Kommunikatsion siyosat
deganda bozorga tovar siljitish uslublarining
majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar),
reklama, sotishni rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda
siljitish - bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni
shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni ishontirish va o’z faoliyati haqida
ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va
saqlab turishdir.
Jamoatchilik bilan aloqalar
(pablik rileyshnz). Jamoatchilik bilan aloqalar
- korxonaning va shu korxona tovarlarining ijobiy obro’-e'tiborini (imidji)
shakllantirish va ular haqidagi salbiy fikrlarni yumshatish orqali keng jamoatchilik
bilan korxona o’rtasidagi sog’lom munosabatlardir. Jamoatchilik deganda har xil
tashkilotlar, aholi guruhlari, moliya idoralari, davlat idoralari, aholi qatlamlari,
mahalliy hokimiyat sub'ektlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish korxonalari, ma'muriy, tijorat, ilmiy tashkilotlarning
yutuqlari ularning keng jamoatchilik va iste'molchilar bilan aloqalarining qay
darajada tashkil etilganligiga ko’p jixatdan bog’liq bo’ladi. Keyingi paytda pablik
rileyshnz keskin rivojlanmoqda va marketing tizimida salobatli firmalarning
murakkab, samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste'mol tovarlarini ishlab
chiqaradagan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potentsial xaridorlar
doirasini kengaytirish , tovarlar xaqida atroflicha axborotga ega bo’lish maqsadida
ishlatiladi.
Pablik rileyshnzning bosh tamoyillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
axborotlarning to’la va xaqiqiy bo’lishiga erishish;
ma'lumotlarning oddiy va tushunarli bo’lishini ta'minlash;
munosabatlarning ikkala tomon uchun ham qiziqarli bo’lishiga erishish;
munosabatlarda o’ziga bino qo’ymaslik, bahosini ko’tarmaslikni
ta'minlash;
jamoatchilik fikrini bilish uchun vaqtni ayamaslik;
munosabatlarning har bir bosqichida ishonchlilikka erishish va boshqalar.
174
с
Pablik rileyshnzda iste'molchilarga axborotlarni etkazish uchun turli xil
axborot vositalari va kanalllaridan foydalaniladi. 37-chizmada ularning asosiylari
ko’rsatilgan.
Ko’pchilik tashkilotlarda jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish uchun
mas'ul shaxs tayinlanadi. Ana shu mas'ul shaxs omma bilan aloqalar dasturini
ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |