Qisqa xulosalar
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining
mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va bu munosabatlarning
saqlanishiga bevosita ta'sir ko’rsatuvchi sub'ektlar va kuchlarning majmui
tushuniladi.
Korxonaning
mikro-muhiti
tarkibiga
ta'minotchilar,
vositachilar,
raqobatchilar, mijozlar (iste'molchilar) va aloqalar o’rnatiluvchi auditoriyalar
kiradi.
Korxonaning tashqi muhitiga iqtisodiy, demografik, ilmiy-texnika va
siyosiy, huquqiy atrof-muhit kabi tarkibiy qismlari korxona tomonidan deyarli
boshqarib bo’lmaydigan omillar kiradi. Iste'molchilarning talabini to’laroq
qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o’sish
qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida
ma'lumotlarga ega bo’lish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |