekani
O.Kamolov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo`lim boshlig`i
T.Baymuratov
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
I.Qo’ziev
Fanning o`quv uslubiy majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 2018 yil
“__” ______dagi __ “__” sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun
tavsiya qilingan.
Fanning o`quv uslubiy majmuasi institut Kengashining 2018 yil “__”
______dagi __ “__” sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan.
2
Mundarija
Kirish
Betlar
4
I.
O’quv materiallari
5
1.1.
Ma’ruza matnlari
6
1.2.
Amaliy mashg’ulotlar
172
II.
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
287
III.
Glossariy
325
IV.
Ilovalar
344
4.1.
4.2.
4.3.
4.4.
4.5.
4.6.
Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Tarqatma materiallar
Testlar
Baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy
ko’rsatmalar
O’quv uslubiy majmuanining elektron varianti
345
348
349
476
483
3
O’quv materiallari
4
с
1.Ma’ruza bo’yicha
O’quv materiallari
5
с
Mavzu 1. “MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI” FANINING
PREDMETI, OB’EKTI VA METODI
REJA:
1. Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari, menejment
obyekti va subyekti.
2. Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks yondashuv,
kuzatish usullari mazmuni.
3. Menejment fanining ijtimoiy-iqtisodiy,xuquqiy, kibertnetika va boshqa fanlar
bilan uzaro aloqalari.
Tayanch so’zlar: menejment, boshqaruv ob’ekti, boshqaruv sub’ekti,
menejment funksiyalari, ierarxiya, qayta aloqa, yakkahokimlik, naf, baho,
talab va taklif, o’z o’zini boshqarish.
1. Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari,
menejment obyekti va subyekti.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida
berilgan ta’rifga binoan u:
boshqaruv xokimiyati va san’ati;
resurslarni boshqarish bo‘yicha a’loxida moxirlik va ma’muriy
ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment-bu boshqaruv, ya’ni resurslarni,
odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni
ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak
sa’nat va maxoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish
va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul
qilingan fikrlar mavjud:
Yuksak san’at va maxoratni talab qiluvchi tanlov
Mustaqil fan
Boshqaruv Faoliyat turi, funktsiya
Menejment
Jarayon
Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar
Boshqaruv apparati yoki organi
Xar qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to‘g‘ri
bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga xamda bu qarorning
bajarilishini nazorat qila olishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi
uchta jixat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi.
Xarajatlar - bu maxsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish
xamda xodimlarga to‘lash uchun sarflanadigan mablag‘lardir. Xarajatlar tarkibiga:
maxsulot (xizmat) tannarxi;
6
с
ma’muriy xarajatlar;
ijara va foiz to‘lovlari;
ish xaqi;
soliqlar kiradi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashadi. Zero, ishlab
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‘g‘ri tanlangandagina va ulardan samarali
foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Naf - bu maxsulot (xizmat) ning ist’emolchilarga qanchalik ijobiy natija
keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi.
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, uning
narxi xam shuncha baland bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, xaridorning sotib olish
qobiliyatini pasaytiradi.
Baxo - bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baxo ikkita
asosiy vazifani bajaradi:
resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi;
ishlab chiqarish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi;
Ma’lumki, biror ashyo( resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‘lsa, uning
narxi shuncha baland bo‘ladi va, binobarin, uni sotib olmoqchi bo‘lganlar shuncha
kam bo‘ladi. Iqtisodchilar buni narxlarning cheklovchilik samarasi deb
ataydilar.
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safini ko‘paytirishga, narxning
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar narxlarning bunday ta’sirini ishlab
chiqarishga turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta’sir etuvi bu uch unsurning moxiyatini tushungan
boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va ishchan qarorni qabul qila
olishi mumkin. Boshqarish san’ati va maxorati, ya’ni menejment shundagina
namoyon bo‘lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.
Shunday qilib, sodda qilib aytganda:
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat
qilish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |