Boshqaruvchi yoki boshqaruv
sub’ekti - bu bir gurux kishilar xamda
boshqaruv organlaridan iborat bo‘lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar
yordamida boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o‘tkazadi. Boshqarish ob’ektlari
bo‘lmasa, uning sub’ektlari xam bo‘lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning
negizida boshqaruvchi kichik tizim yotadi.
Masalan,
korxona bo‘g‘inida
sub’ekt bo‘lib shu korxonaning direktori va
unga bo‘ysinuvchi butun boshqaruv apparati xisoblanadi. Ob’ekt bo‘lib esa shu
korxonadagi barcha tsexlar va uchastkalar xisoblanadi.
Tsex bo‘g‘inida
sub’ekt bo‘lib tsex boshlig‘i va unga bo‘ysenuvchi barcha
boshqaruv apparati xisoblansa, boshqariladigan ob’ektni esa barcha tsexlar tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |