Iste'molchilar tavsifiga qarab segmentlash.
Yuqorida qayd qilib
o’tganimizdek, bozorni segmentlashning uchinchi usuli - bu iste'molchilarni tavsifi
bo’yicha guruhlash hisoblanadi. Bu erda asosiy belgi bo’lib iste'molchilarning
demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi hisoblanadi.
Demografik segmentlash
deganda iste'molchilarni daromadlar darajasi,
yoshi, jinsi, millati, kasbi-kori, oilaviy ahvollari kabi belgilari bo’yicha guruhlarga
ajratish tushuniladi.
Geografik segmentlash
- geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy
usul hisoblanadi. Bu usulni aholining madaniy urf-odatlarida va ular yashayotgan
hududlarning iqlimida farq bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Geografik
belgi bo’yicha segmentlash bozorning har xil geografik zonalariga bo’linishini
nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |